77
IV bob. AHOLI UMUMIY DAROMADLARINI HISOBLASH
METODIKASI
4.1. Aholi umumiy daromadlarini hisoblash metodikasining mohiyati
Aholi umumiy daromadlarini hisoblash metodikasi
aholi turmush sifatini
tavsiflovchi ko’rsatkichlarni hisoblash va baholash asoslarini,
shuningdek, aholi
daromadlarining
darajasi, tarkibi va shakllanishidagi alohida manbalarning
ahamiyatini belgilaydi. Ushbu metodika Milliy hisoblar tizimi (MHT)-93 ning
halqaro
statistika standartlariga, Halqaro mehnat tashkilotining tavsiyalariga,
O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga asoslangan.
Metodika
davlat
statistika
organlari
tomonidan
aholi
umumiy
daromadlarining hajmini yillik va choraklik asosda
respublika va hududlar
darajasida hisoblashda foydalanish uchun mo’ljallangan.
Uy xo’jaliklari ixtiyorida mavjud bo’lgan va tovar va xizmatlar xarid
qilishga qodirligini belgilovchi iqtisodiy resurslar
majmuini ifodalovchi uy
xo’jaliklarining
iqtisodiy
farovonligi
aholi
turmush
sifatining
muhim
ko’rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Bu resurslarga joriy va kapital tushumlar,
shuningdek, asosiy fondlar va qarzga oid bo’lgan majburiyatlar balansi kiradi.
Iqtisodiy farovonlik darajasining tahlili uy xo’jaliklarining iqtisodiy
resurslarga egalik qilish darajasini, ularni iste’mol qilishga yoki jamg’arishga,
shuningdek, ulardan birini tanlashga qodirligini aniqlashga imkon beradi.
Uy xo’jaliklarining iste’mol qilishga qodirligini
aniqlash mezoni sifatida
foydalaniladigan muhim indikator bo’lib umumiy daromadlar (joriy tushumlar)
hisoblanadi, chunki ular iste’mol qilish yoki jamg’arish imkoniyatini oshirishni
ko’proq ta’minlaydi.
Halqaro statistika amaliyotiga muvofiq
ravishda qismlarga ajratish
maqsadida umumiy daromad, qoidaga ko’ra “birlamchi daromad” va
“transfertlardan olingan daromadlar”ga bo’linadi, bu o’z
navbatida bandlik holati
78
yoki ijtimoiy ta’minot tizimiga bog’liq holda institustional o’zgarishlarning
ta’sirini kuzatish imkonini beradi.
Aholining umumiy daromadlari tarkibi 4.1-jadvalda keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: