Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

-
 
majburiy progul vaqti uchun haq to‗lash shartligidan; 
-
 
mehnat shartnomasi bekor qilinganligi yoki xodim boshqa ishga 
o‗tkazilganligi ustidan shikoyat qilish bilan bog‗liq qo‗shimcha xarajatlar 
(mutaxassislardan maslahat olish, ish yuritish uchun ketgan xarajatlar va 
boshqalar) uchun kompensatsiya to‗lashdan; 
-
 
ma‘naviy zarar uchun kompensatsiya to‗lashdan iboratdir. Ma‘naviy zarar 
uchun to‗lanadigan kompensatsiyaning miqdori, ish beruvchining xatti-harakatiga 
berilgan bahoni hisobga olib, sud tomonidan belgilanadi, lekin bu miqdor 
xodimning oylik ish haqidan kam bo‗lishi mumkin emas. 
Xodimning iltimosiga ko‗ra sud ishga tiklash o‗rniga uning foydasiga kamida 
uch oylik ish haqi miqdorida qo‗shimcha haq undirib berishi mumkin. 
Mehnat shartnomasini g‗ayriqonuniy ravishda bekor qilishda yoki xodimni 
g‗ayriqonuniy ravishda boshqa ishga o‗tkazishda aybdor bo‗lgan mansabdor shaxs 
zimmasiga xodimga ish haqi to‗lanishi munosabati bilan ish beruvchiga 
yetkazilgan zarar o‗rnini qoplash majburiyati yuklanadi. 
Bunday majburiyatni yuklash uchun mehnat shartnomasini bekor qilish yoki 
boshqa ishga o‗tkazish qonunni ochiq-oydin buzgan holda amalga oshirilganligi 
yoki mansabdor shaxs sudning xodimni ishga tiklash to‗g‗risidagi qarori ijrosini 
kechiktirishi asos hisoblanadi. 


254 
Yetkaziladigan zarar o‗rnini qoplash uchun to‗lanadigan haq miqdori 
amaldagi qonunchilikka muvofiq mansabdor shaxsning uch oylik maoshidan oshib 
ketmasligi kerak. 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1.
Jamoa shartnomalari tuzish tartibini tushuntiring. 
2.
Jamoa kelishuvlarini tuzish tartibini tushuntiring. 
3.
Ijtimoiy sheriklikning asosiy tamoyillarini aytib bering. 
4.
Ijtimoiy sheriklik obyekt va subyektlarini tushuntirib bering. 
5.
Tarmoq va hududiy kelishuv nima? 
6.
Jamoa shartnomasi funksiyalarini aytib bering. 
7.
Qaysi holatlarda mehnat shartnomalari bekor qilinadi? 
8.
Mehnat shartnomasi qaysi sabablarga ko‗ra bekor qilinadi? 
9.
Zararni qoplash yo‗llarini sanab o‗ting. 
10. Xodim va ish beruvchilarning majburiyatlarini aytib bering. 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin