284
vazifalarga ko‗tarish hamda ularning o‗rnini o‗zlashtirish usullari,
yangi lavozim
tavsifnomalari va yo‗riqnomalarni ishlab chiqish va shu kabilarni nazarda tutishdir.
Mehnat intizomi
– mehnat jarayonida barcha amal qilishi lozim bo‗lgan
me‘yoriy hujjatlar bilan belgilab qo‗yilgan umumiy tartib.
Mehnat nizolari
– ish beruvchi hamda xodim
yoki xodimlar jamoalari
o‗rtasida qonunlar, me‘yoriy hujjatlar,
jamoa kelishuvlari, mehnat shartnomasi
bilan belgilab qo‗yilgan mehnat shartlari qo‗llanishi yuzasidan kelib chiqqan
kelishmovchiliklar.
Mehnat staji
– xodimning belgilab qo‗yilgan tartibda hisoblanadigan mehnat
faoliyati davri.
Mehnat shartnomasi
– xodim bilan ish beruvchi o‗rtasida muayyan
mutaxassislik, malaka, lavozim bo‗yicha, haq evaziga muayyan ishlarni bajarish
haqidagi o‗zaro kelishuv.
Mehnat –
bu insonning biron-bir maqsadga
muvofiq ijtimoiy foydali
faoliyati.
Mehnat taqsimoti –
bu har xil mehnat turlarining bir-biridan ajratilishini,
pirovardida ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi turli guruh kishilarning xilma-xil
mehnat faoliyatlari bilan band bo‗lishidir.
Mehnat kooperatsiyasi –
bu mehnat faoliyati
jarayonidagi alohida
ixtisoslashtirilgan ijrochilar o‗rtasidagi aloqalarning o‗rnatilishi va
mehnat
faoliyatining tashkil etilishidagi eng muhim elementlardan biridir.
Mehnat bozori
insonning mehnat layoqatini sotish, sotib olish va undan
foydalanish bilan bog‗liq ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar majmuasidir.
Dostları ilə paylaş: