Abduramanov xamid xudaybergenovich mehnat resurslarini boshqarish


Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda



Yüklə 5,18 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/186
tarix25.12.2023
ölçüsü5,18 Kb.
#194971
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   186
mehnat resurslarini boshqarish

Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda 
qiynalayotgan shaxslar toifasi 
 
muddatli harbiy xizmatdan bo‘shatilgan shaxslar 
nogironlar 
ta'lim muassasalarini tugatgan yoshlar 
bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish markazlarida ish qidiruvchi 
sifatida hisobda turgan pеnsiya yoshiga 
yaqinlashib qolgan shaxslar 
yolg‘iz ota, 
yolg‘iz ona hamda 14 
yoshgacha va nogiron bolalari bor ko‘p 
bolali ota-onalar 


79 
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish 
o‘rinlarini band qilib qo‘yish mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarni ishga 
joylashtirish uchun ish o‘rinlarini band qilib qo‘yish tartibi xodimlarining ro‘yxat 
bo‘yicha o‘rtacha soni yigirma nafardan ko‘pni tashkil etadigan tashkilotlar uchun 
belgilanadi.
Bunda nogironlarni ishga joylashtirish uchun xodimlar sonining kamida 3 
foizi miqdorida ish o‘rinlarining eng kam soni belgilanadi va band qilib qo‘yiladi. 
Band qilib qo‘yilayotgan ish o‘rinlarining jami miqdori mahalliy davlat hokimiyati 
organi qaroriga muvofiq tashkilot xodimlari ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha sonining 7 
foizidan ortiq miqdorda belgilanishi mumkin emas.
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish 
o‘rinlarini band qilib qo‘yish to‘g‘risidagi takliflar tuman (shahar) bandlikka 
ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazi tomonidan 
shakllantiriladi va tuman (shahar) hududida joylashgan tashkilotlar bo‘yicha 
alohida tegishli qaror qabul qilish uchun mahalliy davlat hokimiyati organiga 
kiritiladi.
Aniq tashkilot uchun ish o‘rinlarini band qilish bo‘yicha takliflar kiritishda 
bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar) 
markazlari tomonidan tashkilotdagi ishlarning kasb bo‘yicha tarkibi va tashkilot 
faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari majburiy tartibda hisobga olinishi kerak. 
Nogironlar uchun ish o‘rinlarini band qilish miqdorini belgilash to‘g‘risida 
takliflar kiritishda nogironlarni reabilitastiya qilish dasturlari parametrlari hisobga 
olinadi.
Band qilinishi kerak bo‘lgan ish o‘rinlari sonini va ularga qo‘yiladigan 
talablarni belgilash uchun mahalliy davlat hokimiyati organi tomonidan tuman 
(shahar) hokimining o‘rinbosari boshchilik qiladigan maxsus komissiya tuziladi. 


80 
Ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslarning 
mazkur toifalariga, shu jumladan, quyidagilar uchun qo‘yiladigan xarakterli 
talablarga muvofiq bo‘lgan mehnat sharoitlarini ta‘minlaydigan ish o‘rni tashkil 
etilgan ish o‘rni hisoblanadi (5.3-rasm). 

Yüklə 5,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   186




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin