Ayiruvchihisoblagichlar.Ketma-ketli ayiruvchi hisoblagichlar a navbatdagi sanoq impulsi kelishi bilan hisoblagichdagi son bittaga kamayadi. Bu hisoblagichlarda birinchi impuls kelishi bilan maksimal ikkilik son (uchrazryadli hisoblagichda Q1=Q2=Q3=1) yoziladi, keyin har yangi impuls kelishi bilan 0 qiymatgacha kamayib boradi
14.1-rasmda keltirilgan hisoblagich ayiruvchi bo`lib ishlashi mumkin. Buning uchun keyingi triggerlarning C kirishini o`zidan avvalgi triggerning invers chiqishlariga ulash, S asinxron kirishni esa birorboshlang`ich sonni o`rnatish uchun ishlatish kerak.
Ayiruvchi hisoblagichning holatlar jadvali
14.2-jadval
M
Q3
Q2
Q1
0
1
1
1
1
1
1
0
2
1
0
1
3
1
0
0
4
0
1
1
5
0
1
0
6
0
0
1
7
0
0
0
8
1
1
1
Agar trigger 21.2-rasmda keltirilganidek, kirish impulsining kesimi bilan boshqarilsa, ayiruvchi hisoblagich sxemasini tuzishda keyingi keluvchi trigger kirishi avvalgi triggerning to`g`i (noinvers) chiqishi bilan ulanadi.
Ixtiyoriy sanoq moduliga ega bo`lgan ketma-ketli hisoblagichlar.
Umuman olganda, K≠2n bo`lgan hisoblagichlar tuzishda, mos keluvchi ikkilik hisoblagich sxemasiga ortiqcha holatlarni bartaraf etuvchi teskari aloqa kiritiladi. Masalan, sanoq moduli 3 ga teng bo`lgan hisoblagich tuzish uchun ikki razryadli ikkilik hisoblagichni (K=22=4) qo`llash kerak. Unda ikkilik soni 11 ga teng bolgan bitta ortiqcha holatni (K=22 - 1 = 3) bartaraf etish mumkin, ya’ni triggerlar to`rtinchi emas, uchinchi impuls kelishi bilan nolga o`tishi kerak. Bunday sxemalarni tuzish uchun JK-triggerlar qulay hisoblanadi. Ikkita JK- triggerida bajarilgan, sanoq moduli 3 ga teng bo`lgan hisoblagich sxemasi 21.3-rasmda keltirilgan. Ketma-ketli
hisoblagichlarni JK-triggerlarini kiritib turlicha ulash yordamida ixtiyoriy Ksonini hosil qilish mumkin.