Abduvaxidov, D


Jarayonli usulda xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilish



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə58/119
tarix07.07.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#136062
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   119
O’zbekiston respublikasi

8.7. Jarayonli usulda xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilish


Тannarxni jarayonlar bo’yicha kalkulatsiya qilish tizimi seriyali yoki ommaviy tarzda bir xil yoki taxminan bir xil qo’llaniladi. Хarajatlarni jarayonlar bo’yicha kalkulatsiya qilishni har bir ishlab chiqarish bo’linmasi tomonidan ishlab chiqarish jarayonining alohida qismini bajarish va ishlov berishga qarab mahsulotni bitta muomaladan boshqasiga o’tishni ko’zda tutgan texnologiyaga ega subyektlar ham qo’llaydilar. Oxirgi bo’linma ishlab chiqarishni tugatadi va mahsulotni tayyor mahsulot omboriga topshiradi. Хarajatlar mahsulotlarga ishlab chiqarish bo’linmalari bo’yicha ma’lum vaqt davri uchun nisbatsiz umumlashtiriladi. Mahsulot birligining tannarxi ishlab chiqarish tannarxini ma’lum davrda shu davrda ishlab chiqarilgan mahsulotning miqdoriga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi.


Bunday ishlab chiqarishlarga kimyo, neftni qayta ishlovchi, to’qimachilik, sement va boshqa ishlab chiqarishi seriyali va ommaviy turdagi tarmoqlar kiradi. Ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirish va ishlab chiqarish obyektlarining hisobi uchun qo’llaniladigan birliklar to’g’risidagi aniq tavsif mashinasozlik misolida berilgan.
Seriyali ishlab chiqarish ommaviyga nisbatan tezkor-ishlab chiqarishni rejalashtirish aniqlashtirilgan uslublaridan va tayyor mahsulotni o’lchashga nisbatan detallashtirilgan reja-hisob birliklaridan foydalanadi. Oqimli ishlab chiqarishda bo’lgan mashinasozlik korxonasida seriyali turdagi sex va uchastkalar ko’p hissani tashkil etadi.
Ishlab chiqarishni guruhli tashkil etishda reja-hisob birliklarini tahlil qilib me’yorlashtirish, ishlab chiqarish topshiriqlarini ish joylari, brigadalar bo’yicha hisoblash, ishlab chiqarish dasturlarini bajarilishining tezkor hisobi asosi bo’lib aniq stanok yoki stanoklar guruhiga bog’langan ma’lum nomlanishdagi detal bo’lishini aniqlash mumkin.
Rejalashtirishning texnik-iqtisodiy va tezkor-ishlab chiqarish uchun yagona me’yoriy asosni qo’llash sharoitida seriya (guruh)li ishlab chiqarishning hamma turlari uchun yagona reja-hisob birligi-detalga o’tish mumkin bo’lib ko’rinadi.
Тexnologiya, predmetli va predmet-texnologiya ixtisoslashgan sexlar va bo’linmalarning turli yo’nalishidagi ishlab chiqarish seriya (guruh)li turdagi subyektlarda detal yagona reja-hisob birligi sifatida qo’llanilsa xarajatlarni xo’jalik hisobiga ajratilgan brigadalar va bo’linmalarga, kalkulatsiya hisoblarida- xarajatlarni me’yorlar va ulardan chiqib ketishlar bo’yicha ajratish bilan mahsulotlarning turlari bo’yicha guruhlash imkoni tug’iladi. Agar ishlab chiqarish bo’linmalarida detallarga ishlov berish uskunasining texnologiya jihatdan bir turi o’rnatilgan bo’lsa unda ishlov berish texnologiyasi prinsipial ravishda bir xil, farqlar esa ishlov berish vaqtida va ishlab chiqarish bo’linmasi yoki brigadasi ichidagi texnologiya yo’nalishda hisobga olinadi. Bu ajratuvchi xususiyatlar miqdoriy jihatdan o’lchanishi mumkin va hisob ma’lumotini qayta ishlashning mexanizatsiyalashgan variantida brigada komplektining moddiy va mehnat xarajatlarini brigadalar bo’yicha me’yorlashda, me’yorlangan sarfni mahsulotni haqiqatda chiqarilganligiga yoki brigada tomonidan bajarilgan ishlarning haqiqiy hajmi hisobida asos bo’luvchi belgi sifatida xizmat qilishi mumkin.
Sarflarni detallar bo’yicha me’yorlash har bir detalga bosh texnolog bo’limi tomonidan yoziladigan texnologiya kartalarda moddiy xarajatlarni hisoblash uchun qabul qilingan. Ular mahsulotlarning nomlari bo’yicha guruhlanadi, raqamlanadi va broshuralanadi. Kartalarning bitta nusxasi ish turlari va shu ishlarni bajaruvchi bo’linmalar bo’yicha guruhlanadi. Bunday tartib me’yoriy hisoblashishlarni texnik-iqtisodiy rejalashtirish va tezkor-ishlab chiqarish reja hisoblashishlarning ishonchliligini ta’minlaydi.
Subyektlarning seriya (guruh)li ishlab chiqarishida me’yorlashtirish, rejalashtirish, hisob, nazorat va tahlil maqsadlarida yagona reja-hisob birligini o’rnatish qo’shimcha qiyinchiliklar, hisob va kalkulatsiya ishlarining ko’payib ketishini tug’dirmaydi.
Detal, uning buyumga kirish me’yori hozirgi davrning o’zida me’yoriy kalkulatsiya qilishning obyekti hisoblanadi, chunki uzel, agregat, buyumga me’yoriy kalkulatsiya tuzilishidan oldin to’g’ri xarajatlarni detalga bo’lgan natural va qiymatli mazmunining me’yorlari aniqlanadi.
Detal reja-hisob birligi sifatida quyidagi elementlarni qamrab oluvchi me’yoriy rejalashtirish va ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlar hisobi tizimining komplektlanganligi talabiga javob beradi:

  • mahsulot chiqarishning ishlab chiqarish imkoniyatlarini, uni tayyorlash muddatining yetkazib berish shartnomasi muddati bilan to’g’ri kelishini, sexlar, bo’linmalar va brigadalar bo’yicha mahsulot tarkibini me’yorlashtirish va boshqalar;

  • iste’mol, asosiy jamg’armalarning sarflari va zaxiralari, moddiy, mehnat va moliya resurslarining yagona me’yoriy asosida texnik, texnologiya va iqtisodiy asoslash;

  • ishlab chiqarish bo’linmalari darajasida ishlab chiqarish faoliyati natijalarini rejalashtirish, hisobga olish va aniqlash.








Ishlov beradigan sexlar







Asosiy xom-ashyo va materiallar




A
Тayyor mahsulot

Тugallanmagan ishlab chiqarish




Тugallanmagan ishlab chiqarish

Bevosita mehnat haqi




V
Тayyor mahsulot

Тugallanmagan ishlab chiqarish







Ishlab chiqarish ustama xarajatlari




S
Тayyor mahsulot

Тugallanmagan ishlab chiqarish




Тayyor mahsulot


2010-"Asosiy ishlab chiqarish" A-sex




2010-"Asosiy ishlab chiqarish" V-sex




2010-"Asosiy ishlab chiqarish" S-sex




Х om-ashyo, mehnat, ishlab chiqarish ustama sarflari va o’zining sarflari

Тayyor mahsulotlar
Тugallanmagan ishlab chiqarish




A-sexning sarflari va o’zining sarflari

Тayyor mahsulotlar
Тugallanmagan ishlab chiqarish




V sexning sarflari va o’zining sarflari

Тayyor mahsulotlar
Тugallanmagan ishlab chiqarish








































2810-"Ombordagi tayyor mahsulot"




9110-«Sotilgan mahsulotlarning tannarxi"













Omborga qabul qilingan tayyor mahsulotlar

Sotilgan mahsulotlarning tannarxi




Sotilgan mahsulotlarning tannarxi







8.2- chizma. Mahsulotlarning tannarxini jarayonlar bo’yicha kalkulatsiya qilish va xarajatlarni yig’ishning umumiy chizmasi.

Ommaviy ishlab chiqarishda mehnatning brigadali shakli ishlab chiqarishni texnik, texnologiya va tashkiliy sharoitlari bilan bog’liq. Rejali ishlab chiqarish topshiriqlari kompleks brigadalar tomonidan bajariladigan ishlarning keng doirasini o’z ichiga oladi. Lekin bunday holda ham reja-hisob birligi bo’lib brigadaga yuklatilgan uning tayyorlash va ishlov berish bo’yicha ma’lum ro’yxati bilan detal xizmat qiladi.


Ommaviy ishlab chiqarishda ishlab chiqarishni tezkor rejalashtirish va hisobning reja-hisob birliklarini shu ishlab chiqarilgan mahsulotining tannarxini kalkulatsiya qilish birliklari bilan taqqoslab faqat subyekt bo’yicha yig’ish, sinash va oxiriga yetkazish ishlarini bajaradigan oxirgi tizimli bo’linma darajasida ularning mosligini belgilashi mumkin. Тizimli bo’linmalar darajasida reja-hisob birliklari ichki ishlab chiqarish xo’jalik hisobida obyekt tarkibini tavsiflovchi xarajatlar obyektlarining qismi bo’ladi.
Ishlab chiqarish jarayoniga parallel ravishda xarajatlarni jamg’arish jarayoni yuradi. Тo’g’ri xarajatlar bo’linmalar bo’yicha birlamchi ma’lumotlar asosida hisoblanadi. Тo’g’ri moddiy va mehnat xarajatlaridan tashqari jarayonlar bo’yicha hisob tizimida to’g’ri xarajatlarga ishlab chiqarishni tayyorlash, ishlab chiqarishning yuritilishini nazorat qilish, bir bo’lim ichida lokalizatsiya qilish sharti bilan amortizatsiya bo’yicha sarflar kiritilishi mumkin. Sarflar turli usullar yordamida kalkulatsiya obyektlari bo’yicha taqsimlanadi.
Jarayonli kalkulatsiya qilish tizimi buyurtmalararo kalkulatsiya qilish tizimidan ancha oddiy va arzonroq, chunki buyurtmalar va individual ishlar bo’yicha kartochkalar to’plami yo’q. Buxgalteriya hisobi schyotlarida yozuvlar oddiy (YaТMlarsiz variant) yoki "O’zi ishlab chiqargan YaТMlar schyoti" orqali (YaТMli variant) amalga oshirilishi mumkin.



Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin