Abduvaxidov, D


Хarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilish tizimini turkumlash



Yüklə 2,41 Mb.
səhifə54/119
tarix07.07.2023
ölçüsü2,41 Mb.
#136062
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   119
O’zbekiston respublikasi

8.4. Хarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilish tizimini turkumlash


Хo’jalik yurituvchi subyektning faoliyatida sodir bo’lgan xarajatlarni guruhlashtirish u yoki bu boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yo’naltirilgan. Lekin xo’jalik faoliyatida ro’yobga chiqadigan holatlar ishlab chiqarilgan namunaviy tizimlarga to’g’ri kelmaydi. Shuning uchun har bir xo’jalik yurituvchi subyekt o’z menedjerlarining talabidan kelib chiqqan holda va ularning talabini qondirish uchun ayrim olingan hisob tizimining loyihasini ishlab chiqadilar. Shu bilan bir qatorda ushbu hisob tizimlarining xilma-xilligidan qat’iy nazar subyektlar faoliyatining nazariyasi va amaliyoti tomonidan xarajatlarni hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilishni tashkil qilishning umumiy tartibi ishlab chiqilgan.


Хo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish faoliyatida xarajatlarning boshqaruv hisobi tizimini tashkil qiladigan va o’zaro bog’langan uchta element mavjud: ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish; tayyor mahsulotlarning hisobini yuritish va ushbu tayyor mahsulotlarning tannarxini kalkulatsiya qilish.
Ushbu o’zaro bog’langan tizim elementlarining talabidan kelib chiqqan holda ishlab chiqarishga sarflangan xarajatlarni hisobga olish tizimi ushbu xarajatlarning turlari, tarkibi, mazmuni, yo’nalishi, sodir bo’lgan joylari va mas’uliyat markazlari, mahsulot yoki ishlarning turlari va ularning bir xil guruhlari, buyumlarning qismi va yarimfabrikatlar bo’yicha guruhlashtirishda qo’llaniladigan usullarning o’zaro aloqalarini aks ettirishi lozim va amal qilinayotgan me’yorlar bilan rejalashtirilgan samaradorlikni taqqoslash natijasida ishlab chiqarish resurslaridan foydalanishni nazorat qilish usullaridir.
Ularning tarmoqlar bo’yicha xususiyatidan qat’iy nazar har bir xo’jalik yurituvchi subyektda xarajatlarni hisobga olish tizimi xo’jalik faoliyatining natijalarini ishonchli va xolisona aniqlash va ishlab chiqarish faoliyatining borishi ustidan nazorat o’rnatish imkoniyatini yaratib beradigan tashkiliy modulni talab qiladi.
Shu bilan bir vaqtda ishlab chiqarishning texnologiya va tashkiliy xususiyatlari, ishlab chiqarish jarayonining davom qilish muddati, mahsulotlarning miqdor va sifat tasnifi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish va mahsulotning tannarxini kalkulatsiya qilishning har xil usullari va uslublarini qo’llashni talab qiladi. Хo’jalik yurituvchi subyektning amaliyotida qo’llanilayotgan ushbu tizimlar quyidagi tartibda turkumlashtiriladi:



A. Guruhlashtiriladigan obyektlar










Buyurtma tizimi




Jarayon tizimi










V. Me’yorlashtirish darajasi










Haqiqiy sarflarning tizimi




Me’yoriy sarflarning tizimi










S. Хarajatlarni qamrashning to’laligi










Тo’liq sarflarning tizimi




Qisman sarflarning tizimi

8.1- chizma . Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish tizimining turkumlanishi


Хarajatlarni hisobga olish va mahsulot tannarxini kalkulatsiya qilish tizimidan foydalanishda o’zbilarmonchilikka yo’l qo’yish mumkin emas. Chunki uni qo’llashning maqsadi boshqarish va xarajatlarni hisobga olish obyektlari bilan chambarchas bog’langan holda yig’ilgan.
Bizning mamlakatimizda buxgalteriya hisobi va korxonalarning iqtisodiyotiga bag’ishlab chop qilingan adabiyotlarda, 1999-yil 5-fevralda Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlangan "Хarajatlarning tarkibi va moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida"gi nizom, buxgalteriya hisobining standartlari va xalqaro standartlarga ko’ra xo’jalik yurituvchi subyektlarda ishlab chiqarilgan mahsulot, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning xarajatini hisobga olish va tannarxini kalkulatsiya qilishning uchta usuli me’yoriy, ishlov berish (jarayonlar bo’yicha) va buyurtma usullari mavjud. Ushbu usullarning qaysi birini qo’llash har bir xo’jalik yurituvchi subyektda ishlab chiqarilgan mahsulotning turlari, texnologiya jarayoni, tarmoqning xususiyati, ishlab chiqarishni tashkil qilish usuli va uning turlaridan kelib chiqqan holda o’zida ishlab chiqilgan hisob siyosatida ko’rsatadi va rahbarning buyrug’i bilan mastahkamlaydi. Shu bilan bir qatorda yuqorida keltirilgan turkumlarning hech biri ayrim olgan holda xo’jalik yurituvchi subyektning ichidagi o’ziga xos xususiyatlarini to’liq va har tomonlama yoritishga da’vogar bo’la olmaydi.
Ushbu yuqorida keltirilgan xarajatlarni hisobga olish va kalkulatsiya qilish belgilari xarajatlarni hisobga olish tizimini muvaffaqiyatli tashkil qilishga va bir usulni ikkinchisidan ajratishga yordam beradi va osonlashtiradi.



Yüklə 2,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin