Abduvaxidov, D


Soliq bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə22/120
tarix19.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#100771
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   120
Бухгалтерия китоб

3.9. Soliq bo’yicha operatsiyalarni hisobga olish


2004 yilning 1 yanvaridan mulk shaklidan qat’iy nazar barcha xo’jalik yurituvchi subyektlarda qo’llaniladigan yangi schyotlar rejasida budjet bilan olib boriladigan operatsiyalarni hisobga olib borish uchun 11 ta balansli va 2 ta balansdan tashqari schyotlar belgilangan bo’lib, ular quyidagilar:


Balansli schyotlar: 0950 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i»; 3210 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i»; 4410 «Budjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari»; 6240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha kechiktirilgan majburiyatlar»; 6250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha majburiyatlar»; 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz»; 7240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar»; 7250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlar»; 8840 «Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari»; 9810 «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar»; 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyotlarni o’z ichiga oladi.
Balansdan tashqari schyotlarga esa: 012 «Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajat» 013 «Vaqtinchalik soliq imtiyozlari (turlari bo’yicha)» schyotlar kiradi.
Yuqorida keltirilgan schyotlarning oldiga qo’yilgan vazifalar turlicha. Bu vazifalarni buxgalterlar chuqur anglab amaliyotda ulardan to’g’ri foydalanishlari zarur.
0950 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i» schyotida hisobot davrida to’lanadigan soliqning kechiktirilgan qismi hisobga olinadi. Shu bilan birga ushbu summa balansdan tashqari 012 «Kelgusi davrlarda soliq solinadigan bazadan chiqariladigan xarajatlar» schyotning kirimiga yozib qo’yiladi.
Hisobot davri oxirida ushbu summa soliqqa tortiladigan bazaga qo’shib daromad (foyda) solig’iga tortiladi.
4410 «Budjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari» schyotida bo’nak soliq summalari, xususan, xarid qilingan xom-ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va boshqa turdagi ishlab chiqarish zahiralari bo’yicha hisoblashish hujjatlarida alohida ko’rsatilgan qo’shilgan qiymat solig’i (QQS) hisobga olinadi.
4410 schyotida yig’ilgan soliq summalarini hisobdan chiqarish tartibi qonuniy va me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Buxgalteriya hisobida 4410 «Budjetga soliqlar va yig’imlar bo’yicha bo’nak to’lovlari» schyotidan chiqarish operatsiyasi quyidagi buxgalteriya hisobi yozuvi bilan rasmiylashtiriladi: material resurslari, tovarlar, ishlar va hizmatlarga tegishli QQS summasi qarz surishishga (zachetga) qabul qilinganda: D-t 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz», K-t 4410 «Soliqlar bo’yicha bo’nak to’lovlari» schyoti.
Amaldagi Nizom qonunchiligi asosida soliqlar bo’yicha imtiyozlar berilgan quyidagi xo’jalik subyektlariga tegishli:14
- soliq, bojxona va majburiy to’lovlardan ozod qilish natijasida hosil bo’lgan mablag’larni maqsadli vazifalarni bajarishga yo’naltiradigan xo’jaliklar;
- soliq to’lovlaridan vaqtinchalik ozod qilish natijasida hosil bo’lgan mablag’larni maqsadli foydalanishga yo’naltirmaydigan xo’jaliklar.
Chunonchi, 2003 yil 26 fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentning Farmoni bilan Respublikada maxsus klinikalar va tibbiy markazlar tashkil etildi. Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash maqsadida ushbu respublika ixtisoslashtirilgan markazlari o’z ehtig’jlari uchun olib kelinadigan tibbiyot uskunalari va asboblari uchun 2003 yilning 1 martidan to 2012 yilning 31 dekabrigacha 10 yil muddatga barcha turdagi soliqlar, bojxona to’lovlari/bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig’imlardan tashqari/to’lashdan ozod qilinib, bushaydigan mablag’lar Markazlarni rivojlantirish va jihozlashga maqsadli tarzda yo’naltirish ko’zda tutilgan.
Bunday maqsadlar uchun budjetga to’lashdan ozod qilingan soliqlar summasi moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda (2-shakl) aks ettiriladi, demak korxonaning moliyaviy natijalarini shakllanishiga ta’sir qiladi.
Budjetga soliq to’lashdan berilgan imtiyozlar yangi schyotlar Rejasi bo’yicha 8840 «Maqsadli foydalaniladigan soliq imtiyozlari» schyotida hisobga olinadi.
Ayrim xo’jalik yurituvchi subyektlar daromad (foyda)dan ajratma solig’idan qonunchilikka binoan vaqtinchalik imtiyozlarga aga bo’lishi mumkin. Bunday vaqtlarda umumiy belgilangan tartibda hisoblangan daromad (foyda)dan ajratma solig’i summasiga quyidagicha yozuv rasmiylashtiriladi: D-t 9810 «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar», K-t 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz» schyoti bo’yicha ochilgan «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha imtiyozlar» schyoti.
Ushbu hisoblangan soliq summasi budjetga o’tkazilmaydi, balki maqsadli foydalanish uchun berilgan soliq imtiyozlari schyotiga o’tkaziladi: Dt 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz» schyoti bo’yicha ochilgan «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha imtiyozlar», 8840 «Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari» schyoti.
8840 – schyotda hisobga olinadigan qonunchilik bo’yicha soliqlardan ozod qilish natijasida hosil bo’lgan summa, agar imtiyozli davr ko’rsatilgan bo’lsa, ko’rsatilgan davr oxirida, boshqa hollarda esa har yili quyidagi hisobdan chiqariladi: D-t 8840 «Maqsadli foydalanadigan soliq imtiyozlari», K-t 8520 «Rezerv kapitali» schyoti.
Maqsadli foydalanish uchun rezerv kapitaliga o’tkazilgan mablag’dan xo’jalik yurituvchi subyektlar o’zlarining moddiy-texnika va ijtimoiy bazasini mustahkamlash, shuningdek xodimlarni moddiy rag’batlantirish uchun foydalanganda 8520 «Rezerv kapitali» schyoti debetlanib tayinlanishiga qarab tegishli schyotlar kreditlanadi.
Soliqlar, bojxona va majburiy to’lovlardan ozod qilinishi natijasida hosil bo’lgan mablag’lardan maqsadli foydalanganligini tasdiqlash uchun korxona va tashkilotlar har yili yillik moliyaviy hisoboti bilan birga ushbu mablag’lardan foydalanishi to’g’risidagi hisob-kitobini topshiradi.
Soliq organlari tomonidan tekshirilganda soliqlar, bojxona va majburiy to’lovlardan ozod qilinishi natijasida hosil bo’lgan mablag’larning belgilangan maqsadlarga emas, boshqa maqsadlar uchun foydalanganligi aniqlansa yoki imtiyozli davr tugaganga qadar import qilingan tovarlar sotilsa yoki boshqa tashkilotga berilsa, belgilangan maqsad bo’yicha foydalanilmagan mablag’lar summasi, shuningdek, sotilgan mulklar bo’yicha bojxona to’lovlari summasi jarima choralarini qo’llagan holda boqimandasi bilan undirib olinadi.
Soliq organlariga topshirilgan hisob-kitoblarning to’g’riligi va o’z vaqtida topshirilishiga korxona va tashkilotlar javobgardir. Qonunchilik asosida soliq to’lovlaridan vaqtinchalik ozod qilish natijasidada hosil bo’lgan mablag’larni maqsadli foydalanishga yo’naltirmaydigan korxona va tashkilotlarga misol qilib shuni ko’rsatish lozimki, yangi tashkil etilgan korxonalar ro’yxatdan o’tgan vaqtdan boshlab ikki yil davomida budjetga mulk solig’i to’lashdan ozod qilinadi. Ushbu soliqdan ozod qilish natijasida hosil bo’lgan mablag’ maqsadli foydalanishga yo’naltirilmaydi. Shunday shart bilan qonunchilikka binoan ayrim xo’jalik yurituvchi subyektlar boshqa soliq, bojxona va majburiy to’lovlardan ozod qilinishi mumkin.
Hisoblangan boj to’lovlari, soliqlar (QQS to’lovchilar uchun QQS summasidan tashqari) va majburiy to’lovlar summasini tovarning sotish qiymatiga ham qo’shmaydi. Bunday xo’jalik yurituvchi subyektlar har bir budjetga to’lov turi bo’yicha balansdan tashqari 013 «Vaqtinchalik soliq imtiyozlari» schyotida hisob yuritadi.
Umumiy belgilangan tartibda budjetga hisoblangan soliq va to’lovlar summasi 013-schyotning kirimiga yozib boriladi. Budjetga hisoblangan majburiy to’lovlar va soliqlar summasi moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotda aks ettirilmaydi va moliyaviy natijalarni shakllanishiga ta’sir etmaydi.
Soliqdan ozod qilish imtiyozli davri tugashi bilan soliqdan ozod qilish natijasida hosil bo’lgan mablag’lar balansdan tashqari 013 «Vaqtinchalik soliq imtiyozlari» schyotidan chiqim qilinadi. Bunda hisobdan chiqarilgan mablag’lar to’g’risidagi axborot imtiyozli davri tugagandan so’ng 5 yil ichida korxonada saqlanishi kerak.
7240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyotida qonunchilikka binoan vaklotli hukumat organlari qarori bilan to’lashni bir necha yilga uzaytirishga ruxsat etilgan soliq va majburiy to’lovlar bo’yicha budjet oldidagi uzoq muddatli qarz aks ettiriladi.
Joriy yoki undan uzoqroq davrlarda to’lanishi kerak bo’lgan to’lovlar summasi korxonaning kechiktirilgan majburiyatlari deb tan olinadi va ular kelajakda qaytariladi. Bu schyotning kreditida tegishli soliq va majburiy to’lovlarni hisobga oladigan schyotlar bilan korrespondentlangan holda uzoq muddatli kechiktirilgan to’lovlar summasi hisobga olinadi.
Masalan, korxonaga qonunchilikka binoan vakolati huquqiy organlari qarori bilan soliq to’lashni bir necha yilga uzaytirishga ruxsat etilgan bo’lsa, quyidagicha yozuv bilan rasmiylashtiriladi: D-t 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)», K-t 7240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti.
Shuningdek boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha to’lash muddati bir necha yilga kechiktirilgan hollarda 6510 «Sug’urta bo’yicha to’lovlar», 6520 «Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar» schyotlari debetlanib 7240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti kreditlanadi.
Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlarning joriy yilda to’lanadigan qismi 6240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyotining kreditida quyidagi aks ettiriladi: D-t 7240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar», K-t 6240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti.
Bunday summani joriy yilda budjetga o’tkazish hisoblanganda 6240 «Soliqlar va majburiy to’lovlar bo’yicha uzoq muddatli kechiktirilgan majburiyatlar» schyoti debetlanib, 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» yoki 6510 «Sug’urta bo’yicha to’lovlar», 6520 «Maqsadli davlat jamg’armalariga to’lovlar» schyotlari kreditlanadi.
Ushbu summa budjetga yoki sug’urta organlariga o’tkazib berilganda yuqoridagi 6410, 6510 va 6520 schyotlari debetlanib, 5110 «Hisob-kitob schyoti» kreditlanadi.
7250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlar» schyotida vaqtinchalik farqlarning mavjudligi tufayli vujudga keladigan kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i summasi aks ettiriladi.
Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajat hisob daromadidan hisoblab topiladi, to’lanadigan daromad (foyda) solig’i esa soliqqa tortiladigan daromad (foyda)dan hisoblab topiladi. Hisob daromadi (foydasi) va soliqqa tortiladigan daromadi (foydasi)dan olinadigan soliqni aniqlashdagi yondoshishlar orasidagi farqi moliyaviy hisobotda inobatga olinishi kerak.
Korxonaning hisob siyosatiga binoan hisob ma’lumotlari bo’yicha aniqlangan daromad (foyda) solig’i daromad olish moboynida korxona tomonidan qilingan xarajat deb qaraladi va u tegishli daromad va xarajatlar qaysi davrda vujudga kelgan bo’lsa, shu davrda hisoblanadi ham korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyati natijalari to’g’risidagi hisobotda aks ettiriladi. Bunda hisob daromadidan hisoblab topilgan daromad (foyda) solig’i xarajati bilan soliqqa tortiladigan daromaddan hisoblab topilgan to’lashga tegishli daromad (foyda) solig’i orasidagi farq vaqtinchalik farq sifatida hisobga olinib 7250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlar» schyotining kreditida quyidagi aks ettiriladi: D-t 9810 «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar», K-t 7250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlar» schyoti.
HarHar yili daromad (foyda) solig’i bo’yicha kechiktirilgan majburiyatlarning bir qismi daromad (foyda) solig’i bo’yicha kechiktirilgan majburiyatlarning joriy qismidek 6250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha majburiyatlar» schyotida quyidagi aks ettiriladi: D-t 7250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha uzoq muddatli majburiyatlar», K-t 6250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha majburiyatlar» schyoti.
Bunday summani joriy yilda budjetga o’tkazish hisoblanganda 6250 «Vaqtinchalik farqlar bo’yicha kechiktirilgan daromad (foyda) solig’i bo’yicha majburiyatlar» schyoti debetlanib, 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» schyoti kreditlanadi. Ushbu summa budjetga o’tkazib berilsa 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» schyoti debetlanib, 5110 «Hisob-kitob schyoti» kreditlanadi.
O’zbekiston Respublikasi soliq Kodeksining 43-moddasiga binoan yilning hisobot choragida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan eng kam ish haqining ikki yuz barobaridan ko’proq miqdorda daromad (foyda) olgan yuridik shaxslar daromad (foyda) solig’i bo’yicha joriy to’lovlarni har oyning 10 va 25 kunlarida yilning choragi bo’yicha daromad (foyda) solig’i summasining oltidan bir qismi miqdorida to’laydi.
Bu vaqtda hisoblangan bo’nak daromad (foyda) solig’i summasi 9810 «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar» schyotining debetida quyidagicha yoziladi: D-t 9810 «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar», K-t 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» schyoti.
Ushbu summa belgilangan muddatlarda budjetga o’tkazib berilsa 6410 «Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)» schyoti debetlanib, 5110 «Hisob-kitob schyoti» kreditlanadi.
Hisobot davri tugagach yilik moliyaviy hisobot tuzishda 9810 «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar» va 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyotlarining debetida hisobga olingan soliqlar summasi 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debetiga o’tkaziladi: D-t 9910 «Yakuniy moliyaviy natija», K-t 9810 «Daromad (foyda) solig’i bo’yicha xarajatlar» va 9820 «Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig’imlar bo’yicha xarajatlar» schyotlari.
Demak, daromad (foyda) solig’ini to’lagunga qadar foyda (zarar) summasidan daromad (foyda) solig’ini (9810-schyoti) va foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va yig’imlar (9820-schyoti) summasini ayrib tashlagandan so’ng hisobot davrining sof foydasi (zarari) chiqadi va u moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot (2-sonli shakl)ning 270-satrida ko’rsatiladi.


Хulosa
Pul mablag’lari hisobini to’g’ri tashkil etish xo’jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, mablag’lardan maqsadli foydalanish va xo’jalik mablag’larini ko’paytirish hamda majburiyatlarini qoplashga yo’naltirilishini nazorat qilishdir.
Хo’jalik operatsiyalari natijasida sodir bo’ladigan o’zaro hisoblashishlarni buxgalteriya hisobida to’g’ri, o’z vaqtida rasmiylashtirish va ularni schyotlar tizimida ikkiyolama aks ettirish, shuningdek, olinadigan hamda to’lanadigan mablag’larni tan olish usullariga ko’ra, so’ndirilishini ta’minlash bo’yicha nazariy va amaliy takliflar berilgan.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin