Abduvaxidov, D


Mahsulotni ishlab chiqarish hajmi va uning sotish assortimentini rejalashtirish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə69/120
tarix19.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#100771
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   120
Бухгалтерия китоб

9.4. Mahsulotni ishlab chiqarish hajmi va uning sotish assortimentini rejalashtirish


Ishlab chiqarish hajmi va mahsulot assortimentiga nisbatan boshqaruv qarorlari moliyaviy hisobot asosida qabul qilinadi. Shu holda subyektlar turli yo’llar bilan sotiladigan mahsulotlarni keng assortimentda ishlab chiqaradilar; katta va kichik hajmda, ulgurji va chakana savdo yordamida, turli geografik hududda joylashgan iste’molchilarga yetkazib berish yo’li bilan va hokazo. Bunday amaliyot mahsulotning turlari va bozorlarning segmentlari bo’yicha olinadigan daromadlar to’g’risida alohida hisobotlarni talab qiladi.


Buxgalter tomonidan subyektning moliyaviy-sotuv faoliyati haqidagi to’liq moliyaviy ma’lumotni ishlatish subyekt ishining unumdorligini oshirishga qaratilgan nazoratning amaldagi tizimini yaratishga imkon beradi.
Alohida segmentlar bo’yicha moliyaviy hisobotlarga umumiy summalarni kiritish kerak va subyektning umumiy moliyaviy hisobotiga ham ushbu summalar umumlashtirilgan holda kiritilishi kerak. Masalan, har bir mahsulot yoki mahsulotning assortimentini ishlab chiqarishdan olingan foyda yalpi foydaning bir qismi bo’lishi kerak, ishlab chiqarish hajmi esa o’zgaruvchan xarajatlarning hajmi bilan o’zaro bog’liqlikni saqlashi kerak. Har Bir ishlab chiqarish bo’linmalarining xarajatlari butun subyekt darajasida ishlab chiqarish xarajatlarining bir qismi hisoblanadi va ishlab chiqarishning samaradorligini, mahsulot turi, ish vaqtidan to’liq foydalanganlikni hisobga olgan holda nazorat qilinishi lozim. Mahsulotning assortimenti bilan alohida ishlab chiqarish bo’linmlarida ishlab chiqarish quvvatlarining to’ldirilganligi o’rtasida aloqa mavjud.
Тadbirkorlik faoliyatining har bir segmentini baholash ishlab chiqarish xarajatlarini hisoblovchi buxgalterga muammo tug’diradi. Uning yechimi ko’proq rentabelli mahsulotni va subyektning yalpi foydasining ishlab chiqarish hajmini va assortimentini nazorat qilish tizimini tuzish jarayonida ro’yobga chiqadi. Har Bir subyekt uchun nazorat tizimining o’ziga xosligiga qaramay u quyidagi namunaviy muolajalarni o’z ichiga olishi lozim: har bir mahsulotning rentabelligini kuzatish; har bir mahsulotdan olingan yalpi foydani nazorat qilish; haqiqiy foydaning kutilayotganidan chetga chiqishini aniqlash; xarajatlar tizimini hisoblab chiqish, o’ta yashirin xarajatlarni chiqarib tashlash; alohida mahsulotga to’g’ri keladigan ustama sarflarni hisoblab chiqish; subyektda qo’llaniladigan talabning elastikligiga va boshqa nazorat muolajalariga narx o’zgarishining ta’sirini aniqlash.
Nazorat muolajalaridan foydalanish kutilayotgan foydani ta’minlash uchun ishlab chiqarish hajmining qancha bo’lishini, foydaning aniq hajmini olish uchun sotishda qanday narx qo’yish kerakligini, subyekt ishining zararsizlik chegarasining, xavfsizlik hududining va sotilgan mahsulot tizimining qandayligini aniqlashga imkon beradi.
Mahsulot birligining miqdorini hisoblash zararsizlik nuqtasini hisobga olmasdan quyidagi tenglamaga asoslanadi:



Kutilgan foydani olish uchun sotilgan mahsulot birligining miqdori

=

Doimiy xarajatlar + Kutilgan foyda
Birlik mahsulotning narxi

Oldingi misolning ma’lumotlari bo’yicha: (40000 + 146000) : 150 = 1240 dona ya’ni, ishlab chiqarishning hajmini 760 donagacha (2000-1240) tushirish kerak.


Hisobning to’g’ri usuli deb yalpi foyda usuliga aytiladi, uning asosida quyidagi tenglama yotadi:

Yalpi foyda (yoki marjinal daromad)

=

Mahsulotni sotishdan tushgan daromad


Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin