Abduvaxidov, D


Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda (zarar)larni hisobga olish



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə86/120
tarix19.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#100771
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   120
Бухгалтерия китоб

11.5. Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan olingan yalpi foyda (zarar)larni hisobga olish


Mahsulot, ishlar va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foyda va zarar hisobot davri oxirida sotishdan tushgan sof tushum bilan sotilgan mahsulot, ishlar va xizmatlarning haqiqiy tannarxi orasidagi farqi miqdorida aniqlanadi.


Тayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlar, olingan daromadlar, shuningdek sotilgan tovarlarning qaytarilishi, sotish narxlaridan chegirmalar to’g’risidagi axborotlar quyidagi: 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromad», 9020-«Тovarlar sotishdan olingan daromadlar», 9030-«Bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9040-«Sotilgan tovarlarni qaytarish» va 9050-«Хaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» schyotlarda aks ettiriladi.
Yuqorida keltirilgan 9010, 9020 va 9030-schyotlar tranzit schyotlar hisoblanib, ko’payishi kreditida, kamayishi debetida aks ettiriladi. 9040 va 9050 schyotlari kontrpassiv schyot bo’lib 9010, 9020 va 9030- schyotlar summasini tuzatib turadi. Bu schyotlarda quyidagilarni sotishdan tushgan sof tushum aks ettiriladi: sanoat, qishloq xo’jaligi va boshqa korxonalarda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot va o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulot; sanoat tusidagi ishlar va xizmatlar; sanoat tusiga ega bo’lmagan ishlar va xizmatlar; sotib olingan buyumlar (butlash uchun sotib olingan); qurilish montaj, loyiha-qidiruv, geologiya-qidiruv, ilmiy tadqiqot va boshqa shunga o’xshagan ishlar; savdo, ta’minot korxonalarining tovarlari; transport tashkilotlarining yuk va kishilar tashish bo’yicha xizmatlari; yengil avtomashinalarni ijaraga berish va avtomashinalarni xaydab olib borib berish xizmatlari; transport - ekspeditsion va yuklash - tushirish operatsiyalari; aloqa korxonalari xizmatlari.
9010, 9020 va 9030-schyotlarining kreditida 4010-«Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» va 4110-«Alohida bo’linmalardan olinadigan schyotlar» schyotlarining debeti bilan korrespondentlangan holda xo’jalik yurituvchi subyektning asosiy faoliyatidan olingan daromadlar aks ettiriladi.
Hisobot davriga tegishli bo’lgan oldingi davrda olingan daromadlar summasiga pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 6230-«Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar» yoki 6310-«Хaridorlar va buyurtmachilardan olingan avanslar» schyotlari kreditlanadi.
Sanoat korxonalarida mol yuboruvchi va buyurtmachilarga yuklab yuborilgan mahsulot (bajarilgan ish va xizmatlar) bo’yicha taqdim etilgan hisob hujjatlari summasiga 4010-«Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti debetlanib, 9010, 9020 va 9030 - schyotlar kreditlanadi.
Kelgusida yuklab jo’natiladigan mahsulot, ko’rsatiladigan xizmat va bajariladigan ishlar uchun oldindan olingan bo’naklar summasi ushlab qolinganda 6230 va 6310-schyotlari debetlanib, 4010-schyoti kreditlanadi. Yuborilgan mahsulot, bajarilgan ish va xizmatlar uchun pul mablag’lari tushganda pul mablag’larini hisobga oladigan schyotlar debetlanib, 4010-«Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti kreditlanadi.
Korxonaning yakuniy balans foydasi (zarari) hisobot davrining oxirida 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyotida aniqlanadi. 9010, 9020 va 9030- schyotlarning kredit qoldiqlari hisobot davri oxirida 9910- schyotga o’tkaziladi: Dt 9010, 9020, 9030 – schyotlar, Kt 9910 «Yakuniy moliyaviy natija» schyoti.
9040 va 9050- schyotlari sotilgan tovarlarni qaytarilishi, shartnoma shartlariga binoan sotishdan chegirma, shuningdek sotilgan mahsulotdan brak aniqlanishi natijasida narxidan chegirma va shu kabilarni hisobga olish uchun belgilangan. Bu schyot kontrpassiv bo’lib, ularning debet oborotlari sotilgan mahsulot (tovar, ish va xizmatlar) dan tushgan tushum summasidan hisobot davri oxirida quyidagi hisobdan chiqariladi: Dt 9010, 9020 va 9030-schyotlar, Kt 9040 va 9050-schyotlar.
9040 «Sotilgan tovarlarning qaytishi»-schyotining debetida operatsiyalar quyidagi hollarda aks ettirriladi: buyurtmachi va xaridorlarga ushbu tovarlar qiymati qaytarilganda: Dt 9040 «Sotilgan tovarlarning qaytishi», Kt 5010, 5110, 5210- schyotlar.
Qaytarilgan tovarlar bo’yicha debitor qarzi bekor qilinganda, Dt 9040 «Sotilgan tovarlarning qaytishi», Kt 4010-«Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar».
Bunda qaytarilgan tovarlar bo’yicha oldin hisoblangan QQS va aksiz solig’i summasiga quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 6410-«Budjetga to’lovlar bo’yicha qarz (turlari bo’yicha)», Kt 5110-«Hisob - kitob schyoti» yoki 4010 «Хaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar».
Qaytarilgan mahsulot va tovarlarning tannarxi hisobdan chiqariladi: Dt 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar» yoki 2910 «Ombordagi tovarlar», Kt 9119-9130-schyotlar.
Shartnoma shartlariga binoan sotishdan chegirma, shuningdek sotilgan mahsulotdan brak aniqlanishi natijasida chegirma berilsa, quyidagicha rasmiylashtiriladi, Dt 9050-«Хaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar», Kt 4010-«Хaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar» schyoti.
Sotilgan tayyor mahsulot (ovarlar (ishr va xizmat)lar tannarxi to’g’risidagi axborotlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi: 9110 «Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi», 9120-«Sotilgan tovarlarning tannarxi» va 9130-«Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning tannarxi» schyotlari. Bu schyotlar tranzit hisoblanib aktiv schyotlarga mansub. Ularning debeti ko’payishini, krediti esa kamayishini ko’rsatadi. Bu schyotlarda hisobot davrining boshiga qoldiq qolmaydi.
Korxonalarda mol xaridorlarga jo’natilgan mahsulot (ish va xizmat) lar uchun hisoblashish hujjatlarini taqdim etilishiga qarab jo’natilgan mahsulot (ish va xizmat)larning haqiqiy tannarxiga 2010-«Asosiy ishlab chiqarish» yoki 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyoti kreditlanib, 9110 yoki 9130-schyoti debetlanadi.
Ayrim korxonalarda sotilgan mahsulot (ish va xizmat) larning haqiqiy tannarxi faqat kalendar yilining oxirida bir marta aniqlanganligi uchun 9110 va 9130- schyotlarning debetida yil davomida sotilgan mahsulot (ish va xizmat) larning reja tannarxi aks ettiriladi. Yil oxirida mahsulot (ish va xizmatlar)ning haqiqiy tannarxi bilan reja tannarxi orasidagi farqi tegishli schyotlarga o’tkaziladi. Bunda quyidagicha rasmiylashtiriladi:
Dt 2810-«Ombordagi tayyor mahsulotlar» yoki 2820-«Ko’rgazmadagi tayyor mahsulotlar» - ombordagi yoki ko’rgazmadagi tayyor mahsulotga tegishli farq summasiga, Dt 9110-«Sotilgan mahsulotlar tannarxi», 9130 «Bajarilgan ish va ko’rsatilgan xizmatlarning tannarxi» - sotilgan mahsulot, ishlar, xizmatlarga tegishli farq summasiga, Kt 2010 «Asosiy ishlab chiqarish» yoki 2310-«Yordamchi ishlab chiqarish».
Agar bu farq summasi ortiqcha qilingan xarajatni ko’rsatsa, yuqoridagi buxgalteriya o’tkazmalar oddiy siyohda, aksincha, tejalgan summani ko’rsatsa - qizil siyohda storno qilib reja tannarxi haqiqiy tannarxga yetkazib qo’yiladi.
Hisobot davri oxirida 9110 «Sotilgan mahsulotlar tannarxi», 9120 «Sotilgan tovarlar tannarxi» va 9130 «Sotilgan ishlar va xizmatlar tannarxi» schyotlarining debet oborotlari yakuniy moliyaviy natija schyotiga o’tkazish yo’li bilan hisobdan chiqariladi. Bunda quyidagicha rasmiylashtiriladi: Dt 9910-«Yakuniy moliyaviy natija», Kt 9110, 9120 va 9130-schyotlari.
Shunday qilib, 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debetida hisobot davrida sotilgan mahsulot, ishlar, xizmatlarning haqiqiy tannarxi, kreditida esa mahsulot, ishlar va xizmatlarni sotishdan tushgan sof tushum aks ettiriladi. Ushbu muomalalar bo’yicha 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotining debet va kredit oborotlarini taqqoslash natijasida hisobot davridagi mahsulot, ishlar va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foyda (zarar) aniqlanadi.



Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin