Kassa kitobi - korxona kassiri kassa jarayonlari hisobini yuritishiga muljallangan hisob registrlaridir.
Nominal- qimmatbaho qogozning blankada (sertifikatda) qayd etilgan boshlangich qiymati.
Nou-Хau - (inglizchadan - “bilaman qandayligini”) ishlab chiqarish texnologiyasi, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish uchun zaruriy ilmiy-texnikaviy, tijorat, tashkiliy bilimlar.
Oferdraf - mijoz joriy hisob varagining salbiy qoldigi bo’lib, bank krediti bilan qoplash.
Prolongatsiya- kelishuv, shartnomalarining amal qilish muddatini uzaytirish.
Rentabellik - ishlab chiqarish samaradorligining ko’rsatkichi bo’lib, foydaning asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablaglarining o’rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlash.
Refaksiya - shartnomada kelishilgan, andoza yoki texnik sharoit shartlarida belgilanganidan past bo’lgan tovarlarning ulgurji bahosi yoki tovar ogirligiga nisbatan chegirma; ko’p miqdorda yuk mavjud bo’lgan maxsus kelishuvda yuk jo’natuvchiga beriladigan tarifdan chegirma hisoblanadi.
Baholovchi va nazorat ma’lumotlarni shakllantirish– boshlang’ich ma’lumotlarni yig’ish, tahlil qilish uchun ishlov berish, bo’linmalarning faoliyatini nazorat qilish va ularni baholash uchun ushbu axborotlardan foydalanish tadbirlarining majmuasi.
Bashorat qilinadigan sarflar – zaxiralarga investitsiya qilish.
Bilvosita xarajatlar – xarajat markazlariga to’g’ridan- to’g’ri olib borishning iqtisodiy imkoniyati bo’lmagan xarajatlar. Ushbu xarajatlar (i.u.x) tegishli xarajat markazlariga subyektning hisob siyosatida qabul qilingan usuliga asosan taqsim qilinadi. Bir necha turdagi mahsulotni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar.
Bilvosita xarajatlarni taqsimlash asosi –bilvosita xarajatlarni yig’uvchi obyektlarga taqsimlash uchun asos qilib olingan ko’rsatkich. Misol: bevosita mehnat haqi, asosiy vositalarning eskirishi va hokazo.
Bilvosita (egri) xarajatlarni taqsimlash darajasi – kalkulyatsiya obyektlari o’rtasida bilvosita xarajatlarni oldindan taqsimlash imkoniyatini yaratadigan va subyektning hisob siyosatida ko’rsatilgan oldindan hisoblangan me’yoriy daraja.