Oksidlanish-qaytarilish titrlash usulining mohiyati, tasnifi. Nernest tenglamasi. Turli omillarning redoks jufti potensialiga va reaksiya tezligiga ta`siri. Titrlash turlari. Indikatorlari.
K.T 203 “B”
Abduvaxidova U
Reja: - Oksidlanish-qaytarilish titrlash usulining mohiyati, tasnifi.
- Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining muvozanat doimiysi. Muvozanat
- potensiali qiymatiga pH ning ta‟siri.
- Oksidlanish – qaytarilish usulida titrlash indikatorlari, tasnifi.
- Redoks indikatorlarni rang o„zgarish oralig„i.
- Redoksimetriyada titrlash egriligi.
1.Oksidlanish-qaytarilish titrlash usulining mohiyati, tasnifi.
Titrlashni oksidlanish-qaytarilish usullari ( redoks usullar) – elektron ko„chishi bilan
boradigan oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga asoslangan. Masalan:
Fe+3 + Sn+2 = Fe+2 + Sn+4 Eo Fe+3 / Fe+2 = 0,77 v Eo Sn+4 / Sn+2 = 0,15 v
Umumiy holda yozsak:
Red1 + Ox2 = Ox1 + Red2
Har qanday oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida 2 ta redoks juftlik ishtirok etadi.
Yuqoridagi reaksiyada Fe+3 / Fe+2 va Sn+4 / Sn+2 lar redoks juftlikni tashkil etadi.
Redoksimetrik titrlashda qaytaruvchilarni aniqlash uchun standart oksidlanishqaytarilish
potensiali katta bo„lgan oksidlovchi titrantlar qo„llaniladi. Masalan:
KMnO4, K2Cr2O7, Ce(SO4)2 va h.k.
Eo MnO4
- / Mn+2 = 1,51 v Eo Cr2O7
-2 / Cr+3 = 1,33 v Eo Ce+4 / Ce+3 = 1,44v
Aksincha, oksidlovchilarni aniqlash uchun standart oksidlanish-qaytarilish potensiali
imkon qadar kichik bo„lgan qaytaruvchi titrantlar tanlanadi. Masalan: I2, S2O3
-2, Fe+2
va h.k.
Eo I2 / 2I- = 0,54 v Eo S4O6
-2 / 2S2O3
-2 = 0,99v Eo Fe+3 / Fe+2 = 0,77 v
Redoks usullar miqdoriy tahlilning eng muhim farmakopeya usullaridan hisoblanadi.
Tasnifi:
1. Titrantning tabiatiga ko„ra:
a) Oksidimetriya usuli – oksidlovchi titrantlar bilan qaytaruvchilarni aniqlash.
b) Reduktometriya usuli – qaytaruvchi titrantlar bilan oksidlovchilarni aniqlash.
101
Masalan: oksidlovchi titrantlar - KMnO4, K2Cr2O7, Se(SO4)2, KBrO3 , I2 va h.k.
qaytaruvchi titrantlar - Na2S2O3 * 5H2O, FeSO4, H2C2O4*2H2O va h.k.
2. Aniqlanuvchi modda bilan ta‟sirlashadigan reagent tabiatiga ko„ra:
Usul nomi Titrant
1. Permanganatometriya KMnO4
2. Bromatometriya KBrO3
3. Dixromatometriya K2Cr2O7
4. Yodometriya Na2S2O3*5H2O
5. Nitritometriya NaNO2
6. Yodatometriya KIO3
7. Seriymetriya Ce(SO4)2
8. Iodimetriya I2
9. Xloriodimetriya ICI
10. Bromometriya Br 2
Reaksiyaga qo‟yiladigan talablar:
Titrlashni oksidlanish-qaytarilish usullarida qo„llanadigan reaksiyalar quyidagi
talablarga javob berishi lozim:
1. Reaksiya to„liq va oxirigacha borsin
(Kmuv ≥ 108, EYUK > 0,4 v)
2. Reaksiya tez borsin ( temperatura, katalizator)
3. Reaksiya stexiometrik nisbatda borsin, yonaki, qo„shimcha reaksiyalar bo„lmasligi kerak
4. Titrlash oxirgi nuqtasini aniqlash imkoni bo„lsin.
Titrlash turlari:
Neytrallanish usulidagi kabi redoksimetriyada ham to„g„ri, mahsulotni va qoldiqni
titrlash turlari qo„llaniladi.
Moddalarning ekvivalenti – ular massalarini reatsiyada olgan yoki bergan
elektronlar soniga nisbati bilan hisoblanadi:
E = M / n
Masalan:
MnO4
- + 8H+ +5e → Mn+2 + 4H2O E = M / 5
Bevosita (to„g„ri) titrlash usuli
Aniqlanuvchi modda titrant bilan to„g„ridan - to„g„ri titrlanadi. Masalan:
Mor tuzi tarkibidagi Fe+2 massasini aniqlash.
5Fe+2 + MnO4
- + 8H → Mn2++ 5Fe+3 + 4H2O
aFe
+2 = EFe
+2
* NKMnO4 VKMnO4 / 1000; EFe
+2
= At.m / 1
Qoldiqni (qayta) titrlash usuli
102
Aniqlanuvchi moddaga ortiqcha miqdorda titrantdan qo„shiladi va ma‟lum bir vaqtga
qo„yib qo„yiladi. So„ngra ortib qolgan titrant qoldig„ini boshqa titrant bilan titrlanadi.
Masalan:
Na2S massasini iodimetrik usulda aniqlash.
Na2S + J2 → 2NaJ + ↓S
ort.
J2 + 2Na2S2O3 → 2NaJ + Na2S4O6
qoldiq
J2 + 2e → 2J - EJ 2 = M / 2
2S2O3
2- - 2e →S4O6
2- E S2O3
2- = M /1
S-2 - 2e → So ENa2S = M / 2
mNa2S = ENa2S (NJ 2VJ 2 – Ntios. Vtios.) / 1000
Mahsulotni titrlash usuli
Aniqlanuvchi moddaga birorta reagent eritmasidan qo„shiladi, ajralib chiqqan
mahsulotni titrant bilan titrlanadi. Usulda oksidlanish – qaytarilish xossasini namoyon
etuvchi va etmaydigan moddalar miqdori aniqlanadi. Masalan:
1. H2O2 massasini yodometrik usulda aniqlash.
H2O2 + 2KJ + H2SO4 → K2SO4 + J2 + 2H2O
mahsulot
2J- - 2e → J2
H2O2 + 2H+ + 2e → 2H2O E H2O2 = M/2
J2 + 2Na2S2O3 → 2NaJ + Na2S4O6
mah
a = E H2O2 Ntios. Vtios / 1000
2.Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining muvozanat doimiysi.
Muvozanat potensiali qiymatiga pH ning ta‟siri.
Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarini tezligi va yo„nalishi elektr yurituvchi kuch
– (E.YU.K)-ning kattaligiga bog„liq. SHuning uchun muvozanat potensialining
qiymati oksidlanish–qaytarilish reaksiyasining E.YU.K ga bog„liq bo„ladi.
Oksidlanish–qaytarilish reaksiyalarining muvozanat doimiysining tenglamasini
E.YU.K bilan bog„liqligini quyidagi reaksiya misolida keltirib chiqaramiz.
MnO-4 + 5Fe+2 + 8H+ Mn+2 + 5Fe+3 + 4H2O
3. Oksidlanish – qaytarilish usulida titrlash indikatorlari, tasnifi.
Redoksimetriyada titrlashni oxirgi nuqtasini aniqlashda vizual (indikatorlar) usulidan
foydalaniladi. Indikator vazifasini oksidlanish – qaytarilish reaksiyasida
qatnashayotgan titrantning o„zi yoki maxsus indikator bajaradi.
Tasnifi: redoksimetriyada qo„llaniladigan indikatorlarning quyidagi turlari mavjud.
1.Indikatorsiz usul. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida titrant sifatida
qatnashuvchi indikator. Masalan permanganatometriyada titrant va indikator
sifatida KMnO4 ni o„zi ishlatiladi. Kaliy permanganat eritmasi qizil-binafsha rangda
bo„lib, EN dan keyin ortiqcha tushgan bir tomchisi titrlanuvchi eritmani och pushti
rangga bo„yaydi.
2.Indikatorli usul.
O„z navbatida ikki turga bo„linadi:
a) Spetsifik (maxsus) indikatorlar oksidlanish-qaytarilish reaksiyasida
oksidlovchi yoki qaytaruvchi bilan ta‟sirlashib, rangli birikmalar hosil qiladi.
Masalan kraxmalni eritmasiga yod ta‟sir ettirilganda ko„k rang hosil bo„ladi.
I2 + krax = ko„k rang
YOki temir (III) ionini titrlash jarayonida indikator sifatida tiotsianat-ioni NCS-
ishlatiladi. Bunda tiotsianat-ioni NCS- temir (III) ioni bilan kompleks ionni xosil qilib,
eritmani qizil-qon rangga bo„yaydi.
Fe+3 + 6NCS- = [Fe(NCS)6]-3
b) Redoks indikatorlar eritma oksidlanish-qaytarilish potensialining muayyan
qiymatida oksidlanib yoki qaytarilib o„z rangini o„zgartiradi. Bunday indikatorning
oksidlangan va qaytarilgan shakllari turli rangda bo„ladi:
Jndox + n e → Jndred
Redoks indikatorlarning ikki turi mavjud:
1.Qaytar redoks indikatorlar EN yoki uning yaqinida eritma potensialining muayyan
qiymatida rangini o„zgartirib yana o„z rangiga qaytishi mumkin. Bunda indikator
molekulasining tuzilishi o„zgarmaydi. Masalan: difenilamin oksidlovchi ta‟sirida
ko„k rangli oksidlangan shakl difenildifenoxinondiaminni hosil qiladi.
Indikatorning rang o„zgarish oralig„i ΔE = 0,76 ± 0,029 V.
2. Qaytmas redoks indikatorning rangi EN yoki uning yaqinida, eritma
potensialining o„zgarishi bilan qaytmas tarzda o„zgaradi . Bunda indikator
molekulasining tuzilishi o„zgaradi. Masalan: Metiloranj, metil qizili, neytral qizili
kabi indikatorlar qaytmas oksidlanish-qaytarilish indikatorlariga kiradi. Eritmaning potensiali ENda tegishli qiymatiga etganda indikatorlar qaytmas oksidlanib, ularga
xos bo„lgan rang o„chib ketadi va qayta paydo bo„lmaydi. Misol:
Metiloranj:
4.Redoks indikatorlarni rang o„zgarish oralig„i.
Indikatorni rang o„zgarish oralig„i eritmaning oksidlanish-qaytarilish potensialiga
bog„liq bo„lib, Nernst tenglamasi bo„yicha hisoblanadi.
Indox + ne- = Indred
E = E° + 0,059 / n lg [Indox] / [Indred ] (I)
Ko„zimiz bir rangni ikkinchi rangdan 1:10 yoki 10:1 nisbat bo„lganda ajratadi. SHu
nisbatlarni yuqoridagi (I) tenglamaga qo„yamiz.
E = E° + 0,059 / n lg 10 = E° + 0,059 / n
E = E° + 0,059 / n lg (10-1) = E° - 0,059 / n
Ikkala ifodani umumiy holda yozsak, redoks-indikatorning rang o„zgarish oralig„i
kelib chiqadi:
E = E° ±0,059/ n
5. Redoksimetriyada titrlash egriligi
Titrlanayotgan eritma muvozanat potensialini unga qo„shilgan titrant hajmiga
bog„liqlik egri chizig„i redoksimetrik titrlash egrisi deyiladi. Masalan:
Fe2+ + Ce4+ → Fe3+ + Ce3+
Eo Fe+3/Fe+2 = 0,77 v Eo Ce+4/ Ce3+ = 1,44 v
1.Ekvivalent nuqtasigacha: eritmada faqat Fe3+ / Fe2+ redoks jufti bo„lgani uchun
eritmani muvozanat potensiali Nernst tenglamasi asosida hisoblanadi.
E = Eo + 0,059 lg [Fe+3] / [Fe+2];
2.Ekvivalent nuqtasidan keyin: eritmada faqat Ce4+ / Ce3+ jufti bo„ladi va muvozanat potensiali quyidagicha hisoblanadi.
1-nuqta 50 ml Se(SO4)2 qo„shildi, Fe2+ ioni 50% Fe3+ ga oksidlanadi.
E = 0,77 + 0,059 lg 50 / 50 = 0,77 V
2-nuqta 90 ml Se(SO4)2 qo„shildi, 10% Fe2+ ioni qoldi
E = 0,77 + 0,059 lg 90 / 10 = 0,83 B
3.nuqta 99 ml Se(SO4)2 qo„shildi, 1% Fe2+ioni qoldi
E = 0,77 + 0,059 lg 99 / 1 = 0,88 B
4-nuqta 99,9 ml Se(SO4)2 qo„shildi, 0,1% Fe2+ioni qoldi
E = 0,77+0,059 lg 99,9 / 0,1 = 0,957 B
5-nuqta ekvivalent nuqta:
[Ce4+] = [Fe2+]; [Fe3+] = [Ce3+]
E= 1,44 + 0,77 / 2 = 1,105 V
E= nEOx + mERed / n+m
6-nuqta ekvivalent nuqtadan keyin
106
100,1 ml Se(SO4)2 qo„shildi, 0,1 ml Se(SO4)2 ortib qoladi.
E = 1,44 + 0,059 lg 0,1 / 100 = 1,263 V
7-nuqta 101ml Se(SO4)2 qo„shildi,- 1% Se(SO4)2 ortadi:
E = 1,44 + 0,059 lg 1 / 100 = 1,332 B
E = E o + 0,059 lg [Ce4+] / [Ce3+]
Demak titrlash sakramasi E = 0,957- 1,263 oralig„ida sodir bo„ladi. SHu oraliqqa
to„g„ri keladigan indikatorlarni tanlash mumkin. Masalan N- fenilantranil ( Eo=1,00 v) , ferroin (Eo = 1,06 v) kiradi.
Dostları ilə paylaş: |