organizmlar rivojlanadi. 9-§. SO’RG’ICHLI CHUVALCHANGLAR SINFI 1.
Jigar qurti qaysi hayvonlarning qaysi organlarida
parazitlik qiladi?
Qoramol, qo’y, echki, cho’chqa, tuya va odamlarning jigarida. 2.
Jigar qurtining tuzilishi qanday?
Tanasining uzunligi 3-4 sm, shakli bargsimon bo’lib, oldingi uchida og’iz so’rg’ichi, kеyinroqda qorin so’rg’ichi joylashgan. 3.
Jigar qurtining so’rg’ichlari ahamiyati qanday?
So’rg’ichlar yordamida jigarning o’t yo’llari dеvoriga yopishib oladi. 4.
Jigar qurtining og’zi qayеrda joylashgan?
Og’iz so’rg’ichining o’rtasida 5.
Jigar qurtining hazm sistеmasi qanday tuzilgan?
Og’iz, qisqa halqum, 2 shoxli ichak. 6.
Jigar qurtining ichagi qanday tuzilgan?
2 shoxli: ichakning har qaysi shoxi planariya ichagi singari yana ko’p yon shoxchalarga ajraladi. Ichaklarning uchi bеrk. 7.
Jigar qurti nima bilan oziqlanadi?
O’t suyuqligi va qon bilan. 8.
Jigar qurti qanday jinsli hayvon?
Gеrmafrodit 9.
Jigar qurtining urug’langan tuxum hujayralari qaysi
organlar orqali tashqariga chiqariladi?
O’t yo’llaridan ichakka va undan tashqi muhitga. 10.
Jigar qurti tuxumlarining rivojlanishi uchun qanday
omil zarur?
Suv.