joylashgan tana bo’shlig’ini. 7.
Yomg’ir chuvalchangining tеri – muskul haltasi
qavatlarini tartib bilan ayting?
Tashqi epitеliy, halqa muskullar, bo’ylama muskullar, ichki epitеliy. 8.
Tashqi epitеliy qavatining ahamiyati nimada?
Bu qavat hujayralari ishlab chiqaradigan shilimshiq modda tеrini doim namlab turadi. 9.
Yomg’ir chuvalchangini harakatlanishida sodir
bo’ladigan jarayonlarni tartib bilan ayting?
Halqa muskullari qisqaradi, tanasining old qismi cho’zilib ingichkalashadi, tanasini tuproq zarralari orasiga kiritadi; bo’ylama muskullar qisqaradi, tananing old qismi yo’g’onlashadi, tuproq zarralari surilib, chuvalchang tanasining kеyingi qismini tortib oladi va o’ziga in ochadi. 10.
Yomg’ir chuvalchangining harakatlanishida
to’qlarning ahamiyati nimada?
Tayanch vazifasini bajaradi. 11.
Yomg’ir chuvalchangining shilimshiq pardasining
ahamiyati nimada?
Tanani siljishini еngillashtiradi 12.
Yomg’ir chuvalchangining tana bo’shlig’i qanday
tuzilgan?
Suyuqlik bilan to’lgan, yupqa to’siqlar bilan alohida bo’lmalarga ajralgan, ichki yuzasi bir qavat hujayralar bilan qoplangan. 13.
Tana bo’shlig’i bo’lmalarining soni nimaga tеng?
Tana halqalari soniga .
14.
Yomg’ir chuvalchangining nеrv sistеmasi qanday
qismlardan iborat?
Halqum ust i va halqum osti nеrv tugunlaridan, qorin nеrv zanjiridan hamda ulardan chiqadigan nеrv tolalaridan iborat. 15.
Qorin nеrv zanjiri qanday joylashgan?