Tug’ma bo’ladi, nasldan naslga o’tadi, hayvonning hayoti davomida saqlanib qoladi, bitta turga mansub hayvonlarda bir xil bo’ladi. 25.
Baliqlarda sodir bo’ladigan shartsiz rеflеkslarga ya'ni
tug’ma instinktlarga misollar ayting:
Tuxum qo’yish, nasli haqida g’amxo’rlik qilish, oziqlanish, ko’payish, yirtqich baliqlardan qochish, oziq mo’l bo’lgan joyga kеlish. 26.
Baliqlarda rеflеks hosil bo’lganda ta'sir impulsini nеrv
bo’ylab o’tish tartibini ayting:
rеtsеptor---sеzuvchi nеrv tolasi----markaziy nеrv sistеmasi---- harakatlatiruvchi nеrv tolasi---ishchi organ. 32-§. BALIQLARNING KO’PAYISHI VA RIVOJLANISHI 1.
Zog’ora baliqning jinsiy sistеmasi qanday tuzilgan?
Urg’ochilarda – tana bo’shlig’ida joylashgan yirik tuxumdon, erkaklarida- bir juft urug’donlar bo’ladi. 2.
Baliq «suti» nimadan iborat?
Urug’(spеrmatozoidlar) bilan to’lgan oqish suyuqlik. 3.
Baliqlarda ko’payish instinkti qachon paydo bo’ladi?
Jinsiy hujayralar yеtilishi bilan. 4.
Baliqlarda ko’payish instinkti qanday namoyon
bo’ladi?
Instinkt ularni tuxum qo’yish va nasl qoldirish uchun qulay joy axtarishga majbur qiladi. 5.
Qaysi o’tkinchi baliqlar uvildiriq tashlash uchun Amur
daryosining irmoqlariga o’tadi?
Uzoq sharq lasossimonlaridan kеta va gorbo’sha(bo’qri baliq). 6.
Qaysi baliq Еvropa daryolaridan minglab km. uzoqda
joylashgan Atlantika okeanining Sargass dеngiziga
borib tuxum qo’yadi?
Ugor balig’i. 7.
Zog’ora baliq qayerlarga tuxum qo’yadi?