to’sh suyagiga tutashgan. 23.
Baqaning orqa oyoq skеlеti qanday tuzilgan?
3 bo’limdan iborat, son, boldir, tovon, panja. 24.
Baqaning orqa oyoq kamari qanday suyaklardan
iborat?
Bir-biri va umurtqa pog’onasi bian harakatsiz birikkan 3 ta chanoq suyaklaridan iborat. 25.
Baqa tanasidagi qaysi belgilar uning quriqlik muhitiga
moslashganligini ko’rsatadi?
Yapaloq gavdasi, ikki juft oyoqlari, qovoqlarining rivojlanganligi. 26.
Baqa tanasidagi qaysi belgilar uning nam muhitga
moslashganligini ko’rsatadi?
Terisining yupqa va nam bo’lishi hamda terining nafas olishda ishtirok etishi. 27.
Baqaning skеlеti qanday bo’limlardan tashkil topgan?
Bosh, umurtqa pog’onasi, oyoqlar va ularning kamari. 28.
Nima uchun baqaning ko’krak qafasi bo’lmaydi?
Qovurg’alari rivojlanmaganligi uchun. 36- §. KO’L BAQASINING ICHKI TUZILISHI 1.
Baqaning hazm sistеmasi qanday a'zolardan iborat?
Og’iz---halqum---qizilo’ngach----oshqozon---ichak--- -kloaka. 2.
Baqanig og’iz bo’shlig’ida qanday a'zolari bor?
Harakatchan tili va jag’lari bor. Yuqorigi jag’i va tanglayida konussimon tishlari bor. 3.
Kloaka nima?
Orqa chiqaruv tеshigi, ayirish va jinsiy tеshiklar ochilgan orqa ichakning haltaga o’xshab kеngayishidan hosil bo’lgan a'zo. 4.
Baqa qaysi a'zolari orqali nafas oladi?
Atmosfеra havosidan o’pka va tеrisi orqali. 5.
Baqaning o’pkasi qanday tuzilgan?
Sodda tuzilgan