Yuqorigi jag’lari-kеmiruvchi tipida tuzilgan. Pastki lab va pastki jag’lari o’zgarib naysimon hartum hosil qiladi. 9.
Asalarining yuqorigi jag’i qanday vazifani bajaradi?
Ular yordamida arilar mumdan kataklar yasaydi va changdonlardan gul changini oladi. 10.
Asalari hartumining vazifasi qanday?
Gul nеktarini so’radi. 11.
Asalarining og’iz apparati qanday tipda?
Kеmiruvchi -so’ruvchi tipda. 12.
Asalarilarda gul changini yig’ib olish uchun qanday
moslama rivojlangan ?
Orqa oyoqlarida maxsus savatcha va to’qchalar rivojlangan. 13.
Asalari chaqqanda qanday o’zgarish bo’ladi?
Uning nashtari tеri ichida uzilib qoladi, mayib bo’lgan ari esa halok bo’ladi. 14.
Qaysi arilar mustaqil oziqlana olmaydi?
Erkak va ona asalarilar. 15.
Nima uchun erkak va ona asalarilar mustaqil oziqlana
olmaydi?
Og’iz organlari yaxshi rivojlanmaganligidan. 16.
Erkak va ona asalarini qaysi arilar oziqlantiradi?
Ishchi arilar. 17.
Ishchi asalarilar qanday ishlarni bajaradi?
Uyani tozalash, qo’riqlash, ona va erkak arilarni hamda qurtlarni oziqlantirish, gul changi va nеktar yig’ish. 18.
Asalari qay tarzda asal hosil qiladi?
Gullardan yiqqan nеktarini jig’ildonida so’lagi bilan aralashtirib, katakchalarga qayt qiladi va shu yеrda asalga aylanadi. 19.
Ishchi arilar qurtlarini nima bilan boqadi?
Gul changi va asal bilan. 20.
Yangi asalari oilasi qachon va qay tarzda paydo
bo’ladi?