pufakni to’ldiradi, gazlar suvdan yеngil bo’lganligi tufayli baliqlar yuqoriga ko’tariladi. 60.
Baliqlarning suv tubiga to’shishi qanday amalga
oshiriladi?
Pufakdagi gazlar ingichka naylar orqali ichakka, undan og’iz bo’shlig’iga va jabra yoriqlari orqali suvga chiqib kеtadi, tanasi og’irlashgan baliq suv tubiga to’shadi. 61.
Qachon baliq muayyan chuqurlikda muallaq turadi?
Suzgich pufagining hajmi o’zgarmasa 62.
Baliq tanasidagi qanday moslamalar suv qarshiligini
yengishga yordam beradi?
Gavdasining suyri shaklda bo’lishi, ikki yon tomondan yassilashganligi, boshining tanasiga harakatsiz qo’shilganligi, terisining shilimshiq modda bilan qoplanganligi. 30-§. BALIQLARNING ICHKI TUZILISHI 1.
Zog’ora baliq nimalar bilan oziqlanadi?
Mayda umurtqasiz hayvonlar, tuban suv o’tlari, yashil o’simliklarning yosh novdalari va barglari bilan. 2.
Zog’ora baliqning hazm qilish sistemasi qaysi
organlardan iborat?
Og’iz bo’shlig’I, halqum, qizilo’ngach va ichakdan. 3.
Zog’ora baliqning halqumida nimalar joylashgan?
Uch qator tishlar. 4.
Zog’ora baliqning oshqozoni bo’lmaydi, qaysi azosi
oshqozon vazifasini bajaradi?
Ichakning oldingi qismi. 5.
Zog’ora baliqning ichak bo’shlig’iga qanday
suyuqliklar ajraladi?
Oshqozon bezining hazm shirasi va jigarning o’t suyuqligi. 6.
Zog’ora baliqning nafas olish sistemasi nimalardan
iborat?
Jabralardan. 7.
Baliq jabralari nimalardan iborat?