Yig‘lamoqdan beri boldi - yigiab yuborish darajasiga yetdi Yodida qoldi -xotirasida saqlanib qoldi Yodidan ko tarildi - unutdi Yodidan chiqdi - unutdi Yodiga keldi - 1) xotirasida tiklandi; 2) o‘yladi, idrok qildi Yodiga soldi - 1) xotirasida tikladi; 2) unutilayozganni eslatdi Yodiga tushdi - xotirasida tikladi Yomon ko‘radi - 1) sevmaydi, izzat- hurmat qilmaydi; 2) yoqtirmaydi Yon bosdi - yoqladi Yon berdi - ustun bo’lishiga yo’l qo‘ydi Yonini oldi - bahslashuvda tomonlar- dan birini himoya qildi Yoqasini ushladi - nihoyat darajada ajablandi Yostiqdan bosh ko‘tardi - yotib qol- gan xastalikdan keyin sog‘aya bosh- ladi Yostig‘ini quritdi - butun o’llasi bilan o’ldirib yubordi Yog‘ tushsa, yalagudek - nihoyat darajada toza Yulduzi issiq - xush ko’rinishli, yoqim- li, jozibador Yulduzi yulduziga to‘g‘ri keldi - bir- biriga mos bo’ldi Yulduzni benarvon uradigan - har qanday ishni abjirlik bilan bajaradigan Yumilgan ko‘z - qazo qilgan, o’lgan Yumshoq ko‘ngi! - ko‘ngilchan, rahm- dil Yuqori keldi - pisand qilmadi Yuragi orqasiga tortib ketdi - bir lah- za ich-ichidan qo‘rqish aralash qattiq hayajonlandi Yuragi xira - tashvishli, bezovta, notinch Yuragi g‘ash - tashvishli, bezovta, notinch Yuragi g‘ashlandi - tashvishli, bezov- ta, notinch bo’ldi Yuragi achidi - 1) ayab kuyindi; 2) achinib kuyindi Yuragi betlamadi - nimadandir xavf- sirab, biror ishga jazm qila olmaydi Yuragi daryo - hovliqmasdan, shosh- masdan ish tutadigan Yuragi dov bermadi - cho chib botina olmaydi Yuragi ezildi - ruhan azoblandi Yuragi keng - hovliqmasdan, shosh- masdan ish tutadigan Yuragi ko‘tarmaydi - 1) yana yeb-icha olmaydi; 2) yoqtirmaydi Yuragi pok - yaxshi niyatli, boshqalar- ga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan Yuragi po killadi - biror yoqimsiz ish- ning voqe bolishidan hadiksiradi Yuragi qinidan chiqayozdi - 1) beto- qat boldi; 2) sevinchdan kuchli to’lqinlandi Yuragi qon - g‘am-alamli, g‘am-alam- da Yuragi qon boldi - 1) ziq bo’ldi; 2) ru- han azoblandi Yuragi qoq yorila yozdi - sevinib, juda kuchli hayajonlandi Yuragi qora - garazgo‘y, buzuq niyatli Yuragi sof- yaxshi niyatli, boshqalar- ga yomonlikni ravo ko'rmaydigan Yuragi taka-puka bo‘ldi - ruhan notinch, bezovta Yuragi tars yorilib keta yozdi - sabr- chidami tugab, xunob bo’lib ketdi Yuragi toza - yaxshi niyatli, boshqalar- ga yomonlikni ravo ko‘rmaydigan Yuragi tosh - rahm-shafqati yo‘q Yuragi toshdi - kechinmalari ichiga sig‘may, kimgadir aytish ehtiyoji tug‘ildi Yuragi xun boldi - 1) ziq bo’ldi; 2) ru- han azoblandi Yuragi yorishdi - ko‘nglidagi g‘ashlik tarqadi Yuragi o‘ynadi - 1) yurak urishi odat- dagidan ko‘ra tezlashdi; 2) qalbi haya- jonga to’ldi Yuragi shig‘ etib ketdi - bir lahza ich- ichidan qo‘rqish aralash hayajonlandi Yuragi shuv etdi - bir lahza ich- ichidan qo’rqish aralash hayajonlandi Yuragi chiqib ketdi - bir lahzada kuchli hayajonlanish bilan qattiq qo‘rqib ketdi Yuragida kiri yo‘q - kek saqlamaydi- gan, g‘arazi yo‘q Yuragidan sidirib tashladi - uzil-kesil unutdi Yuragidan urdi - o‘ziga shaydo qilib oldi Yuragidan chiqardi - 1) butkul unutib yubordi, o‘ylamay, eslamay qo‘ydi; 2) ko‘nglidagi g‘uborni tarqatdi; 3) o‘z roziligi bilan berishni ma’qul ko‘rdi Yuragiga qil sig‘maydi - juda qattiq tajang bo’lib, ruhan ezilib, hech narsa bilan mashg‘ul bo’lolmaydi Yuragiga qo‘I soldi - eng yashirin fikr- o‘yini bilishga harakat qildi Yuragiga sig‘armidi?! - diqqatlik, xa- falik tufayli mashg‘ul bo’lolmaslik Yuragiga sig‘maslik - diqqatlik, xafa- lik tufayli mashg‘ul bo’lolmaslik Yuragiga tugdi - 1) o‘rni kelganda aytishni mo’ljallab qo‘ydi; 2) ahd qildi; fikran belgilab qo‘ydi; 4) unutmay ichda saqladi Yuragiga vahima soldi - kuchli dara- jada qo’rqish hissini uyg‘otdi Yuragiga g‘ulg‘ula soldi - bezovta qilib qo‘ydi Yuragini bo‘shatdi - ichida yigilib qol- gan hasrat-nadomatini aytib, yigiab, ruhan yengillashib oldi Yuragini ezdi - ruhan azoblandi Yuragini hovuchlab - biror falokatning voqe bo’lishidan benihoya qo’rqqan holda
Yuragini olib qo‘ydi - bezillatib qo ydi Yuragini ochdi - ichidagi istak yoki dardini aytdi Yuraginf siqdi - ziq qildi Yuragini tirnadi - yashirin holda ruhan bezovta qildi Yuragini yordi I - qattiq cho‘chitib qo‘rqitdi Yuragini yordi II - ichidagi istak yoki dardini aytdi Yuragini yozdi - xafachiligini tarqatdi Yuragini changallagancha - biror fa- lokatning voqe bo’lishidan benihoya qo‘rqqan holda Yuragining bir chekkasi g‘ash - tash- vishli , bezovta, notinch Yuragining chigili yozildi - xafachiligi tarqadi Yurak-bag‘ri ezildi - ruhan azoblandi Yurak-bag‘ri qon bo‘ldi - 1) ziq bo’ldi; ruhan azoblandi Yurakka sig‘armidi?! - diqqatlik, xa- falik tufayli mashg‘ul bo’lolmaslik Yuz ko‘rmas boldi - aloqani butunlay uzdi
Yuz o‘girdi - 1) boshini burib qaradi; qaramaslsk uchun boshini boshqa tomonga burdi; 3) aloqani uzdi Yuzaga chiqdi - 1) ko’ngildagi istak- rejalar voqelikka aylandi; 2) moddiy- ma’naviy ojizlikdan xalos bo’ldi Yuzi yorug‘- uyaladigan joyi yo‘q, ol- qishlashga loyiq Yuzi shamgin boldi - uyatli holatga tushdi
Yuzi shuvut - uyatli holatda Yuzi chidamadi - andisha qildi, nomus qildi Yuzi chidaydi - nomus qilmaydi, uyal- maydi, andisha qilmaydi Yuzidan o‘ta olmaydi - biror ishni qil- ishga kimningdir ra’yi, xohishi bilan hisoblashdi Yuziga oyoq qo‘ydi - behurmat qilish darajasida hisoblashmaydi Yuziga soldi - aybli deb qaralgan kish- ining o‘ziga shu haqda kesatib, achitib gapirdi Yuzini ochib yubordi - uyalmaydigan qildi Yuzini ters burdi - qaramaslik uchun boshini boshqa tomonga burdi Yuzini teskari o‘girdi - qaramaslik uchun boshini boshqa tomonga burdi Yuzini yerga qaratdi - uyat-nomusdan bosh ko’tara olmaydigan holatga tushirdi Yo‘l berdi - 1) o‘zi chetlanib, boshqan- ing o‘tishiga imkon berdi 2) monelik qilmadi Yo‘l bo‘lsin - 1) qayerga ketyapsiz, qayerga bormoqchisiz? (so‘rash); 2) Qayoqda! (biror ishni) qila olarmidi?! Yo‘l ko‘rsatdi - nima qilish lozimligi haqida maslahat berdi Yo‘l oldi - jo nadi Yo‘l qo‘ydi - voqe bo’lishiga imkon berdi Yo‘l soldi - yo‘naldi Yo’ldan ozdi - yomon yo’lga kirdi, ay- nidi Yo’ldan ozdirdi - yomon yo’lga boshla- di aynitdi Yo’ldan urdi - yomon yo’lga boshladi, aynitdi Yo’ldan chiqardi - yomon yo’lga boshladi, aynitdi Yo’lga qo‘ydi - faoliyatini yaxshiladi Yo’lga soldi - 1) ketish tomoniga to‘g‘irlab, yurgizdi; 2)to‘g‘ri yo’lga qay- tardi; 3) manfaatdor bo’lgani holda biror ishga rag‘batlantirdi 4)faoliyatini yaxshiladi Yo’lga tushdi - 1) jo‘nadi, keta boshla- di 2) to‘g‘ri yo’lga qaytdi Yo’lga chiqdi - jo‘nab ketdi, ravona bo’ldi Yo’liga ko‘z tutdi - kelib qolar degan umidda kutdi Yo’l-yo‘riq ko‘rsatdi - nima qilish loz- imligi haqida maslahat berdi Yo‘q yerdagi - hech kim bilmaydigan, hech kimning xayoliga kelmaydigan, bo‘lmag‘ur Yo‘qni yo‘ndirdi - qancha mashaqqat bilan bo’lsa ham, bunyod qildi