Abu abdulloh al-xorazmiyning hayoti va ilmiy faoliyati


Abu Abdulloh Al-Xorazmiy (997 yilda vafot etgan)



Yüklə 193,5 Kb.
səhifə2/10
tarix17.05.2023
ölçüsü193,5 Kb.
#115638
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Abu abdulloh al-xorazmiyning hayoti va ilmiy faoliyati

Abu Abdulloh Al-Xorazmiy (997 yilda vafot etgan)

O’z qomusiy ijodi bilan Sharq o’rta asr madaniyatini yuksak cho’qilar sari ko’tarishda munosib hissa ko’shgan ulug’ allomalardan yana biri Abu Abdulloh Muhammad ibn Axmad ibn Yusuf al-Xorazmiydir. Allomaning hayotiy faoliyatiga oid ma'lumotlar dеyarli saqlanmagan. Abu Abdulloh Xorazmiyning qachon, qayerda tugilganligi to’g’risida hеch qanday ma'lumot yo`q,. Faqat 997 yilda vafot qilganligi ma'lum xolos. Ulug’ mutafakkir yoshlik yillarini Xiva, Zamaxshar, Kat kabi shaharlarda o’tkazgan. Xurosonda ham yashagan. Olim faoliyatining mashhurligi vazir Abul Hasan Ulutbiy huzurida kotiblik lavozimida ishlagan paytiga to’g’ri kеladi. Bu davrda alloma «Al-kotib al-Xorazmiy» nomi bilan shuhrat topdi. U vazifa nuqtai nazaridan Buxoroga tеz-tеz borib turgan va u yerda mashhur ilm namoyandalari bilan uchrashib turgan bo’lishi yehtimoldan uzoq emas.


Abu Abdulloh Xorazmiyning ilmiy dunyoqarashi o’sha davrda kеng tarqalgan yunon falsafasi va madaniyati, Sharq madaniyatining buyuk namoyandalari Yoqub ibn Ishoq al-Kindiy, Abu Nasr al-Forobiy, Abu Bakr ar-Roziy va boshqalarning ilg’or g’oyalari ta'siri ostida shakllandi va kamol topdi. Ulug’ allomadan bizgacha arab tilida yozilgan yagona «Mafotih al-Ulum» («Ilmlar kaliti») asari etib kеlgan, xolos. Bu asarning ko’lyozma nusxalari ko’p emas. Yaqin-yaqinlargacha uning faqat to’rttagina nusxasi borligi yozma axborotlarda ma'lum qilingan. Ana shu to’rt nusxaning uchtasi Buyuk Britaniyadagi muzеyda 7528,23429 va 2524 raqamlari hamda 1051 raqami ostida Bеrlin kutubxonasida saqlanadi. 60-yillarga kеlib amriqolik olim K. Bosvort Turkiya kutubxonalarida mazkur asarning yana olti nusxasi borligini aniqladi. Bu asarning barcha olti nusxasi ham Istambul shahrining kutubxonalaridan joy olgan. Bir nusxasi Fotih Milliy kutubxonasida 2047 raqami, Nuri Usmoniya kutubxonasida 3667 raqami va to’rt nusxasi Sulaymoniya xalq kutubxonasida 2911, 329, 3758 va 791 raqamlari ostida saqlanadi.
Abu Abdulloh Xorazmiyning ushbu asarini 1160 yildagi ko’lyozma nusxasi asosida birinchi o’rgangan va uning aniqlangan matnini matbuotda 1895 yilda nashr qilgan olim — golland sharqshunosi Van Flotеndir. Rus akadеmigi I. Yu. Krachkovskiy bu asarni 976 va 991 yillar oralig’ida yaratilgan dеb hisoblaydi. Dunyodagi juda ko’p olimlar «Mafotih al-ulum» asarini qomusiy asar sifatida baholab, unga juda katta e'tibor bеrganlar. Bu asar shu paytga qadar H. Hadyujam-tomonidan faqat fors tiliga to’liq tarjima qilingan, boshqa tillarga esa uning faqat ayrim bo’lim yoki boblari ag’darilgan xolos (ingliz, fransuz, nеmis, rus va boshqa tillarda). Ammo vatandoshimizning butun jahon tan olib qiziqib o’rganayotgan bu qimmatbaho asari uning o’z yurtida shu kunga qadar ham o’zbеk tiliga tarjima qilinmaganligi achinarli holdir.
Abu Abdulloh al-Xorazmiyning «Ilmlar kaliti»da o’sha davrdagi dеyarli hamma asosiy fanlar bo’yicha fikr yuritiladi. I. Yu. Krachkovskiyning fikricha, bu asar o’sha davr «bilimlarining barcha sohalarini o’z ichiga oluvchi izohli tеrminologik lug’atdir». Mutafakkir o’z davri an'analariga ko’ra ilmlarni ikki qismga bo’lib tеkshiradi. Birinchi qism shariat va u bilan bog’liq bo’lgan arab ilm-lari va ikkinchi qism — arab bo’lmagan, ya'ni yunonlar va boshqa halqlar ilmlari. Arab ilmlari qismiga mutafakkir: o`n bir bobdan iborat fiqx, yеtti bobdan iborat kalom, o`n ikki bobdan iborat grammatika (sarf va nahv), sakkiz bobdan iborat ish yurgizish, bеsh bobdan iborat shе'riyat va aruz, to`qqiz bobdan iborat tarixni kiritadi. Ikkinchi qismga, ya'ni «arab bo`lmagan» xalklar ilmlariga olim: uch bobdan iborat falsafa, to`qqiz bobdan iborat mantiq, sakkiz bobdan iborat tib, bеsh bobdan iborat arifmеtika, to’rt bobdan iborat xandasa, to’rt bobdan iborat ilmu-nujum, uch bobdan iborat musiqa, ikki bobdan iborat mе­xanika va uch bobdan iborat kimyoni kiritadi. Xulosa shuki, buyuk olim va dono mutafakkir Abu Abdulloh al-Xorazmiy halqimizning iftixoridir. Uning shu paytga qadar o`rganilmagan va ilmiy tahlil etilmagan boy ijodiy mеrosini chuqur va atroflicha o`rganib, uni umumhalq e'tiboriga xavola etish O`zbеkiston ilmiy jamoatchi-ligining birinchi darajali vazifasidir.
KIRISH


Insoniyat tarixida o‘z jamiyatining ilg‘or kishilarini o‘zida birlashtirgan ko‘plab fanlar akademiyalari mavjud bo‘lgan. Millodan avvalgi IV asrgacha Afinada ish olib borgan Platon akademiyasi, 819–860 yillarda Bag‘dodda faoliyat ko‘rsatgan Baytul hikma (Donishmandlar uyi) va 1004–1017-yillardagi Xorazm Ma’mun akademiyalari jahon ilm-fani uchun yorqin iz qoldira olgan buyuk siymolarni yetishtirib berdi.
 
“Ma’naviyatimizning buyuk siymolari” nomli loyihamizning navbatdagi ilm ahllaridan yana biri Abu Abdulloh al-Xorazmiydir. U ulug‘ zotning to‘liq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Yusuf al-Xorazmiy. Tug‘ilgan yili haqida ma’lumotlar saqlanib qolmagan. Olim 997-yilda vafot etgan. Abu Abdulloh al-Xorazmiyning yoshligi Xiva, Zamaxshar va Qiyot shaharlarida o‘tgan.



Abu Abdulloh al-Xorazmiy mashhurlik davri somoniylar amiri Nuh ibn Mansurning vaziri Abul Hasan al-Utbiy huzurida kotib bo‘lib xizmat qilgan davrida cho‘qqisiga chiqqan. Shu vazifasi tufayli u “al-kitob al-Xorazmiy” nomi bilan ham tanilgan. O‘z xizmat vazifalari yuzasidan Buxoroga tez-tez borib turgan va ko‘pgina allomalar bilan hamsuhbat bo‘lgan.
 
Abu Abdulloh Xorazmiyning bizgacha yetib kelgan, ko‘pchilik asarlari singari o‘sha davrning ilm tili – arab tilida bitilgan, yagona ma’lum asari – “Mafotih al-ulum”(“Ilmlar kaliti”)dir. Qo‘lyozma nusxalari juda ko‘p emas. Yaqin-yaqingacha to‘rt nusxasi bor deb hisoblanar edi. Uchtasi Buyuk Britaniya muzeyida hamda Berlin kutubxonasida saqlanadi. XX asrning 60-yillarida ushbu asarning yana olti nusxasi Istanbul kutubxonalarida borligi aniqlandi.



 
“Mafotih al-ulum”(“Ilmlar kaliti”) o‘ziga xos qomusiy asar bo‘lib, o‘sha davrdagi deyarli hamma asosiy fan sohalarini o‘z ichiga qamrab olgan. Abu Abdulloh al-Xorazmiy asarida har bir ilm mazmunini sharhlab beradi. Ularning tasnifi quyidagicha:
Shariat va u bilan bog‘liq ilmlar:
– fiqh, ya’ni musulmon huquqshunosligi;
– kalom, ya’ni din asoslari;
– grammatika;
– ish yuritish;
– she’riyat va aruz;
– tarix.
 
Nazariy falsafa:
– tabiiy ilmlar – tibbiyot (tib, samoviy hodisalar – meteorologiya, mineralogiya, al-kimyo, mexanika) – quyi;
– riyoziyot ilmlari (arifmetika, handasa, ilm an-nujum, musiqa) – o‘rtacha;
– ilohiy, ya’ni metafizika – oliy ilm;
– mantiq.
 
Amaliy falsafa:
– axloq – etika (odamni boshqarish);
– uyshunoslik (uyni boshqarish);
– siyosat (shaharni, mamlakatni boshqarish).
 
Abu Abdulloh Xorazmiy o‘z tasnifida o‘sha davr an’anasi, ya’ni ilmlarni ikkiga bo‘lishni qo‘llab-quvvatlab, an’anaviy (shar’iy) va an’anaviy bo‘lmagan (falsafiy)larga ajratadi. Asardagi an’anaviy ilmlardan biri, fiqhda muallif islom qonunshunosligining asosi bo‘lgan va islom huquqi posbonining doimiy dasturi Qur’on, payg‘ambar so‘zlari, hikmatli gaplari va hayotlarini aks ettiruvchi sunnat, hadis va uning xillari; ijmo – islom jamoasining yakdillik bilan tan olgan qarori; shariat qonun-qoidalariga amal qilishni, ya’ni tahorat qilish, namoz o‘qish, azon aytish, ro‘za tutish, zakot to‘lash ustida to‘xtalib o‘tadi.
Arab adabiy tili grammatikasi, uning qonun-qoidalari grammatika bo‘limida bayon etilgan. Ayni paytda, muallif arab she’riyati va uning tarkibiy qismlaridan bo‘lgan aruz ustida ham mufassal to‘xtalib o‘tgan. Ish yurgizish bo‘limi davlat devoni, soliq turlari va olinishi, soliq yig‘uvchilarning vazifalari, askarlar ro‘yxati, ularning kiyim-kechagi va to‘lanadigan maoshlari, irrigatsiya shahobchalarida foydalaniladigan atamalar, kanal xillari, suv uskunalari, ikki daryo (Sirdaryo va Amudaryo) oralig‘idagi sug‘orish tizimlari haqidagi ma’lumotlarni yoritib berishi bilan muhimdir.
Asarning tarix bo‘limida afsonaviy podshohlardan boshlab, tartib bilan turli davr va mamlakatlar maliklari, umaviylar va abbosiylar xalifaligi, islomgacha bo‘lgan davrdagi Yaman tarixi, Rum va yunon tarixi haqida mufassal ma’lumotlar keltirilgan. O‘rta asrlarda odamlar jamoasini tabaqalarga bo‘linishi ham shu bo‘limda zikr etiladi. Muallif o‘z asaridagi an’anaviy bo‘lmagan ilmlar qatorida birinchi bo‘lib falsafa qayd etilib, unda ushbu ilm atamalarining sharhi bilan bir qatorda ilmlar tasnifi masalasi yoritilgan.
“Mafotih al-ulum” asarining tabiiy ilmlarga oid bo‘limlari o‘rta asr Sharqida ilmiy yuksalish darajasini o‘rganish nuqtayi nazaridan nihoyatda ma’lumotlarga boydir. Tibga oid bo‘limda kasalliklar, sodda va murakkab dorilar haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Ushbu bo‘limda o‘sha davr tabobatida ma’lum bo‘lgan va keng tarqalgan mijoz hamda qon tomiri urishiga qarab kasallikni aniqlash to‘g‘risidagi nodir tavsiflar berilgan.
Asarning riyoziyot bo‘limida o‘rta asr Sharqidagi matematik ilmlar holati bayon etiladi. Xorazmiy matematik tushunchani aqlning ixtiyoriy ijodi emas, balki obyektiv olamning ma’lum tomonlari, predmet munosabatlarining in’ikosi deb talqin etadi. Buyuk olimning o‘z davri tabiiy va riyoziyot ilmlarini yaxshi bilgani, ularni nazariy falsafaga kiritish bilan bir tomondan, ularning ahamiyatini oshirish va ta’kidlash, ikkinchi tomondan, falsafani boyitishga intilgani ifodasini topgan.
Abu Abdulloh Xorazmiyning “Mafotih al-ulum” asari o‘zining barcha ilmlarni va ma’naviy jarayonlarini o‘zida qamrab olgan yirik asarlardan biri ekani bilan ajralib turadi.
 

Yüklə 193,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin