Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiyning didaktik g’oyalari. Abu Nasr Farobiyning pedogogik qarashlari. Abu Rayhon Beruniyning pedogogik qarashlari. Reja
Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso Al-Xorazmiyning didaktik g’oyalari. Abu Nasr Farobiyning pedogogik qarashlari. Abu Rayhon Beruniyning pedogogik qarashlari.
Asarlari: «Al jabr va al-muqobala», «Hind arifmetikasi xaqida kitob», «Er satxini o’lchash», «Quyosh soatlari to’g’risida», «Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash» va boshqalar.
Didaktik qarashlari:
Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muxim hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib, induktsiya, deduktsiya, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi.
U birinchi marta insonlar o’rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi.
Hindlarning o’nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi.
Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik jadvallar tuzdi.
Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar
Asarlari: «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida», «Fozil odamlar shahri», «Aql ma’nolari haqida», «Shaharni o’rganish haqida» va boshqalar.
Pedagogik qarashlari:
Forobiy birinchi bo’lib ta’lim va tarbiyaga ta’rif bergan olimdir: Ta’lim – so’z va o’rganish bilangina amalga oshiriladi. Tarbiya – esa amaliyot, ish-tajriba bilan amalga oshiriladi.
Ta’lim-tarbiya ikki yo’l bilan amalga oshiriladi: qanoatbaxsh, ilxomlantiruvchi so’zlar va majbur etish.
Har kimki ilm, hikmatni desa, uni yoshligidan boshlasin, so’zining ustidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo’lsin, hiyonat, makr va hiylalardan uzoq bo’lsin, diyonatli bo’lsin, ilm va ahli ilmdan mol-dunyosini ayamasin.
4. Inson yaxshi tarbiya ko’rmagan va turmushda yaxshi tajriba orttirmagan bo’lsa, u ko’p narsalarni nazarga ilmay va ulardan jirkanadi. Bunday narsalar unga noo’rin bo’lib ko’ringan narsalar zaruriy bo’lib chiqadi.