2
Абу Али ибн Синo (Авиценна) (980 – 1037)
3
Mavzu: Abu Ali ibn Sinoning тиббиёт fani rivojiga qo`shgan
hissasi.
REJA
Kirish.
I Bob: Abu Ali ibn Sinoning hayoti va ijodi.
1.1. Abu Ali ibn Sinoning ilmiy ijodi va ilmiy dunyo qarashlari.
1.2. Abu Ali ibn Sinoning tabobat rivojiga qo`shgan
ulkan
hissasi.
II. Bob. Abu Ali ibn Sinoning odam anatomiyasi fani rivojiga
qo`shgan
ulkan
hissasi.
2.1. Abu Ali ibn Sinoning suyaklar, mushaklar va bo`g`imlar
anatomiyasiga qo`shgan hissasi.
2.2. Abu Ali ibn Sinoning ichki a`zolar anatomiyasiga qo`shgan
hissasi.
4
Kirish
Anatomiya fani boshqa fanlar singari juda uzoq rivojlanish yo`lini bosib o`tgan.
Qadimda odam murdasini kesib o`rganish gunoh hisoblanib, unga intilganlar esa hatto
o`lim jazosiga ham hukm etilgan. Aslida odam organizmini o`rganish ilmiy tibbiyot
davridan ancha keyinroq boshlangan.
Anatomiya fanining haqiqiy rivojlanishi qadimgi yunonistondan boshlangan.
O`sha davrda Kos va Knidos tibbiyot maktablari tashkil etilib, unda ko`pchilik yunon
olimlari Pifagor, Alkmeon, Gippokrat, Aristotel, Gerofil, Erazistrat, Galen kabilar
tahsil olib buyuklikka erishgan. Ular tibbiyot, odam organizmi tuzilishi va organlar
ishlashiga qiziqib ulkan yutuqlarga erishdi shu bilan birga tibbiyot hamda
tabiatshunoslik fanlari xususan anatomiya fani rivojiga katta hissa qo`shdilar.
Yillar mobaynida tibbiyot va tabiatshunoslik fanlar rivojlanib bordi. Bu fanlarning
rivojlanishiga O`rta Osiyolik vatandoshlarimizdan Abu Ali ibn Sino, Beruniy, Farobiy,
kabi olimlarining ham hissasi yuqori edi. Buyuk allomalarimiz qoldirgan noyob asarlari
hanuzgacha dunyoning turli chekkalarida darslik sifatida foydalanilib kelinmoqda.
Buyuk alloma Abu Ali ibn Sino xususan anatomiya fani rivojiga katta yangiliklar
qilib, qimmatli va boy meroslarni qoldirgan. U o`z hayoti ijodi davomida odam
organizmini chuqur organishi natijasida organizmdagi barch tizimlar tuzilishini
o`rgangan. Abu Ali ibn Sino asosan suyaklar tuzilishi va shakllarini, bo`g`imlar,
mushaklar, asab tolalari qon tomirlari hamda sezgi a`zolarining tuzilishini chuqur
o`rgangan.
Hozirda zamonaviy fan taraqqiyoti isbotlagan ta`riflarni, buyuk alloma Abu Ali ibn
Sino o`z ijodi davomida aniqlab yozib qoldirgan.
5
I. Bob. Abu Ali Ibn Sinoning hayoti va ijodi
Ibn Sino jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan buyuk
siymolardan bo‟lib, uning ilmiy ishlari xorazmlik buyuk ensiklopedist olim Abu
Rayhon Beruniy (973-1048) asarlari bilan birgalikda o`sha davr fani taraqqiyotining
eng yuqori cho`qqisini tashkil etadi. Uning to`la ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh
al-Hasan ibn Ali ibn Sino bo‟lib, ko`pincha qisqartirib Abu Ali ibn Sino yoki Ibn Sino
deb yuritiladi.
Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan bo‟lib, Somoniylar amiri Nuh jbn
Mansur (976-997) davrida Buxoroga ko`chib keladi va o`sha atrofdagi Xurmiton
qishlog`iga amaldor etib tayinlanadi. Keyin u Afshona qishlog`ida ham istiqomat qiladi
va shu qishloqlik Sitorabonu ismli qizga uylanadi. Ularning ikki o`g`illari bo‟lib,
shulardan kattasi Husayn edi (Ibn Sinoning bolalikdagi asl ismi shunday bo‟lgan). U
370- hijriy yili safar oyining boshida (ya'ni 980- yil avgust oyining ikkinchi yarmida)
dunyoga keladi.
Husayn 5 yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxt — Buxoroga ko`chib keladi va
uni shu yerda o`qishga beradilar. Ibn Sino avval Qur'on va adab darslarini o`qiydi va 10
yoshga yetar-yetmas bu darslarni to`la o`zlashtirib oladi. Ayni vaqtda u arifmetika va
algebra fanlari bilan ham shug`ullanadi. Bulardan tashqari, uyida Abu Abdulloh an-
Notiliydan mantiq, geometriya va astronomiya fanlaridan saboq oladi.
Shu bilan birga Abu Ali ibn Sino tabiiy fanlar bilan ham jiddiy shug`ullanadi,
xususan tabobatni sevib o`rganadi. U o`zining o`tkir zehni tug`ma iste'dodi va
mehnatsevarligi bilan darslarni tezda o`zlashtirar va hatto muallimlariga noma'lum
narsalarni ham kitobdan mustaqil o`qib-o`rganib olardi. Ayniqsa, tib ilmida u juda tez
kamol topa boshlaydi. „Tib ilmi, — deb yozadi Ibn Sino o`z tarjimai holida, - qiyin
ilmlardan emas, shu sababli qisqa muddat ichida bu fandan juda ilg`orlab ketdim, endi
hatto bilimdon tabiblar ham huzurimga kelib tib ilmidan dars oladigan bo`ldilar.
Bemorlarni ham ko`rib turardim va shu yo`sinda orttirgan tajribalarim natijasida
muolaja eshiklari menga shu qadar keng ochilib ketdiki, uni ta'riflab berish qiyin".
Ibn Sino 17 yoshidayoq Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida dong chiqaradi.
o`sha kezlarda Somoniylar davlatining boshlig`i Nuh ibn Mansur kasal bo`lib, saroy
6
tabiblari uni davolashga ojiz edilar. Buxoroda yangi chiqqan yosh tabibning ovozasi
saroyga ham yetib borgan edi, uni amirni davolashga taklif qiladilar va u davolagach
amir tez fursatda oyoqqa turadi. Buning evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan
foydalanish imkoniyatiga ega bo`ladi. Bu kutubxona o`sha vaqtda butun o`rta va Yaqin
Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Bir necha yil davomida kecha-
kunduz tinmay mutolaa qilish natijasida Ibn Sino o`z bilim doirasini mislsiz darajada
kengaytirdiki, u davrda shu qadar bilimga ega bo`lgan boshqa bir kishini topish mushkil
edi. U o`zining birinchi yirik ilmiy asarlarini ham Buxoroda 1000-1001 - yillarda
yozadi. o`z qo`shnisi va do`sti Abul-Husayn al-Aruziyning iltimosiga ko`ra riyozatdan
boshqa barcha fanlarni o`z ichiga olgan „ Al-hikmat al-aruziya" nomli asarini, boshqa
bir do`sti fiqh va tafsir ilmlarining bilimdoni Abu Bakr al-Barqiy al-Xorazmiyga atab
ensiklopedik maqomga ega bo`lgan 20 jildlik „Al-hosil va 1-maqsul" deb atalgan
asarini yozadi.
999- yili Qoraxoniylar Buxoroni zabt etib Somoniylar davlatini yiqitadilar. Bundan
tashqari, ayrim feodal hukmdorlar orasidagi o`zaro urushlar hamon tinmay davom etar
va bu voqealar Buxoroda tinch va xotirjamlikda ilmiy ishlarni davom ettirishga
imkoniyat bermaydi. Buning ustiga 1002- yili Ibn Sinoning otasi vafot etadi. Oqibatda
Ibn Sino o`z yurti Buxoroni tark etib Xorazm (Urganch) ga ketadi.
Xorazm ham o`rta Osiyoning qadimiy boy va madaniy viloyatlaridan biri bo`lib,
XI asrning boshlarida u yerda ilm-fan ancha rivojlangan edi. Xorazmshohlar Ali ibn
Ma'mun (997-1009) va Ma'mun ibn Ma'mun (1009-1017)lar davrida Urganchda
ko`pgina zamonasining taniqli olimlari yashab ijod etgan edilar. Yirik matematik va
astronom Abu Nasr ibn Iroq (Beruniyning ustozi, 1034- y. vafot etgan), atoqli tabib va
faylasuflar Abu Sahl Masihiy (1010- y. vafot etgan) va Abul-Xayr Xammor (942-
1030), nihoyat buyuk Abu Rayhon Beruniy (973— 1048) shular jumlasidandir
O`z siyosatida ko`proq reaksion yo`l tutgan va har qanday hur fikrni bo`g`uvchi
G‟azna hukmroni Sulton Mahmud (998-1030) Xorazm yerlarini o`z davlatiga qo`shib
olishga harakat qiladi. Unga tobe bo`lishni istamagan Ibn Sino taxminan 1010-1011 -
yillarda Xorazmdan maxfiy ravishda chiqib Xuroson tomon yo`l oladi. Niso, Abivard
(bu shaharlar hozirgi Turkmaniston yerida bo`lgan) va boshqa shaharlarda qisqa vaqt
7
turgandan keyin Kaspiy dengizining janubi-sharqida joylashgan Jurjon amirligiga yetib
keladi. Bu yerda u Abu Ubayd Juzjoniy bilan tanishadi, shundan boshlab bu yigit Ibn
Sinoga eng yaqin va sodiq shogird bo`lib qoladi va ustozining oxirgi nafasigacha undan
ajralmaydi. Juzjoniy Ibn Sinoning to Jurjonga kelgunigacha bo`lgan tarjimai holini
uning o`z og`zidan yozib olgan, ustoz hayotidagi undan keyingi voqealarni ham o`zi
yozib to`ldirgan, shu tufayli biz Ibn Sinoning hayoti va ijodi haqida juda ishonchli
manbaga egamiz.
Ko`p o`tmay Ibn Sino Jurjonda o`zining ilmiy ishlari va tabiblik faoliyatini
boshlab yuboradi. Tabobatga oid mashhur asari „Kitob al-qonun fittibb" („Tib
qonunlari") ning 1 -kitobini va ba'zi bir boshqa asarlarini yozishga kirishadi.
1014- yili Ibn Sino Jurjonni ham tark etadi va bir qancha muddat Ray va Qazvin
shaharlarida turgandan keyin Hamadonga keladi va buvayhiylar hukmdori Shams ud-
Davla (997-1021) xizmatiga kiradi. Avval saroy tabibi bo`lib ishlaydi, so`ngra vazirlik
mansabiga ko`tariladi. Davlat ishlari bilan band bo`lishiga qaramay, ilmiy ishlarni
davom ettiradi va qator asarlar yaratadi, o`zining mashhur falsafiy ensiklopediyasi
„Kitob ash-shifo"ni ham shu yerda yozishga kirishadi.
1023- yili Isfahonga ko`chadi va „Kitob ash-shifo"ning qolgan qismlarini yozishda
davom etadi. Boshqa bir qancha asarlar bilan bir qatorda fors tilidagi falsafiy kitobi
„Donishnoma"ni yozishni yakunlaydi.
Juzjoniyning yozishicha, Ibn Sino jismoniy jihatdan ham juda baquvvat kishi
bo`lgan. Biroq shaharma-shahar darbadarlikda yurish, kechalari uxlamasdan uzluksiz
ishlash va bir necha bor ta'qib ostiga olinib, hatto hibsda yotishlar olimning
salomatligiga ta'sir etmay qolmaydi. U qulanj (kolit) kasalligiga chalinib qolgan edi.
Kasallik zo`raygach, uni tutqanoq ham tutadigan bo`ladi, oqibatda shu darddan u 428-
hijriy yilning ramazon oyida (1037- yilning iyunida) 57 yoshida Hamadonda vafot etdi.
Uning qabri hozirgacha saqlanib qolgan.
8
1.1. Abu Ali ibn Sinoning ilmiy ijodi va ilmiy dunyo qarashlari.
Ibn Sino haqiqiy ensiklopedist olim sifatida o`z davridagi fanlarning deyarli
hammasi bilan muvaffaqiyatli ravishda shug`ullangan va ularga oid ilmiy asarlar
yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan bo`lsa ham,
zamonlar o`tishi bilan ularning ko`pi yo`qolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi yetib
kelgan. Shu 242 dan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga
oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 23 tasi tabiiyot ilmiga, 7 tasi
astronomiyaga, 1 tasi matematikaga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4
tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo`lgan ilmiy yozishmalarga
bag`ishlangan.
Bu asarlarning barchasi olimlar tomonidan bir xilda o`rganilgan va keng ilmiy
jamoatchilikka ma'lum qilingan deya olmaymiz. Ularning ayrimlari jahonning ko`p
tillariga tarjima etilib, asrlar davomida qayta-qayta nashr etilib kelayotgan bo`lsa,
ko`plari hali turli kutubxonalarda qo`lyozma holida o`z tadqiqotchilarini kutib yotibdi.
Olimning bizgacha yetib kelgan umumiy falsafaga oid muhim asarlari quyidagilar:
I. „Kitob ash-shifo" Ibn Sinoning eng yirik falsafiy asari hisoblanadi, uni o`z
davrining ilmiy qomusi desa bo`ladi. Bu asar 4 qismdan iborat: 1) mantiq; 2) tabiiy
fanlar (bu qismda minerallar, o`simliklar, hayvonot olami va insonlar haqida alohida-
alohida bo`limlarda gap yuritiladi); 3) matematika, yani riyoziyot ilmlari (bunda
arifmetika, handasa, astronomiya va musiqa fanlari haqida bahs boradi); 4) metafizika,
yoki ilohiyot. Bu asarning tabiiy fanlar va metafizikaga tegishli qismlari 1887-88- yili
Tehronda toshbosmada nashr etilgan, mantiq qismi esa 1952- yildan boshlab Qohirada
bir necha jildda bosilgan. U biron tilga ham to`la ravishda tarjima etilmagan, faqat
ayrim bo`limlarigina lotin, suryoniy, ibroniy, nemis, ingliz, farang, rus, fors va o`zbek
tillarida nashr etilgan.
II. „Kitob an-najot" („Najot kitobi"). Bu kitobda „Kitob ash shifo`'ning mazmuni
qisqartib bayon etilgan. Uning arabcha matni 1593- y. Rimda, 1913 va - 1933 yillari
Qohirada bosilgan. Ayrim qismlari suryoniy, ibroniy, lotin, nemis, farang va rus
tillariga tarjima qilingan.
III. „Al-ishorat va-tanbihot" („Ishoralar va tanbehlar"). Bu Ibn Sinoning eng
9
so`nggi yirik asari bo`lib, unda olim falsafaning asosiy masalalarini qisqa iboralarda
bayon etgan. Bu asarning arabcha matni Leydenda (1892), Qohirada (1947), Tehronda
(1864), Istanbulda (1873) nashr etilgan. U fransuz (1951) va fors tillarida ham bosilgan
(1937,1954).
IV. „Donishnoma" („Bilim kitobi"). Bu Ibn Sinoning fors dariy tilida yozilgan
falsafiy asarlaridan eng muhimi hisoblanadi. Uning forscha matni Haydarobodda (1891)
va Tehronda (1897,1952) nashr etilgan, 1957- yili Dushanbeda ruscha tarjimasi bosilib
chiqqan.
V. „Tib qonunlari", „Kitob al-qonun fit-tibb". Bu kitob o‟sha davrgacha bo`lgan
tabobat borasidagi eng mukammal qo`llanma hisoblanadi. Bu ensiklopedik kitobda
tibbiyotning hamma sohalari (anatomiya, fiziologiya etiologiyasi (kasalliklar sabablari),
propedevtika (kasallikning belgilari), tashhis qo`yish va davolash, profilaktikasi
(ularning oldini olish) va h. k. bo`yicha ilmiy izlanishlar yoritilgan.
Abu Ali ibn Sinoning ilmiy dunyo qarashlari
Ibn Sino birinchilardan bo`lib tabiiy muhit va inson hayoti o`zaro munosabatlarini
har tomonlama tahlil qilish zaruratini fahmladi. Inson hayoti, uning salomatligi yoki
xastalik holati organizmga tashqi muhit ta'sirini ifodalaydi. Bunday sharoitga ob-havo,
turar joy, yashash joyining xususiyatlari, yil fasllari va ularning o`zgarib turishi va
hokazolar kiradi.
Ibn Sino o`zining mashhur asari „Tib qonunlari" kitobida kishi organizmi holati
sabablarining tasnifini beradi. Bunday sabablari uning fikricha,ovqatlanish, har xil
ichimliklar, havo, suv, mamlakat, turar-joy, kasb, urf-odatlar, tan va ruh harakati,
osoyishtaligi, jins, yosh, hayotda odat tusiga kirmagan hodisalarning yuz berishi va
boshqalardan iboratdir. Organizmning turli ko`rinishda sodir bo`ladigan holatlari
yuqorida aytilgan sharoitlarga bog`liqdir.
Odam organizmi faoliyati uchun muhim bo`lgan omillardan Ibn Sino yashash
joyining geografik va meteorologik xususiyatlari, havosining toza va sofligi, xo`jalikda
ishlatiladigan suvning ahamiyati katta ekanligini alohida ta'kidlaydi. Olim kishi
organizmining turli fiziologik holatlarini ob-havoning o`zgarishiga bog‟laydi.
Meteorologik hodisalarning tez-tez o`zgarib turishi, joylarda ob-havoning beqarorligi,
10
Ibn Sinoni kishi organizmi bilan ob-havo nisbatini o`rganishga undadi.
Muhitga nisbatan organizmning faolligi Ibn Sino tomonidan to`liq o`rganilgan edi.
Organizm faolligi adaptatsiya (moslashish) tushunchasi orqali ifodalanadi. Ibn Sino
ilmiy terminologiyasida „mizoj" tushunchasi organizmning o`ziga xos tabiati sifatida
ishlatiladi. Natijada ko`pincha „bitta sabab turli odamlarda turlicha kasalliklarni, yoki
turli vaqtlarda turli kasalliklarni keltirib chiqargan bo‟ladi. Biror-bir sababning ta'siri
kuchli yoki kuchsiz odamda, ta'sirchan yoki kam ta'sirchan odamda bir xil
bo`lavermaydi Organizmning doim o`zgarish va harakatda bo‟lgan tashqi muhitga
moslashuvi borasida jismoniy mashqlarning ahamiyati kattadir. Ular tufayli organizm
chiniqadi, muhitdagi o`zgarishlarga chidam va bardoshli bo‟ladi. Olim jismoniy
mashqlarni faol (aktiv), o`rtacha va sust (passiv) mashqlar deb tasniflaydi. Jismoniy
mashqlarning faol turlariga, masalan, musht bilan turtishish, kamondan otish, tez
yurish, balandga sakrash, bir oyoqda sakrab yurish, qilichbozlik, otda yurish, qo‟l va
oyoqlarni harakatga keltirish va qator boshqa mashqlar kiradi.
Tashqi muhit omillari keltirib chiqaruvchi sabablar har xil xususiyatga egadir. Bir
xil sabablar kishilar organizmida turli-tuman kasalliklarni paydo qiladi.
Shunday qilib, Sharqning o`rta asr buyuk ensiklopedist olimi va mutafakkiri Ibn
Sino asarlarida tabiatshunoslikning muhim muammolari ilgari surildi. Olim ushbu
muammolarni o`sha davr sharoiti va tabiatshunosligi holati imkoniyatlari darajasidan
bir qancha pog`ona yuqori turgan holda hal qilishga intildi va ko`p hollarda bunga
erishdi.
11
1.2. Abu Ali ibn Sinoning tabobat rivojiga qo`shgan ulkan
hissasi
Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi asosiy merosi „Tib qonunlari" bo`lib, bu kitob
o`sha davrgacha tabobat borasidagi eng mukammal qo`llanma hisoblanadi. Bu
ensiklopedik kitobda tibbiyotning barcha sohalari (anatomiya, fiziologiya, kasalliklar
sababi, kasallikning belgilari, ularni aniqlash, davolash va h. k.) bo`yicha ilmiy
izlanishlar yoritilgan. „Tib qonunlari" taxminan eramizning 1012-24-yillarida yozilgan
deb hisoblanadi. Ibn Sino o`z asarini yozib tamomlaganidan keyin 150 yil o`tgach,
Gerard Kremonskiy (1114-1187) uni birinchi marta lotin tiliga tarjima qiladi. Bu
tarjima asl nusxadagi mazmun va ifodani o`zida to`la saqlab qola olmagan bo`lsa-da,
taxminan 7 asr davomida g`arb mamlakatlarida tibbiy bilimlarning birdan-bir
qo`llanmasi sifatida xizmat qildi.
O`zbekiston Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti tomonidan 1958-
1964- yillarda „Tib qonunlari"ning besh tomli kitobi o`zbek va rus tillarida birinchi bor
nashr etildi. Ibn Sino tavalludining 1000 yilligi munosabati bilan ushbu asar o`zbek va
rus tillarida 1981-1983- yillarda qayta nashr qilindi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, buyuk yurtdoshimiz Abu Ali
ibn Sino asarlari qayta tirildi desak mubolag`a bo`lmas. O`zbekiston Respublikasi
Prezidentining „Ibn Sino xalqaro jamg`armasini qo`llab-qo`vvatlash to`g`risida"gi
1999- yil 6- yanvardagi farmoni, hamda Respublika Sog`liqni Saqlash Vazirligining
1999- yil 23- apreldagi buyrug`i, bunga yana bir yorqin misoldir.
Yana bir muhim tadbir—tibbiyot oliy o`quv yurtlarida o`qitilayotgan fanlar
bo`yicha o`quv dasturlariga Abu Ali ibn Sinoning tibbiyot fani bo`yicha qilgan ishlariga
tegishli ma'lumotlar kiritilib, buyuk vatandoshimizning ta'limotini talabalarga yetkazish
va muntazam o`qitishni o`z oldimizga maqsad qilib qo`ygan ekanmiz, bu borada
talabalar, shifokorlar va qolaversa butun xalqimizga jahon tanigan va tan olgan buyuk
olim, taniqli jamoat arbobi, mehribon ustoz va ajoyib insonning merosini keng targ`ib
qilishdir.
12
II. Bob. Abu Ali ibn Sinoning odam anatomiyasi faniga qo`shgan
ulkan hissasi.
Buyuk mutafakkir olim Abu Ali ibn Sinoni shubhasiz odam anatomiyasi fanining
asoschisi deb, aytish mumkin. Allomaning bu boradagi izlanishlari odam anatomiyasini
o`rganish va yangiliklarni kashf qilish bilan chegaralanmay, tizimlar, a'zolar, ularning
qismlarining anatomiyasi hamda fiziologiyasini aniqlay olgan va juda sodda hamda
aniq qilib tushuntirib bergan.
„Kitob al-maleki" Ali ibn Abbos, „Zaxirai xorazm shohi" Ismoil Jurjoniy (1137-y.
vafot etgan), „Tibbi Akbari", „Iskiri A'zam" va boshqa kitoblar mualliflari Abu Ali ibn
Sinoning anatomiya fani yaratilishi va taraqqiy etishi borasidagi buyuk xizmatlarini tan
olishgan. Taniqli g`arb olimlari Leonardo da Vinchi (1452-1519), Andrey Vezaliy
(1514-1564), Djirolamo Frakastoro (1478-1553), Vilyam Garvey (1578-1628) va
boshqalar tomonidan ham Abu Ali ibn Sinoning anatomiya borasidagi buyuk xizmatlari
yuqori baholangan.
Abu Ali ibn Sino ijodi shu bilan qadrlanadiki, u „Tib qonunlari" kitobida faqatgina
o`z izlanishlari bilan chegaralanmay, balki o`zidan oldin o`tgan olimlarning shu a'zo,
yoki uning qismiga, yo shu masalaga munosabatini bildirib, bu savollarga o`zi aniq
javob bergan. Shu bilan birga, Ibn Sino bu ilmiy merosni o`zining puxta kuzatishlari va
amaliyot ishlarida qozongan yutuqlari bilan boyitgan.
V.N.Ternovskiyning (1961) yozishicha, tibbiyotning asosi bo`lgan anatomiya „Tib
qonunlari"da asosiy o`rin tutadi". Shuning uchun X-XI asrlardanoq barcha anatomiyaga
taalluqli asarlar Ibn Sino asarlariga solishtirilar va shunga ko`ra bu asarga baho
berilardi. Keyinchalik ham V.N.Ternovskiy (1937,1961), P.M.Faktorovich (1941),
L.A.Alyavi (1952, 1957), B.D.Petrov (1954), B.L.Gurtova(1955,1956,1957),
Z.X.Ikromov (1957), Ya.P.Popereka (1957), Ya.A.Rahimov (1957), Yu.S.Arzumetov
(1964), G.V.Arxangelskiy (i 965), V.K.Djumayev (1965, 1966), M.Maqsudov (1966),
K.A.Holiqov (1970), R.E.Xudoyberdiyev (1974, 1993), K.A.Zufarov (1989),
N.X.Shomirzayev (1992), N.K.Ahmedov (1992, 1995) va boshqalar o`z monografiya
va o`quv qo`llanmalarida Ibn Sino asarlari ahamiyati va odam anatomiyasiga qo`shgan
ulkan hissasi borasida yozishgan.
13
2.1. Abu Ali ibn Sino suyaklar, mushaklar va bo`g`imlar
anatomiyasiga qo`shgan hissasi.
Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining suyaklar bo‟limi haqida yozar ekan, u
suyaklarning tuzilishini aniq ko`rsatib, ularning tuzilishi suyaklarning vazifalariga
bog‟liqligini keng yoritib bergan. Uning „Tib qonunlari" asarining 1-jildidagi
osteologiya bo‟limi 30 ta fasldan iborat bo‟lib (42-75- betlar), suyaklar tuzilishi va
vazifalari hozirgi zamon tushunchalariga toliq mos keladi. Masalan, hozirgi zamon
skelet suyaklarining vazifasiga quyidagilar kiradi:
1) Tayanch vazifasi: odam gavdasi va mushaklarning tayanchi bo‟lib hisoblanadi;
2) Harakat vazifasi: skelet suyaklarining alohida guruhlarining o`zaro
qo`shilishidan richaglar hosil bo‟lib, bo`g`imlarda mushaklar vositasida harakatga
keladi;
3) Himoya vazifasi: suyak guruhlarining o`zaro qo`shilishidan bo`shliqlar hosil
bo‟ladi. Bu bo`shliqlar ichida esa a'zolar joylashadi;
4) Biologik vazifasi: suyaklar tarkibida mineral tuzlar bo`lib, kalsiy, fosfor, temir
va h. k. moddalarni saqlaydi.
Qonning shakliy elementlari suyak ichidagi qizil ilik sohasida yetiladi.
Bu vazifalardan 3 tasi bundan 1000 yil ilgari Abu Ali ibn Sino tomonidan
aniqlangan.
Ibn Sino suyaklarning shakli haqida yozar ekan, ularning naysimon, yassi va
aralash shakllarini yoritib, ularga misollar ham keltirgan. Bir qancha suyaklarning
tuzilishi Galendan mukammalroq va Vezaliydan aniqroq qilib yozilganligi tan olingan.
Ibn Sino umurtqa pog`onasini ta'riflar ekan ularning sonini aniq keltirgan,
umurtqalarning vazifalari hozirgi zamon tushunchalariga to`la mos berilgan.
Shuningdek, u umurtqalarning bir-biridan farqlarini aniqlagan. Aristotel qovurg`alarni 8
ta deb bergan bo`lsa, Ibn Sino odamda 12 juft qovurg`a borligi, ularning soni erkak va
ayollarda bir xil ekanligini birinchi bo`lib yozgan. Chanoq suyaklari tuzilishi borasida
X asrgacha aniq fikr bo`lmagan. o`tirg`ich suyagini Ruf— chanoq-son bo`g`imi sifatida
ta'riflasa, Polluks — yassi suyak bo`rtig`i sifatida ta'riflagan. Gippokrat bu terminda son
suyagini tushungan, Abu Ali ibn Sino jahonda birinchi bo`lib chanoq suyaklari
14
tuzilishini aniq tasvirlab bergan.
Abu Ali ibn Sino kalla suyaklari haqida
Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining kalla suyaklari bo`limi haqida yozar ekan,
uning tuzilishini aniq tasvirlab, ularning shakli va vazifalarini keng yoritib bergan.
Kalla suyaklarini yuz va miya qismlariga ajratib o`rganish hozirgi o`quv dasturlarida
ham shu shaklda saqlanib qolgan. Kalla suyaklarining yuz qismi suyaklari tuzilishini
aniq ko`rsatib, ularning shakli va vazifalari keng yoritilgan. Burun suyaklarini alohida
ekanligini ta'kidlagan (A.Vezaliy esa burun suyagi yuqori jag` bilan bir va u 6 ta
suyakdan iborat deb hisoblagan). Kalla suyaklari haqida Abu Ali ibn Sino yozgan
jumlalarni o`qiganda beixtiyor bu narsalar hozirgi tibbiyot oliygohlarida talabalar
o`qiyotgan kitoblarga mos kelishini ko`rib odam hayratlanadi.
Quyi jag`ga kelsak, uning suyaklarining surati, foydalari ma'lum. U iyak ostida
harakatsiz bo`g`in orqali qo`shiladigan ikki suyakdan iborat. Ikkovining boshqa ikki
uchida egilgan balandlik (o`siq) bor. U balandlik chakka suyagidan chiqib, o`shayerda
tamom bo`luvchi (o`sha balandlikka) moslangan o`siq bilan qo`shiladi. Pastki jag`
suyaklari o`z tutashgan joylarida boylam bilan birikkandirlar („Tib qonunlari". 1-j, 48-
b.).
Kalla suyaklarining miya qismi suyaklari shakli hamda vazifalari Ibn Sino
tomonidan juda tushunarli va sodda qilib yozilgan. Ponasimon suyak tuzilishini aniq
tasvirlab, u kallaning asosini tashkil etishini o`sha vaqtlarda yozib qoldirgan. Tepa
suyagi miyaga og`ir bo`lmasligi uchun eng yengil deb hisoblagan. Ming yil avvalgi
Abu Ali ibn Sinoning qarashlari hozirgi zamon adabiyotlaridagi kalla suyaklari tuzilishi
va ularning tasnifiga to`liq mos keladi. “Lomsimon" (til osti) suyakning anatomik ta'rifi
juda sodda va tushunarli qilib berilgan. Peshona suyagi tuzilishi haqida yozar ekan, bu
suyakning tuzilishi, kalla qutisining oldingi devorini hosil qilishi va anatomik tuzilishi
sodda hamda aniq berilgan. G‟alvirsimon suyakning topografiyasi Ibn Sino tomonidan
juda aniq ko`rsatilgan. Chakka suyagining anatomik tuzilishi ham aniq berilib, undagi
bigizsimon o`simta va tosh qismlari ahamiyati keng yoritilgan. Bu suyakning ichida
eshitish a'zosining boshlang`ich qismi joylashuvi aniq va tushunarli qilib yoritilgan.
15
Abu Ali ibn Sino mushaklar anatomiyasi haqida.
Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasi mushaklar bo`limi haqida (30 fasldan iborat)
ma'lumot berar ekan, mushaklarning vazifalari, boshlanish va birikish sohalari, ularning
tuzilishini aniq ko`rsatib, bu borada keng ma'lumot bergan. Platon va Aristotel
mushaklar xuddi yog` kabi tanani issiq va sovuqdan saqlaydi deb hisoblashgan. Abu Ali
ibn Sino mushaklardagi har bir qismlarni ajrata olgan va fassiya, pay, mushaklardagi
qisqarish, nerv va tomirlar bilan bog`liqligini jahonda birinchi bo`lib aniqlagan. Ibn
Sinoning qarashlari hozirgi zamon mushaklar tuzilishi va ularning tasnifiga to`liq mos
keladi.
zamonaviy tasnifga asosan;
Mushak tolalarining tuzilishiga ko`ra, mushaklar silliq mushaklarga va ko`ndalang-
targ`il mushaklarga bo`linadi. Ko`ndalang-targ`il mushaklar esa yurak va skelet
mushaklari guruhidan hosil bo`ladi. Silliq mushaklar qon tomirlar va ichki a'zolar
devorida (traxeya, bronx, o`pka, oshqozon-ichak tizimi va siydik chiqaruv a'zolarda,
jinsiy a'zolarda) uchraydi. Ko`ndalang-targ`ilmushaklarga: skelet mushaklari, ko`zni
harakatga keltiradigan mushaklar, yumshoq tanglay mushaklari, halqum, hiqildoq,
qizilo`ngachning yuqori qismi, to`g`ri ichakning tashqi qisuvchi mushaklari kiradi.
Alohida tuzilishga ega bo`lgan mushak guruhini yurakning ko`ndalang-targ`il
mushaklari hosil qiladi.
Mushaklar biriktiruvchi to`qima bilan o`ralgan mushak tolalaridan hosil bo`ladi.
Mushak tolalarining qalinligining o`zgarishi, mushaklar hajmining o`zgarishiga ta'sir
qiladi. Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda skelet mushak tolalarining qalinligi 7-8 mkm, 2
yoshgacha — 10-14 mkm, 4 yoshgacha —14-20 mkm, katta yoshdagilarda — 38-80
mkm, sport bilan shug"ullanuvchilarda — 100 mkm bo`ladi. Har bir mushak tashqi
tarafidan biriktiruvchi to`qimadan tashkil topgan parda bilan qoplangan bo`lib, ular
fassiyalar deb ataladi.
Fassiyalar mushaklarni ajratib turadi, ularni qisqarishida yon tarafdagi bosimni
oshiradi. Fassiya pardasi har bir mushakdan tashqari, mushaklar guruhini ham o`rab
turadi. Fassiyalar har bir mushakni alohida qisqarishini ta'minlaydi. Mushak fassiyalari
alohida mushakni o`rab olishdan tashqari — sinergist mushaklar guruhini ham o`rab
16
oladi va suyak tomon o`simta chiqarib, suyak bilan birlashadi. Fassiyalar ba'zi
bo`g`imlar sohasida qalinlashadi va mushak paylari ustidan keng boylam sifatida o`tadi.
Natijada fibroz kanal yoki suyak-fibroz kanali hosil bo`ladi. Bu kanallar ichidan
mushak paylari o`tadi. Fibroz boylamlar mushak paylarini siljimay turishini ta'minlaydi.
Fibroz kanal ichida sinovial parda ham bo`ladi. Sinovial pardaning parietal varag`i
fibroz pardani ichki yuzasini o`rab olsa, visseral varag`i esa mushak fassiyalarining
ustki yuzasiga o`tadi. Sinovial parda varaqlari orasida ozgina sinovial suyuqlik bo`lib,
mushak paylari harakatini yengillashtiradi. Ko`ndalang-targ`il mushaklarning
ko`pchiligining qisqaruvchi go`shtdor qismi — qorincha bo`lib, mushak uchlari —
suyaklarga birikish sohasi paylardan hosil bo`ladi. Agar go`shtdor qism bir tomonda,
pay ikkinchi tomonda bo`lsa bunday mushaklarga bir patli mushaklar deyiladi. Agarda
pay o`rtada bo`lib, ikki tarafda mushakning go`shtdor qismi bo`lsa ikki patli mushaklar
deyiladi. Ba'zi mushak paylari ichida suyaklar taraqqiy etadi. Bunday paylar ichidagi
suyaklarga sesamasimon suyaklar deyiladi. Qo`l kaftidagi no`xotsimon suyak, tizza
qopqoqchasi suyaklari sesamasimon suyaklar guruhiga kiradi. Keng serbar mushaklar
keng fibroz paylarga davom etadi va bunday serbar paylarni aponevrozlar deyiladi.
Mushaklar tasnifi:
1. Shakliga ko`ra mushaklar: uzun, kalta, keng, kvadrat shaklidagi, deltasimon,
piramidasimon, yumaloq, tishsimon va h. k. bo`lishi mumkin.
2. Mushak tutamlarining yo`nalishi bo`yicha to`g`ri, qiyshiq, ko`ndalang, aylana
mushaklar bo`ladi.
3. Mushaklar bajaradigan vazifasiga ko`ra bukuvchi yozuvchi tanaga
yaqinlashtiruvchi tanadan uzoqlashtiruvchi , o`z o`qi atrofida aylantiruvchi , ichkariga
buruvchi , tashqariga buruvchi guruhlariga bo`linadi.
4. Mushaklar bogimlariga ko`ra: bir bo‟g`imli bir bo`g`im ustidan o`tuvchi; ikki
bo`g`imli va ko`p bo`g`imli mushakiar guruhiga bo`linadi.
5. Mushaklar joylashishiga ko`ra yuza, chuqur, medial, lateral, oldingi, orqadagi,
tashqi, ichki guruhlarga ajraladi.
Bir xil vazifani bajaruvchi mushaklar guruhiga — sinergist rnushaklar, qarama-
qarshi vazifani bajaruvchi mushaklar guruhiga — antogonist mushaklar deyiladi.
17
Ibn Sino mushaklarning tuzilishi ularning vazifalariga, bajaradigan harakat
turlariga bog`liqligini yoritib bergan. Skelet va silliq mushaklar orasidagi farqlar hamda
o`xshashliklar sodda qilib tushuntirib berilgan. Skelet mushaklari odam xohish-
irodasiga bo`ysinishi, silliq mushaklar esa avtonom bo`lib, odam xohish-irodasiga
bo`ysunmasligi keng yoritilgan. Mushaklarning fassiyalar bilan o`ralgani, paylar
yordamida birikishi, qisqarish xususiyatlari, hamda innervatsiya va qon bilan
ta'minlanishi keltirilgan. Agar Galen va Gippokrat diafragmada 2 ta teshik bor deb
hisoblagan bo`lishsa, Abu Ali ibn Sino bu sohada 3 ta teshik borligini va ulardan
o`tuvchi qizilo`ngach, aorta hamda ostki kovak venani aniqlagan. Miologiya bo`limini
izohlashda Ibn Sino nafaqat butun tanadagi skelet mushaklari, balki ko`z soqqasini
harakatga keltiruvchi mushaklar, til va halqumning barcha mushaklari, siydik qopi,
to`g`ri ichak mushaklarining tuzilishi va vazifalarini aniq ko`rsatib bergan. Til, siydik
qopi va to`g`ri ichak mushaklarining orasida joylashgan silliq mushaklarning ahamiyati
keng yoritilgan. Abu Ali ibn Sino tashqi qovurg`alararo mushak nafas olishda
qatnashsa, ichki qovurg`alararo mushak nafas chiqarishda ishtirok etadi deb yozgan.
Abu Ali ibn Sino bo`g`imlar anatomiyasi haqida
Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining bo`g`imlar bo`limi haqida yozar ekan,
suyaklarning o`zaro birikishi, bo`g`imlarning tuzilishini aniq ko`rsatib, bu bo`limni
keng yoritib bergan. Abu Ali ibn Sinoning qarashlari hozirgi zamon bo`g`imlar tuzilishi
va ularning tasnifiga to`liq mos keladi. Yarim bo`g`imlar cheklangan, juda kamharakat
bo`ladi, bo`g`im yuzalari orasida juda kichik tirqish bo`lib, bo`g`im kapsulasi
bo`lmaydi. Ba'zi skelet suyaklari o`zaro ko`ndalang-targ`il mushaklar vositasida
birikishi mumkin. Kurak suyagining qovurg`alar bilan birikishi yoki til osti suyagining
boshqa suyaklar bilan birikishi mushaklar vositasida bo`ladi.
Misol uchun „Tib qonunlari" asarida (Birinchi jild Suyaklar to`g`risida. 30 fasldan
iborat. Birinchi fasl. Suyaklar va bo`g`imlar to`g`risida umumiy so`z.). Ibn Sino
suyaklarning birikishini quyidagicha izohlaydi: suyaklar o`rtasida qo`shniliklar turlicha
bo‟ladi. Ulardan ba'zilari bukiladigan bo`g`imlar orqali, ba'zilari harakatsiz bo`lmasa
ham qattiq bo`g`imlar orqali qo`shiladi, ba'zilari suqib kiritilgan, tikilgan yoki
yopishtirilgan bo`g`imlar orqali qo`shiladi.
18
Zamonaviy tasnif bo`yicha: Uzluksiz birlashuvlar uch guruhga bo`linadi:
1. Suyaklar o`zaro qo`shuvchi to`qima vositasida birlashadi. Bu harakatchan
birikish deyiladi.
2. Suyaklar o`zaro tog`ay moddasi vositasida birlashadi. Bu yarim harakatchan
birikish deyiladi.
3.Suyaklar o`zaro suyak to`qimasi vositasida birlashib, suyaklanib ketadi. Bu
harakatsiz birikish deyiladi.
Harakatchan va yarim harakatchan uzluksiz birlashuvlar vaqtincha yoki doimiy
saqlanib qolishi mumkin. Suyak taraqqiy etish jarayonida biriktiruvchi to`qima yoki
tog`ay moddasi vositasida birikib, lekin keyinchalik yo`qolib ketsa — vaqtincha
uzluksiz birlashuv deyiladi. Katta yoshda ham doimiy saqlanadigan uzluksiz
birlashuvlarga doimiy uzluksiz deyiladi.
Bo`g`imlarni hosil etish uchun quyidagi hosilalar bo`lishi kerak:
1) bo`g`im yuzalari — o`zaro muvofiq bo`lib, ularning yuzalari silliq gialin
tog`ayi bilan qoplangan bo`ladi;
2) uzlukli birlashuvlar natijasida hosil bo`lgan bo`g`imlar bo‟g‟im kapsulasi bilan
o`ralgan bo`ladi. Kapsulaning tashqi qavati fibroz to`qimadan hosil bo`lsa, ichki
yuzasida esa silliq sinovial membrana bilan qoplanadi;
3) bo`g`imlar ichida bo`shliq bo`lib, bo‟gim bo‟shlig‟i deyiladi. Bo`g`im
bo`shliqlari tashqi muhit bilan aloqa qilmaydi. Uning ichida bo`g`im yuzalarini ho`llab
turadigan suyuqlik bo`ladi. Ba‟zi bo`g`imlar bo`shlig`ida tog`ay plastinkalari bo`ladi.
Bundan 1000 yil ilgari Abu Ali ibn Sino suyaklaming birikishi va bo`g`imlar hosil
qilishini aniqlagan hamda „Tib qonunlari" asarida ular haqida to`liq ma'lumot bergan.
Bo`g`imlarning tuzilishi ularning vazifalariga. harakat o`qlari tuzilishiga
bog`liqligi keng yoritilgan va ko`rgazmali rasmlar bilan bezatilgan. Bundan ming yil
avval Ibn Sino bo`g`im yuzasi, bo`g`imlardagi tog`aylar, bo`g`im kapsulasi, bo`g`im
bo`shlig`i va undagi bo`g`im suyuqligi haqida .,Tib qonunlari" asarida keng ma'lumot
bergan. Bulardan tashqari bo`g`imlardagi, bo`g`im ichidagi boylamlar, kunjut
(sesam)simon suyaklar, bo`g`im ichidagi suyuqlik va uning hosil bo`lish jarayoni keng
yoritilgan. U sindesmologiya bo`limi haqida shunchaki ma„lumotlar beribgina qolmay,
19
o`zigacha bo`lgan olimlardan ancha mukammal, zamonaviy qarashlarga mos keluvchi
suyaklarning o`zaro birikishi haqida ma'lumot bergan. Bulardan tashqari bo`g`imlar
tuzilishini hamda kalla suyaklari orasidagi choklarni aniq ta‟riflab, atlant ko`ndalang
boylami ahamiyatini batafsil izohlagan. Kalladagi o`qsimon (sagital), lambdasimon, toj
va pallasimon choklarni Galen yo`l qo‟ygan xatolarsiz bergan. Bu borada o`sha davr
olimlari uchun juda ko`p yangiliklar yaratgan.
Ibn Sino o`zi yashagan davrdagi ko`p olimlar singari chalkash mulohazalar va
aqidalar ta'siriga berilmay, faqat tajriba va amaliyotgina haqiqiy ilmning obyektiv asosi
bo`la olishini talqin etdi.
20
2.2. Abu Ali ibn Sino ichki a'zolar anatomiyasiga qo`shgan hissasi.
haqida
Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining ichki a'zolar bo`limi haqida yozar ekan
(III kitob, 1 - j., 2-j.), u ichki a'zolarning tuzilishi, ularning vazifalari, qo`shni a'zolar
bilan bog`liqligi, ularning qanday qismlardan tuzilganligini va faoliyatini keng yoritib
bergan. Ibn Sinoning qarashlari hozirgi zamon ichki a'zolar tuzilishi va ularning
tasnifiga to`liq mos keladi. Masalan: tishlarning tuzilishi, ularning soni, almashinish
davrlari va hatto ichki tuzilishi aniq yoritib berilgan.
Til haqida yozar ekan, Ibn Sino bu a'zodagi mushaklarni to`liq ta'riflab, ularning
skelet mushaklariga tegishli ekanligini alohida ta'kidlaydi. Tomoq va qizilo`ngachning
anatomik tuzilishini keng yoritib, qizilo`ngachning toraygan va bukilgan qismlarini aniq
ko`rsatgan. Bu a'zolarning tuzilishi zamonaviy qarashlarga to`liq mos keladi.
Me'da topografiyasi Abu Ali ibn Sino tomonidan juda katta aniqlik bilan tasvirlab
berilgan. Uning uchta qismi (tana, kardial va pilorik qismlari) aniq berilgan bo`lib,
a'zoning tuzilishi 1000 yildan beri boshqa olimlar tomonidan o`zgarishsiz kelishi,
zamonaviy qarashlarga to`liq mos kelishidan dalolat beradi.
Ibn Sino ichaklar haqida yozar ekan, ularning qismlarini to`liq ta'riflab, ular uchta
qismdan — o`n ikki barmoq, och va yonbosh ichaklardan iboratligini ta'kidlaydi. Uning
ingichka ichakni yuqorigi ichak, yo`g`on ichakni ostki ichak deb nomlashi bu ichaklar
topografiyasiga ishora ekanligidan dalolat beradi.
Ibn Sino jigar haqida yozar ekan, bu a'zoning muhim ahamiyatini keng yoritib,
hajmiga ko`ra odam jigari eng katta ekanligini ta'kidlagan.
O`t pufagi vazifasi va topografiyasi aniq yoritilgan bo`lib, shu tushunchalardan
hozir ham keng foydalaniladi. Me'da osti bezi „go`shtli bez" yoki pankreas deb, to`g`ri
ta'riflangan va tuzilishi Ibn Sino yozganidek zamonaviy qarashlarga to`liq mos keladi.
Galcn bu fikrga qo`shilib, me'da osti bezi uning chiqish qismi—pilorisning tanasi deb
yozadi. Ibn Sino va A. Vezaliy ham me'da osti bezi tomirlar uchun tayanch vazifasini
bajaradi deb hisoblaganlar. Taloq tuzilishini, shakli, topografiyasi, vazifalari, hamda
normal va patologik hollardagi ahamiyatini Ibn Sino to`liq ta'riflagan. Qorinparda
tuzilishi va vazifalari ham keng yoritilgan.
21
Abu Ali ibn Sino qon tomirlar atnatomiyasi haqida
Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining qon tomirlar bo`limi haqida yozar ekan
(II
T
kitob, 2-j. 525 527- b.) yurak va tomirlarning tuzilishi hamda ulardagi oziq
moddalar va kislorodni to`qimalarga o'tishini aniq ko`rsatib, bu bo`limni keng yoritgan.
U bo`lmachalar va qorinchalarning tuzilishi (III kitob, 2-j. 402-403- b) Botallo yo`li,
yurakni o`rab turuvchi seroz parda va yurak avtomatizmi haqida to`liq malumot bergan.
Ibn Sino birinchi bo`lib yurakning 2 ta quloqchasi borligini aniqlagan.
2600 yil ilgari yozilgan „Avesto"dan 3 xil tomirlar: qora qon olib keluvchi, qizil
qon va hech narsa olib kelmaydigan tomirlar borligini o`qib bilgan. 25 yoshli Ibn
Sinoda ichida qoni yo`q tomirlar „Bu nerv masmikan?" degan fikr paydo bo`ladi va
keyinchalik u nerv tomirlariga aniqlik kiritadi.
Villyam Garvey 1616- yili qon aylanish doiralarini ochganligi bizga ma'lum. Lekin
shu davrgacha barcha izlanuvchilar (Gippokrat, Galen, Vezaliy, Fabritsius) arteriyalar
o`zida havo tutadi va unda „hayot kuchi va issiqlik" oqadi deb hisoblashgan. Ibn Sino
ham o`sha davrda keng tarqalgan bu fikrga qo`shilgan. Lekin aorta va uning tarmoqlari,
miya qon tomirlari, emissar hamda diploik venalar haqida bergan yangi ma'lumotlari
V.Garveyning qon aylanish doiralarini ochishiga turtki bo‟lgan desak mubolag`a
bo‟lmaydi. Ibn Sinoning aorta va uning tarmoqlari, uyqu arteriyasi tarmoqlari, barcha
ichki a'zolarning qon bilan ta'minlanishini keng yoritishi o`sha davr uchun katta voqelik
edi. Qorin va ko`krak aortasi tarmoqlari juda katta aniqlik bilan yoritib berilgan. Bu
borada Abu Ali ibn Sinoning qarashlari hozirgi zamon tomirlar tuzilishi va ularning
tasnifiga yaqin turadi.
Abu Ali ibn Sino vena tomirlari tuzilishiga va uning`tarmoqlariga katta e'tibor
bergan. Qorin bo`shlig`idagi barcha ichki a'zolardan vena qoni jigarga kelishi keng
yoritilgan va bu borada o`zidan oldin o`tgan olimlardan ancha aniq ma‟lumotlar bergan.
Bu o`sha davr anatomiyasi uchun juda katta yutuq edi.
Abu Ali ibn Sino asab tizimi anatomiyasi haqida
Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining nevrologiya bo‟limi haqida yozar ekan
(III kitob, 1-j. 12-16- betlar), nerv tizimining markaziy va periferik qismlardan
iboratligini bundan ming yil oldin bilgan, bosh miya nervlari, bosh va orqa miya
22
pardalari, bosh miya qorinchalari (III kitob, 1- j. 32- b.), miya tomirlarining tuzilishini
keng yoritib bergan. 500 yil keyin A. Vezaliy hidlov traktlari haqidagi Abu Ali ibn
Sinoning qarashlari to`g`ri ekanligini tasdiqlaydi. Ibn Sino „Tib qonunlari"da yon
qorinchalarni jahonda birinchi bo‟lib aniqlab, ularning chegaralarini va vazifasini
yoritgan. Bosh miyadagi yon (juft oldingi), uchinchi (o`rta) va to`rtinchi (orqa)
qorinchalar o`zaro bog‟liqligini ta'kidlagan. Ibn Sino miya pardalari haqida yozar ekan,
uchala parda nomlari, tuzilishi va vazifalari, hamda miya qattiq pardasining hosilalari
(miya o`rog`i, miyacha chodiri, turk egari diafragmasi)ni to‟liq yoritib bergan. Bu
anatomik hosilalarni o`sha davrda bunchalar chuqur va aniq bilish uchun qanchalar
katta matonat, sabr-toqat, yuksak bilim va qunt zarurligini aytmasa ham bo‟ladi. Chunki
Ibn Sino tomonidan yaratilgan asarlar bunga o`zi guvohdir.
Hozirgi zamon tasnifi bo`yicha nerv tizimi a'zolarni va tana faoliyatini boshqaradi,
tashqi muhit bilan aloqa o`rnatib, bir butunlik holatini ta'minlaydi. Bosh miya va orqa
miya markaziy nerv tizimini tashkil etadi. Tana va a'zolargacha yetib boradigan, bosh
miya asosidan va orqa miyadan chiqadigan nerv tolalari periferik nerv tizimi deb
ataladi. O`z navbatida bosh miya asosidan chiquvchi 12 juft nerv bosh miya nervlari
deyilsa, orqa miyadan chiquvchi 31 juft nerv orqa miya nervlari deyiladi. Nerv tizimini
bajaradigan vazifasiga ko`ra somatik hamda vegetativ nerv sistemasiga ajratish
mumkin. Somatik nerv sistemasi asosan tanadagi ko`ndalang-targ`il mushaklarni va
terini innervatsiya qiladi. Vegetativ nerv sistemasi esa ichki a'zolarni, bezlarni, qon
tomirlar devorini innervatsiya qilib, tanaga ham tarqaladi.
Nerv tizimining morfo-funksional birligini neyron tashkil etadi. Neyron tarkibiga
nerv hujayrasi, uning kalta o`simtalari dendrit va uzun o`simtasi neyrit yoki akson
kiradi. Nerv hujayralarining o`simtalari qo`shilib nervlarni hosil qiladi va ularning
tarkibida sezuvchi yoki harakatlantiruvchi tolalar bo`lgan holda ba'zi nervlar tarkibi har
ikki tolalar guruhidan iborat bo‟lib aralash nervlardan tashkil topadi.
Abu Ali ibn Sino asablar anatomiyasi haqida
Abu Ali ibn Sino nervlar haqida (I kitob. 99-108-b.) ma‟lumot berar ekan ularni
sezuvchi, harakatlantiruvchi va aralash turlarga ajratgan. A. Vezaliy esa bu
differensiatsiyani bermagan. Abu Ali ibn Sino bosh miya nervlari haqida ma‟lumot
23
berib, ularning innervatsiya qilish sohalarini aniq ko`rsatgan. Lekin. xuddi Galen,
Gerofil kabi Vezaliy belgilab bergan bosh miya nervlari tartib raqamlari hozirgi qabul
qilingan bosh miya nervlarining tartib raqamlariga mos kelmaydi. Ibn Sino tomonidan
jahonda birinchi bo`lib bosh miya nervlari innervatsiya sohalari aniq belgilab berilgan.
Orqa miya nervlari Abu Ali ibn Sino tomonidan aniq belgilab berilgan bo`lib, orqa
miya segmentlari 31 juftligini bundan 1000 yil oldin aniqlagan va ularning bo`yin,
yelka, bel, dumg`aza hamda dum chigallarini hosil qilishini ko`rsatgan. K.M.Bikov
(1950) „I.P.Pavlov fikrlari rivoji" mavzusidagi maqolasida: „Allaqachon shoirlar,
faylasuflar va ruhshunoslar inson asab tizimini har taraflama o`rganib chiqishgan. Ular
ichida Abu Ali ibn Sinoning yuksak xizmatlarini alohida ta'kidlash zarur" deb yozadi.
Bu buyuk olimning asab tolalarini. ularning joylashuvi va vazifalarini o`rganish, hamda
kelajak avlodlarga qoldirish uchun qilgan mehnatiga berilgan xolis baho edi.
Abu Ali ibn Sino sezgi a'zolari anatomlyasi haqida
Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining sezgi a'zolari haqida yozar ekan (III kitob,
1-j. 213-215- b) nerv tizimining sezgi a'zolari bilan uzviy bog`liqligini ta'kidlaydi. U
ko`z tuzilishini to`liq ta'riflab qolmay, ko`zning yordamchi apparati: ko`z mushaklari,
qovoqlar, kipriklar, ko`zyoshi bezi va uning kanali, ko`zning qon tomirlari va nervlarini
batafsil yozgan. Ko`z tuzilishini izohlab, unda nur to`r parda orqali bosh miyaga yetib
borishini jahonda birinchi bo`lib aniqlagan.
Abu Ali ibn Sino birinchi bo`lib nurning jismlarda aks etishi nazariyasini ilgari
surgan. Ungacha Aristotel hamda Platon jismlar o`zlaridan nur taratadi va bu nur ko`z
gavharini tebratadi, shu sababdan biz jismlarni ko`ramiz deb noto`g`ri fikr bildirgan.
Galen esa ko`zdan nur chiqadi, bu nur ko`z gavhariga tushadi, shuning uchun biz ko`ra
olamiz deb u ham noto`g`ri fikrni olg`a surgan. Abu Ali ibn Sino jahonda birinchi
bo`lib nurlar tasvirlarni ko`zning to`r pardasiga tushirib, u bosh miyada sodir bo`lishini
aniqlagan.
Ibn Sino ko`z soqqasi (olmasi) 3 qavatdan iborat ekanligini va bu qavatlarning
nomlanishi, tuzilishi, vazifalari va ahamiyatini aniq yozib qoldirgan. Ko`z ichida
joylashgan ko`z nami va yorug`lik o`tkazish apparatining tuzilishi Abu Ali ibn Sino
yozganidek, hozirgi paytgacha o`zgarmasdan kelmoqda.
24
Ibn Sino tomonidan ko`zning 4 ta to`g`ri va 2 ta qiyshiq mushaklari keng
o`rganilgan. Yuqorigi qovoqni ko`taruvchi mushak Abu Ali ibn Sino tomonidan
jahonda birinchi bo`lib aniqlanganligi tan olingan (P.M.Faktorovich, 1941).
Eshitish a'zosi (III kitob, 1 - j. 314- b.) keng yoritilgan bo`lib, nerv tizimining
eshitish a'zosi bilan uzviy bog`liqligi alohida ta'kidlangan. Ibn Sino quloqdagi quyidagi
qismlarni tafovut qiladi: 1) quloq suprasi; 2) tashqi eshituv yo`li va uning nog`ora parda
bilan yopiq qismi; 3) nog`ora bo`shlig`i; 4) ichki eshituv yo`li yoki „nerv yo`li". U
faqatgina quloq tuzilishini ta'riflabgina qolmay, eshituv o`tkazuv yo`li nervlarini ham
aniq ko`rsata olgan.
Teri va retseptorlarning xususiyatlari, teri orqali og`riq, harorat va bosim sezgilari
Ibn Sino tomonidan batafsil yoritib berilgan bo`lib, bu tabobat rivojida juda katta
ahamiyatga ega bo`lgan va o`sha davr uchun olg`a qo`yilgan yirik qadam edi.,
25
Xulosa
Ibn Sino jahon fani va madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan buyuk
siymolardan bo‟lib, uning ilmiy ishlari xorazmlik buyuk ensiklopedist olim Abu
Rayhon Beruniy (973-1048) asarlari bilan birgalikda o`sha davr fani taraqqiyotining
eng yuqori cho`qqisini tashkil etadi. Uning to`la ismi Abu Ali al-Husayn ibn Abdulloh
al-Hasan ibn Ali ibn Sino bo‟lib, ko`pincha qisqartirib Abu Ali ibn Sino yoki Ibn Sino
deb yuritiladi.
Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan bo`lsa ham, zamonlar
o`tishi bilan ularning ko`pi yo`qolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan. Shu
242 dan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi
mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 23 tasi tabiiyot ilmiga, 7 tasi astronomiyaga, 1 tasi
matematikaga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8
tasi boshqa olimlar bilan bo`lgan ilmiy yozishmalarga bag`ishlangan.
Ibn Sino birinchilardan bo`lib tabiiy muhit va inson hayoti o`zaro munosabatlarini
har tomonlama tahlil qilish zaruratini fahmladi. Inson hayoti, uning salomatligi yoki
xastalik holati organizmga tashqi muhit ta'sirini ifodalaydi.
Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi asosiy merosi „Tib qonunlari" bo`lib, bu kitob
o`sha davrgacha tabobat borasidagi eng mukammal qo`llanma hisoblanadi. Bu
ensiklopedik kitobda tibbiyotning barcha sohalari (anatomiya, fiziologiya, kasalliklar
sababi, kasallikning belgilari, ularni aniqlash, davolash va h. k.) bo`yicha ilmiy
izlanishlar yoritilgan.
Buyuk mutafakkir olim Abu Ali ibn Sinoni shubhasiz odam anatomiyasi fanining
asoschisi deb, aytish mumkin. Allomaning bu boradagi izlanishlari odam anatomiyasini
o`rganish va yangiliklarni kashf qilish bilan chegaralanmay, tizimlar, a'zolar, ularning
qismlarining anatomiyasi hamda fiziologiyasini aniqlay olgan va juda sodda hamda
aniq qilib tushuntirib bergan.
Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining suyaklar bo‟limi haqida yozar ekan, u
suyaklarning tuzilishini aniq ko`rsatib, ularning tuzilishi, suyaklarning vazifalariga
bog‟liqligini keng yoritib bergan.
Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasi mushaklar bo`limi haqida ma'lumot berar
26
ekan, mushaklarning vazifalari, boshlanish va birikish sohalari, ularning tuzilishini aniq
ko`rsatib, bu borada keng ma'lumot bergan.
Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining bo`g`imlar bo`limi haqida yozar ekan,
suyaklarning o`zaro birikishi, bo`g`imlarning tuzilishini aniq ko`rsatib, bu bo`limni
keng yoritib bergan.
Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining ichki a'zolar bo`limi haqida yozar ekan, u
ichki a'zolarning tuzilishi, ularning vazifalari, qo`shni a'zolar bilan bog`liqligi, ularning
qanday qismlardan tuzilganligini va faoliyatini keng yoritib bergan.
Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining qon tomirlar bo`limi haqida yozar ekan
yurak va tomirlarning tuzilishi hamda ulardagi oziq moddalar va kislorodni
to`qimalarga o'tishini aniq ko`rsatib, bu bo`limni keng yoritgan. U bo`lmachalar va
qorinchalarning tuzilishi Botallo yo`li, yurakni o`rab turuvchi seroz parda va yurak
avtomatizmi haqida to`liq malumot bergan.
Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining nevrologiya bo‟limi haqida yozar ekan,
nerv tizimining markaziy va periferik qismlardan iboratligini bundan ming yil oldin
bilgan, bosh miya nervlari, bosh va orqa miya pardalari, bosh miya qorinchalari, miya
tomirlarining tuzilishini keng yoritib bergan.
Abu Ali ibn Sino odam anatomiyasining sezgi a'zolari haqida yozar ekan nerv
tizimining sezgi a'zolari bilan uzviy bog`liqligini ta'kidlaydi. U ko`z tuzilishini to`liq
ta'riflab qolmay, ko`zning yordamchi apparati: ko`z mushaklari, qovoqlar, kipriklar,
ko`zyoshi bezi va uning kanali, ko`zning qon tomirlari va nervlarini batafsil yozgan.
Ko`z tuzilishini izohlab, unda nur to`r parda orqali bosh miyaga yetib borishini jahonda
birinchi bo`lib aniqlagan.
Dostları ilə paylaş: |