Abu ali ibn sinoning ilmiy merosi



Yüklə 29,54 Kb.
səhifə4/8
tarix08.04.2022
ölçüsü29,54 Kb.
#54939
1   2   3   4   5   6   7   8
ABU ALI IBN SINONING ILMIY MEROSI

Astronomiya

Ibn Sino astronomiya sohasida Arastuning yulduzlarga Quyosh nuridan yorug‘lik tushadi degan qarashlariga qarshi chiqarkan, yulduzlar o‘z yorug‘ligi bilan porlaydi, shuningdek, sayyoralar ham o‘zi nur sochadi, deya tahmin qilgan. 1032 yil 24 may kuni Zuhra sayyorasi Quyosh gardishidan o‘tayotganini kuzatganini ma’lum qilgan. Biroq, hozirgi zamon olimlari mazkur o‘tish aynan shu yerda va shu vaqtda bo‘lganligiga gumon qilishadi. Bu kuzatuvdan u ptolomey kosmologiyasiga binoan, Zuhra sayyorasi gohida Yerga Quyoshdan ko‘ra yaqinoq kelishini asoslash maqsadida foydalangan.

Ibn Sino, shuningdek, Ptolomey kitobiga izohi bilan Almagest kompediumini yozgan.

Gurgandaligida Ibn Sino shu shaharning jo‘g‘rofik koordinatlari haqida risola yozgan. Ibn Sino Abu -l -Vafo va al-Beruniylar qo‘llagan usuldan foydalana olmagan va yangi usulni taklif qilgan. Unga ko‘ra, u Oyning eng baland nuqtasining o‘lchami va Bog‘dod balandligini taqqoslash orqali sferik trigonometriya qoidalari asosida hisoblashni taklif qilgan.

“Kuzatilinayotgan asbobni loyihalashda boshqa usullardan afzal usul kitobi”da Ibn Sino o‘zi ixtiro qilgan kuzatuv asbobiga ta’rif berarkan, uning fikricha, astrolyabiyani o‘rnini bosishi kerak bo‘lgan; bu asbobda o‘lchovni aniqlash uchun ilk bora nonius usulidan foydalanilgan.


Yüklə 29,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin