ABU ALI IBN SINONING ILMIY MEROSI
Abu Ali ibn Sino (toʻliq ismi: Abū ‘Alī al-Husayn ibn ‘Abd Allāh ibn Sīnā al-
Balkhī;
arabcha
:
انیس نب اللهدبع نب نیسحلا يلع وبأ
)
—
oʻrta osiyolik buyuk qomusiy
olim
[5]
, boshqa manbalarda esa,
buxorolik fors
[6]
olim, tabib va
faylasuf
.
980-
yilning 18-iyunida Buxoro
yaqinidagi
Afshona
qishlogʻida tugʻilgan va
1037-
yilning 16-avgustida Hamadonda
vafot etgan. Gʻarbda Avitsenna (
ingl.
Avicenna)
nomi bilan mashhur.
Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn
Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga koʻchib, Hurmaysan qishlogʻiga
moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlogʻida Sitora ismli qizga uylanib
ikki oʻgʻil farzand koʻradi. Oʻgʻillarining kattasi Husayn (Ibn Sino), kenjasi Mahmud
edi. Husayn 5 yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi poytaxt — Buxoroga koʻchib keladi
va uni oʻqishga beradilar. 10 yoshga yetar yetmas Ibn Sino Qurʼon va adab darslarini
toʻla oʻzlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shugʻullanadi, arab tili va
adabiyotini mukammal egallaydi. Ibn Sinoning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu
Abdulloh Notiliy edi. U el orasida hakim va faylasuf sifatida mashhur boʻlgani uchun
otasi Ibn Sinoni unga shogirdlikka berdi. Notiliyning qoʻlida olim mantiq, handasa
va falakiyotni oʻrgandi va baʼzi falsafiy masalalarda ustozidan ham oʻzib ketdi. Ibn
Sinoning aql-zakovatini koʻrgan ustozi otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan
shugʻullantirmaslikni tayinlaydi. Shundan soʻng ota oʻgʻliga ilm oʻrganish va
bilimlarini chuqurlashtirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Abu Ali tinmay
mutolaa qilib, turli ilm sohalarini oʻzlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo,
fiqh kabi fanlarni oʻqidi, xususan, tabobatni sevib oʻrgandi va bu ilmda tez kamol
topa boshladi.
• Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida Buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur al
Hasan ibn Nuh al Qumriyning xizmati katta boʻldi. Ibn Sino undan tabobat darenii olib, bu
ilmning koʻp sirlarini oʻrgangan. Qumriy bu davrda ancha keksayib qolgan boʻlib, 999 yilda vafot
etdi.
• Ibn Sino 17 yoshdayoq, Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. Oʻsha kezlarda
hukmdor Nuh ibn Mansur betob boʻlib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Dovrugʻi
butun shaharga yoyilgan yosh tabibni amirni davolash uchun saroyga taklif qiladilar. Uning
muolajasidan bemor tezda sogʻayib, oyoqqa turadi. Evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan
foydalanish imkoniyatiga ega boʻladi. Somoniylarning kutubxonasi oʻsha davrda butun Oʻrta va
Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi. Ibn Sino bir necha yil davomida
shu kutubxonada kechayu kunduz mutolaa bilan mashgʻul boʻlib, oʻz davrining eng oʻqimishli,
bilim doirasi keng kishilaridan biriga aylandi va shu paytdan boshlab oʻrta asr falsafasini
mustaqil oʻrganishga kirishdi. U yunon mualliflarining, xususan, Aristotelning „Metafizika“
asarini berilib mutolaa qildi. Lekin bu kitobda bayon qilinganlarning aksariyati Ibn Sino ga
tushunarsiz edi. Tasodifan yosh olimning qoʻliga Abu Nasr Forobiyning „Metafizika“ning
maqsadlari haqida"gi kitobi tushib qoladi va uni oʻqib chiqibgina Ibn Sino metafizikani
oʻzlashtirishga muvaffaq boʻladi. Shunday qilib, Ibn Sino zaruriy bilimlarning barchasini
Buxoroda oldi. Olimning ilmiy ijodi 18 yoshidan boshlandi. U Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy
quvvatlar haqida risola, „Urjuza“ tibbiy sheʼriy asari, oʻz qoʻshnisi va doʻsti Abulhusayn al-
Aruziyning iltimosiga binoan, koʻp fanlarni oʻz ichiga olgan „Alhikmat al-Aruziy“ („Aruziy
hikmati“) asarini taʼlif etdi. Undan tashqari, boshqa bir doʻsti faqih Abu Bakr albar qiy (yoki
Baraqiy) ning iltimosiga koʻra, 20 jildli „Alhosil val-mahsul“ („Yakun va natija“) qomusiy asari
hamda 2 jildli „Kitob al-bir val-ism“ („Sahovat va jinoyat kitobi“)ni yozdi
Qoraxoniylar 999-yil Buxoroni zabt etib, Somoniylar davlatini agʻdarganidan keyin Ibn Sino hayotida tashvishli,
notinch va ogʻir damlar boshlandi. 1002-yil uning otasi vafot etdi. Ikki sulola vakillarining taxt uchun kurashi 1005-yil
gacha davom etib, oxiri Qoraxoniylarning butkul gʻalabasi bilan tugadi. Bunday vaziyatda Buxoroda ortiq qolib
boʻlmas edi. Shu bois Ibn Sino oʻz yurtini tark etib Xorazmga bosh olib ketdi. 11-asr boshlarida Xorazm qoraxoniylar
hujumidan birmuncha tinch boʻlib, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan oʻlka edi. Xorazmshohlar Ali ibn
Maʼmun (997—1009) va Maʼmun ibn Maʼmun (1009—1017) ilm fanga eʼtiborli hukmdorlar boʻlib, olimlarga ilmiy
ijod uchun qulay sharoit yaratib bergan edilar. Shu bois bu davrda Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch) da
zamonasining koʻpgina taniqli olimlari toʻplandi. Yirik matematik va astronom Abu Nasr ibn Irok, (1034-yil vafot e.),
mashhur tabib va faylasuflar Abu Saql Masihiy (1010 i. v. e.), Abu-l-Xayr Hammor (942—1030) va buyuk olim Abu
Rayhon Beruniy shular jumlasidan. Ana shu ilmiy davraga 1005-yil Ibn Sino ham kelib qoʻshildi. Xorazmda Ibn Sino,
asosan, matematika va astronomiya bilan shugʻullandi. Bu sohalardagi bilimlarining chuqurlashib, ilmiy
dunyoqarashining shakllanishida Ibn Iroq va Beruniy bilan boʻlgan ilmiy muloqotlar katta ahamiyat kasb etdi. Ibn
Sinoning Aristotel taʼlimoti xususida Beruniy bilan va oʻzining shogirdi Baxmanyor bilan yozishmalari tarixda
mashhurdir. Ibn Sino Abu Saxl Masihiyning tibbiy tajribasi va bilimlaridan ham katta saboq oldi. Xorazmshoh vaziri
Abulhusayn as-Sahliy ilmlarni sevuvchi kishi boʻlganidan, Ibn Sino u bilan doʻstlashadi va unga atab alkimyoga oid
„Risola aliksir“ („Eliksir haqida risola“) nomli asar yozdi. Biroq Xorazmdagi osoyishta hayot uzoqqa choʻzilmaydi.
Sharqda qudrati ortib borayotgan Gʻazna hukmdori sulton Mahmud Gʻaznaviy bu oʻlkaga koʻz tikadi. U, avval,
Maʼmunga saroydagi bir guruh olimlarini Gʻaznaga joʻnatib yuborishni soʻrab xat yozadi. Bu xatga javoban Beruniy va
Abul-Hammor Gʻaznaga ketadilar. Ibn Sino esa bu taklifni rad etib, Masihiy bilan birgalikda 1010—1011 yillarda
yashirincha Xorazmni tark etadi. Shu vaqtdan olimning sargardonlik yillari boshlanib, umrining oxirigacha vatandan
uzoqda hayot kechirishga majbur boʻladi. Masihiy bilan Ibn Sino Jurjonga — Masihiyning vataniga yoʻl oldilar. Lekin
yoʻldagi qiyinchiliklar va suvsizlik tufayli Masihiy betob boʻlib, vafot etadi. Natijada, Ibn Sino azob-uqubatlar chekib,
avval, Niso, soʻng Obivard, Tus, Shiqqon va Xurosonning boshqa shaharlarida qisqa muddat turganidan keyin,
nihoyat, Kaspiy dengizining janubi sharqida joylashgan Jurjon amirligiga yetib keladi. Ibn Sino Jurjonda 1012—1014
yillarda yashaydi, lekin shu qisqa vaqt ichida uning hayotidagi muhim voqealardan biri — Abu Ubayd Jurjoniy bilan
uchrashuv va bir umrga doʻstlashuv sodir boʻladi. U Ibn Sinoga nafaqat shogird, balki sodiq doʻst ham edi. U Ibn Sino
bilan olimning soʻnggi damigacha, 25-yil davomida birga boʻladi. Ibn Sino tarjimai holining yozilib qolishi, koʻpgina
asarlarining taʼlifi va tartibga tushishi hamda ularning keyingi avlodlarga kelishida Jurjoniyning xizmati katta.
Jurjondalik vaqtida Ibn Sino ham ilmiy ijod bilan shugʻullandi, ham tabib sifatida
faoliyat koʻrsatdi. Bu yerda u shogirdining iltimosiga koʻra, mantiq, falsafa va
boshqa fanlarga oid bir nechta risola yozdi va eng muhimi „Tib qonunlari“ning
dastlabki qismlarini yaratdi. 1014-yil olim Jurjonni tark etib, Rayga koʻchdi. Ibn Sino
Rayga kelgan vaqtida bu yerda buvayhiylardan boʻlmish Majduddavla Abu Tolib
Rustam (997—1029) va uning onasi Sayyida Xotun hukmronlik qilar edilar. Bu yerda
Ibn Sino savdoyi dardiga chalinib qolgan Majduddavlani davoladi va shu sababli
saltanat tepasida turgan Sayyidaning hurmat-ehtiromiga sazovor boʻldi. Lekin olim
Rayda ham uzoq turolmadi, chunki Sulton Mahmud Gʻaznaviyning Rayga ham
hujum qilish xavfi bor edi. Shu bois Ibn Sino Rayni tark etib, nisbatan kuchliroq,
boʻlgan Hamadonga, Majdud-davlaning akasi Shamsuddavla (997— 1021) huzuriga
ketadi. Hukmdorni sanchiq kasalidan davolaganidan keyin olimni saroyga taklif
qiladilar. U avval saroy tabibi boʻlib ishlaydi, soʻng vazirlik mansabiga koʻtariladi.
Davlat ishlari bilan band boʻlishiga qaramay ilmiy ishlarini ham davom ettiradi va
qator asarlar yaratadi. „Tib qonunlari“ning 1-kitobini tugatib, oʻzining mashhur
falsafiy qomusi — „Kitob ash-shifo“ ni ham shu yerda yozishga kirishadi. „Tib
qonunlari“ ning qolgan qismini ham Hamadonda yozib bitiradi.
Zamondoshlari Ibn Sinoni „Shayx ar-Rais“ („donishmandlar sardori, allomalar
raisi“); „Sharaf al-mulk“ („Oʻlka, mamlakatning obroʻsi, sharafi“), „Hujjat al-haqq“
(„Rostlikka dalil“); „Hakim al-vazir“ („Donishmand, tadbirkor vazir“) deb ataganlar.
Jahon fani tarixida Ibn Sino qomusiy olim sifatida tan olingan, chunki u oʻz davridagi
mavjud fanlarning qariyb barchasi bilan shugʻullangan va ularga oid asarlar yozgan.
Olim asarlarini oʻsha davrda Yaqin va Oʻrta Sharqning ilmiy tili boʻlgan arab tilida,
baʼzilari (sheʼriy va ayrim falsafiy asarlari)ni fors tilida yozgan. Turli manbalarda
uning 450 dan ortiq asar yozganligi qayd etilgan, lekin bizgacha ularning 242 (160)
tasi yetib kelgan. Shulardan 80 tasi falsafaga, 43 tasi tabobatga oid boʻlib, qolganlari
mantiq, psixologiya, tabiiyot, astronomiya, matematika, musiqa, kimyo, axloq,
adabiyot va tilshunoslikka bagʻishlangan. Lekin bu asarlarning hammasi ham
olimlar tomonidan bir xilda oʻrganilgan emas. Ibn Sinoning koʻproq falsafa va tibga
oid kitoblari jahonning koʻpgina tillariga tarjima etilib, asrlar davomida qayta qayta
nashr qilib kelinmoqda, lekin shu bilan bir vaqtda, boshqa koʻp asarlari hali
qoʻlyozma holida oʻz tadqiqotchilarini kutmoqda.
Olimning falsafaga oid eng yirik va muhim asari „Kitob ash-shifo“
dir. U 4 qismdan iborat: 1) mantiq — 9 qismga boʻlingan:
• almadhal — mantiqqa kirish;
• al-maqulot — turlari;
• al-iborat — interpretatsiya;
• al-qiyos — sillogizm;
• al-burhon — isbot, dalil;
• al-jadal — tortishuv, dialektika;
• as-safsata — sofistika;
• alxitoba — ritorika;
• ash-sheʼr — poetika (sheʼr sanʼati);
tabiiyot (bu yerda minerallar, oʻsimliklar, hayvonot olami va
insonlar haqida alohida alohida boʻlimlarda gapiriladi; 3)
riyoziyot — 4 fanga boʻlingan; hisob (arifmetika), handasa
(geometriya), astronomiya va musiqa; 4) metafizika yoki ilohiyot.
Bu asarning ayrim qismlari lotin, suryoniy, ibroniy, nemis, ingliz,
fransuz, rus, fors va oʻzbek tillarida nashr etilgan.
Ibn Sino mineralogiya (maʼdanshunoslik) sohasida ham salmoqli
ishlar qilgan. U minerallarning asl tasnifini taklif etdi. Unga koʻra,
barcha maʼdanlar 4 guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar),
oltin-gugurtli yonuvchi birikmalar va tuzlarga boʻlinadi. Bu tasnif
to 19-asr gacha deyarli oʻzgarishsiz saqlanib keldi. Ibn Sinoning
geologiya va mineralogiyaga oid fikrlari uning „al-Afʼol va-
linfiolot“ („Taʼsir va taʼsirlanish“) asarida ham uchraydi.
Ibn Sino oʻz davridagi tabiiy fanlarning rivojiga ham ulkan hissa qoʻshgan olimdir.
Uning tabiiy-ilmiy qarashlari „Kitob ash-shifo“ ning tabiiy fanlarga oid qismida
bayon qilingan. Olimning baʼzi geologik jarayonlarga oid mulohazalari hozirgi ilmiy
nazariyalarga juda yaqindir. Uningcha, vulqonlar aslida togʻ paydo boʻlishi va
zilzilalar bilan bogʻliq. Togʻ paydo boʻli-shining oʻzi esa 2 yoʻl bilan boʻladi: 1) kuchli
yer qimirlashi vaqtida yer qobigʻining koʻtarilishi; 2) suv orqali va havoning asta-
sekin taʼsiri natijasida chuqur jarliklar paydo boʻlib, natijada ularning yonida
balandlik hosil boʻlib qolishi. Zilzilaning paydo boʻlishiga ham bir necha sabablar
bor. Ularning biri gazsimon yo olovsimon bugʻ boʻladi. Mana shu bugʻ harakatga
kelib, yerni qimirlatadi. Suvlarning yer ostiga sizib kirishi, tekis yer chetining
oʻpirilishi, baʼzida togʻ choʻqqilarining kuch bilan qulashi ham zilzilaga sabab
boʻladi. Olim fikricha, yer yuzasining maʼlum qismi bir mahallar dengiz tubi boʻlgan,
zamon oʻtishi bilan geologik jarayon oqibatida suv xavzalari oʻrni oʻzgargan. Bir
vaqtlar dengiz boʻlib, hozir quruklikka aylangan yerlarda dengiz hayvonlarining
tosh-qotgan qoldiqlari saqlanib qolgan. U bunday yerlarga Kufa, Misr va Xorazm
yerlarini kiritadi.
Ibn Sino boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan ham shugʻullangan va unga oid
asarlar ham yozgan. Bu asarlarini u turli davrda yozgan boʻlgani uchun ularda Ibn
Sinoning kimyoga boʻlgan munosabatining evolyusion oʻzgarib borishi yaqqol aks
etgan. Uning kimyo sohasida aytgan fikrlari oʻsha davrdagi alkimyo uchun
nihoyatda ilgʻor edi. Ibn Sino 21 yoshida, yaʼni ilmiy faoliyatining boʻsagʻasida
metallar transmutatsiyasiga, yaʼni oddiy metallarni oltin va kumushga kimyoviy yoʻl
bilan aylantirish mumkinligiga ishongan va mutaqaddim kimyogarlarning kitoblari
taʼsiri ostida „Ri-sola as-sanʼa ilalbaraqiy“ („Baraqiyga atab sanʼat (alkimyo) ga doir
risola“) nomli kichik asar yozgan. Lekin 30 yoshlarga borib, ilmiy tajribasi ortgan
yosh olim bu sohadagi urinishlarning zoye ketishiga amalda ishonch hosil qiladi va
„Risola aliksir“ („Iliksir haqida risola“) asarida kimyoviy yoʻl bilan sof oltin va
kumush olish mumkinligiga shubha bildiradi. 40 yoshlarda yozishga kirishgan „Kitob
ash-shifo“ da esa kimyogarlarning transmutatsiya sohasidagi barcha harakatlari
behuda ekanligini nazariy jihatdan isbotlashga urindi. Uning fikricha, oʻsha vaqtda
maʼlum boʻlgan har bir metall oʻzicha alohida bir modda boʻlib, kimyogarlar
oʻylagandek bir yagona metallning turi emas. U oltinning alohida bir elementligini
bilmasada, uni narsalardan yasab boʻlmasligini ham anglagan edi. Olimning bu
nazariy mulohazalari oʻrta asr kimyosining ilmiy kimyoga oʻsib oʻtishida muhim rol
oʻynadi.
• Ibn Sino botanika masalalari bilan ham juda koʻp shugʻullandi, chunki tabobatda
ishlatiladigan dorivor moddalarning aksariyati oʻsimliklardan olinadi. U „Kitob
ash-shifo“ ning „anna-bot“ („Oʻsimliklar“) qismida oʻsimliklarning turlari, paydo
boʻlishi, oziqlanishi, oʻsimlik aʼzolari va ularning vazifalari, koʻpayishi hamda oʻsish
sharoitlari haqida yozadi, ilmiy terminologiya yaratish sohasida ham ish olib
boradi.
• Ibn Sino yoshligidan astronomiyaga qiziqqan va bu qiziqish umrining oxirigacha
saklangan. U 8 ta mustaqil risola hamda „Kitob ash-shifo“ va „Donishnoma“ ning
riyoziyot qismlarida astronomiyaga alohida boblarni bagʻishlagan. Ptolemeyning
„Almagest“ ini qayta ishlab, shuning asosida amaliy astronomiya boʻyicha
qoʻllanma yaratgan. Ibn Sino Jurjon shahrining geografik uzunligini oʻz davri
uchun butunlay yangi boʻlgan usul — Oyning eng baland nuktasini kuzatish orqali
aniqlab bergan. Beruniy „Geodeziya“ asarida bu usulning toʻgʻriligi haqida gapirib,
uni faqat Ibn Sino nomi bilan bogʻlaydi. Bu usul Yevropada 500-yil dan keyin
(1514-yil) astronom Verner tomonidan yangidan kashf qilindi.
• Matematika sohasida Ibn Sino Yevklidni „Negizlar“ kitobini
qayta ishlab, unga sharh va toʻldirishlar kiritdi, geometrik
oʻlchamlarga arifmetik terminologiya qoʻlladi, „son“
tushunchasi doirasini „natural son“ dan ancha kengaytirdi.
• Sheʼriyat sohasida ham Ibn Sino sezilarli iz qoldirdi. U oʻzining
ayrim tibbiy asarlari („Urjuza“) ni rajaz vaznli sheʼrda yozgan.
Bundan tashqari, uning bir nechta falsafiy qissalari ham borki,
ular keyinchalik fors adabiyotiga chuqur taʼsir koʻrsatdi.
Olimning fors tilida yozgan bir necha gʻazal va qitʼalari, 40 dan
ortiq ruboiylari mavjud. Uning sheʼriy merosi qisman rus va
oʻzbek tillarida nashr etilgan.
Ibn Sino musiqa bobida Forobiyni ilmiy yoʻnalishini davom ettirgan yirik
nazariyotchidir. Musiqa haqidagi „Javomeʼ ilm ul-musiqiy“ („Musiqa ilmiga oid
toʻplam“) asari „Kitob ash-shifo“ ning bir qismi boʻlib, har biri bir necha bobli 6
boʻlimdan iborat. „annajot“, „Donishnoma“larda musiqa haqida kichik boʻlimlar
mavjud, „Tib qonunlari“, „Risolai ishq“ va boshqa da mu-siqaning ayrim masalalari
haqida fikr yuritgan. Oʻz davri musiqasining barcha muammolarini bayon etgan:
nagma. boʻd (interval), lad tizimlari, iyqo, kuy yaratish, musiqa asboblari va hokazo.
Yevropada keyinchalik „sof tizma (tovushqator)“ atalgan musiqaviy tuzilmani
birinchi boʻlib asoslagan. Ibn Sino musiqiy goʻzallik haqida mukammal taʼlimotni
ilgari surib, musiqani hamohanglikning eng kamolga yetgan turi deb biladi. Ritm
masalalariga Sharqning boshqa musiqa nazariyotchilari singari aruz badiiy tizim
bilan bogʻliq holda qaraydi. Tabib sifatida u musiqani muhim tibbiy vositalar
jumlasiga kiritgan. Inson nutqiy ohanglari rivojlanishi natijasida musiqa paydo
boʻlganligi haqidagi nazariyasi hozirgi zamonaviy musiqa nazariyalariga mos keladi.
Oʻzining barkamol shaxsni tarbiyalash gʻoyasida musiqani asosiy vositalar sirasiga
kiritgan.
Ibn Sinoning tabobat sohasida qilgan ishlari oʻsha davr tabobatini bir necha davrga
ilgarilatdi va ayrim sohalarda hatto hozirgi zamon tibbiyotiga yakinlashtirdi ham.
Olim yashagan davrda bu sohada antik olimlarning, xususan Gippokrat, Galen,
Dioskorid va boshqalarning taʼlimoti ustuvor edi. Ibn Sino ham oʻz tibbiy faoliyatida
ularning nazariy qarashlari va amaliy koʻrsatmalariga tayandi, lekin ularni Hindiston,
Xitoy, Oʻrta Osiyo, Sharq olimlarining hamda uz tajribalari va bilimlari asosida
rivojlantirdi va bo-yitdi. Ibn Sinoning daho tabib sifatida shuxrat qozonishining
asosiy omillaridan biri — uning tib nazariyasini, xususan, anatomiya — inson
gavdasi tuzilishini mukammal bilishligidir. Bosh suyagining tuzulishi, tishlarning
tuzilishi toʻgʻrisida u Galenga ergashgan holda toʻgʻri fikrlagan. Uning koʻzning
anatomiyasi, koʻrish jarayonining qanday sodir boʻlishi va unda koʻz qorachigʻining
roli, koʻz muskullarining joylashishi xususida yozganlari zamonaviy oftalmologiyaga
yaqindir. Asablar, qon tomirlar, mushaklarning tuzilishi va funksiyalari toʻgʻrisida
yozganlari anatomiyaning amaliyot bilan bogʻliqligini koʻrsatadi. Bu esa amaliy
anatomiyaning asoschisi deb tan olingan rus olimi N. I. Pirogov Ibn Sinoning izdoshi
deyishga asos beradi.
Ibn Sino oʻtkir diagnost edi. Uning baʼzi tashhis usullari hozir ham oʻz ahamiyatini
yoʻqotmagan. Perkussiya (aʼzoga urish orqali diagnoz qoʻyish)ni, xususan, assit va
meteorizmni farqlashda, istisqoni aniqlashda (qoringa sekin urish orqali) qoʻllagan. Bu
usul 600 yildan keyin venalik tabib Leopold Auenbrugger (1722—1809) tomonidan qayta
kashf qilinib, yana 50 yildan soʻng amaliyotga kirgan. Olim qon tuflash holatlari va nafas
olish turlarini chuqur oʻrganib, ulardan tashhisda foydalangan. Ibn Sino turli
kasalliklarning differensial diagnosti-kasida va gavdaning umumiy holatini aniqlashda
tomir urishi, siydik va najasga qarab olinadigan belgilarga katta eʼtibor beradi. Masalan,
diabet (qand) kasalligini u siydikning holati, shu jumladan, undagi shirinlik moddasiga
qarab tashxis qiladi. Diabet kasalligida siydikda qand modsasi boʻlishini 1775-yil da ingliz
olimi Dobson aniqlagan. Tabobat tarixida ilk bor Ibn Sino vabo bilan oʻlatni farqlagan,
yuqumli kasalliklar bilan ogʻrigan bemorlarni boshqalardan ajratgan holda saqlash
kerakligini taʼkidlagan, meningit, oshqozon yarasi, sariq kasalligi, plevrit mo-xov, zaxm,
qizamiq, suvchechak, kuydirgi kabi kasalliklarning belgilari va kechish jarayonini toʻgʻri
tasvirlab bergan. Quturish kasalligining koʻrinishlari, uning yuqumli harakteri, bemorning
bu kasallikdagi holatlarini juda toʻgʻri aniqlagan. 1804-yil da yevropalik olim Sinke
quturgan hayvonlarning soʻlagi yuqumliligini tasdiqlagan. Psixik va asab kasalliklarini
tavsiflash va davolashga ham olim koʻp yangiliklarni kiritgan. Bu kasalliklarni davolashda u
atrof muhitning, iqlimning, parhez va jismoniy mashqlarning taʼsiriga hamda bemor
kayfiyatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarga katta ahamiyat beradi.
Bemorlarni davolashda olim 3 narsaga — tartib (parhez), dorilar bilan davolash va turli tibbiy
tadbirlarni qoʻllash (qon olish, banka qoʻyish, zuluk solish, huqna va hokazo)ga ahamiyat berish
kerakligini aytadi. Kasallikni davolashda ovqatlanish, yaʼni parhezni muhim omillardan deb
hisoblaydi va har bir kasallik uchun oʻz ovqatlanish tartibini beradi. Chunonchi, jigar kasalliklarida
koʻproq mayiz, anjir, anor suvi isteʼmol qilishni buyuradi. Bu esa bunday kasalliklarni hozirgi
glyukoza va insulin bilan davolash usullarining qadimgi koʻrinishidir. Ibn Sinoning jarroxlik sohasini
rivojlantirishdagi xizmatlari ham ulkandir. U oʻz tibbiy asarlarida zamonaviy jarroxlikda qoʻllanib
kelayotgan ayrim usullarni bayon qiladi. Yiringli shishlarni kuydirish yoki pichoq bilan yorish,
bavosir shishlarini tikish, tampon, oʻtkir modda yoki tikish bilan qon toʻxtatish, tomoqni kesib,
nay qoʻyish (traxeotomiya) shular jumlasidandir. Yelka suyagining chiqishini oddiy bosish bilan
davolash usuli hozirgacha „Avitsenna usuli“ deb ataladi. Umurtqaning qiyshayishini Ibn Sino oʻzi
ixtiro qilgan yogʻoch moslama yordamida tuzatgan. Bu usulni XV asr da fransuz tabibi Kalo qayta
kashf etgan. Suyaklarni gipslash usuli ham Ibn Sino tomonidan keng qoʻllangan, lekin u ham
keyinchalik unutilib, yevropalik tabiblar tomonidan 1852-yil da amaliyotga yangi ixtiro sifatida
qaytarilgan. Hozirgi koʻz jarroxligida qoʻllanayotgan usullarning qariyb barchasi Ibn Sinoga maʼlum
boʻlgan. Yomon sifatli saraton (rak) shishlari, qovuq toshlarini olish, istisqo, bavosirning
operatsiyalari, bosh suyagining operatsiyasi va boshqa Ibn Sino qoʻllagan muolaja usullaridandir.
Jarrohlikda anesteziya (ogʻriqni sezdirmaslik) masalasiga ham Ibn Sino katta eʼtibor bergan.
Buning uchun u afyun, mingdevona, nasha va sh. k. narkotik taʼsirga ega boʻlgan dorilardan
foydalangan. Kasallikni davolashda Ibn Sino shaxsiy gigiyena, uyqu va jismoniy mashqlarning
ahamiyati kattaligini uqtirgan. Uning bir kasallikni boshqa bir kasallikni chaqirish yoʻli bilan
davolash usuli diqqatga sazovordir. Masalan, u tutqanoqni davolashda toʻrt kunlik isitma bilan
ogʻrishni foydali deb biladi. Avstriyalik psixiatr Yu. Vagner-Yaureg (1857—1940) shunday usulni
qoʻllab, zaxm kasalligini bezgakni yuqtirish orqali davolagani uchun 1927-yil da Nobel mukofotiga
sazovor boʻlgan.
Ibn Sino oʻzining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va Gʻarb
madaniyatining rivojiga katta taʼsir koʻrsatdi. Sharqning Umar Xayyom, Abu Ubayd
Juzjoniy, Nasriddin Tusiy, Fariduddin Attor, Ibn Rushd, Nizomiy Ganjaviy, Faxriddin
Roziy, atTaftazoniy, Nosir Hisrav, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon
Jomiy, Ulugʻbek, Bedil, Bahma-nyor ibn Marzbon kabi mutafakkir va olimlari oʻz
asarlarida Ibn Sino taʼlimoti va ilmiy gʻoyalarini davom ettirdilar. Yevropada
allomaning asarlari 12-asr dan boshlab lotin tiliga tarjima qilinib, un-tlarda oʻqitila
boshlandi. Yevropaning mashhur faylasuf va tabiatshunos olimlaridan Jordano
Bruno, Gundisvalvo, Vilgelm Overnskiy, Aleksandr Gelskiy, Albert fon Bolshtedt,
Foma Akvinskiy, Rojer Bekon, Dante va boshqalar I.S.ning ilgʻor fikrlaridan oʻz
ijodlarida foydalandilar va uning nomini zoʻr hurmat bilan tilga oldilar.
Ibn Sinoning tabobat da qilgan ishlari uning nomini bir necha joylarda shu fan
sohasi bilan chambarchas bogʻladi. Olimning tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmati
shundaki, u oʻzigacha oʻtgan turli xalq namoyandalari tomonidan ayerlar davomida
tib ilmi sohasida toʻplangan maʼlumotlarni saralab, muayyan bir tartibga soldi va
ularni oʻz tajribalari bilan boyitgan holda maʼlum nazariya va qonunqoida asosida
umumlashtirdi. Bunga uning „Tib qonunlari“ va bu asarning jahon tib ilmi tarixida
tutgan mavqei va krzongan shuhrati yorqin dalildir.
Dostları ilə paylaş: |