Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo al-Roziy



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə2/4
tarix16.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#182244
1   2   3   4
Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo al-Roziy

Roziy mashhur kimyogar boʻlib, kimyo faniga oid 26 ta asar yozgan, biroq, bizgacha ularning 4 tasigina yetib kelgan. Bular orasida „Kitob ulasror“ („Sirlar kitobi“) va [[„Kitob sirr ilasror“ („Sirlar siri kitobi“) asarlari alohida oʻrin tutadi. „Kitob ulasror“da oʻrta asr Sharq kimyosi oʻzining toʻla ifodasini topgan. Roziyning bu asarlari uning nazariy jihatdan bir metallni ikkinchi metallga kimyoviy yoʻl bilan aylantirish mumkinligiga ishonganini koʻrsatadi. Garchi amaliy jihatdan uning nazariyasi utopik boʻlsada, oltin va kumush hosil qilish yoʻlidagi urinishlari tufayli Roziy hozirgi kimyoni bir qancha yangi moddalar, asboblar va kimyoviy amallar bilan boyitgan.

  • Roziy mashhur kimyogar boʻlib, kimyo faniga oid 26 ta asar yozgan, biroq, bizgacha ularning 4 tasigina yetib kelgan. Bular orasida „Kitob ulasror“ („Sirlar kitobi“) va [[„Kitob sirr ilasror“ („Sirlar siri kitobi“) asarlari alohida oʻrin tutadi. „Kitob ulasror“da oʻrta asr Sharq kimyosi oʻzining toʻla ifodasini topgan. Roziyning bu asarlari uning nazariy jihatdan bir metallni ikkinchi metallga kimyoviy yoʻl bilan aylantirish mumkinligiga ishonganini koʻrsatadi. Garchi amaliy jihatdan uning nazariyasi utopik boʻlsada, oltin va kumush hosil qilish yoʻlidagi urinishlari tufayli Roziy hozirgi kimyoni bir qancha yangi moddalar, asboblar va kimyoviy amallar bilan boyitgan.
  • Roziyning tibbiyot va kimyo sohalariga oid asarlari oʻrta asrlarda Sharq va Gʻarbda shu sohalarning rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatgan.

Falsafiy-ijtimoiy qarashlari

  • Roziy oʻrta asr Yaqin va Oʻrta Sharq xalqlari falsafasida mavjud boʻlgan taʼlimotlarning birortasiga bogʻliq boʻlmagan holda borliq va uning mohiyati haqida oʻz mustaqil taʼlimotini yaratgan. Uningcha, borliq — yagona bir-biriga boʻysunmagan 5 mustaqil boshlangʻich mohiyat (yaratuvchi, jon, vaqt, makon, materiya)dan vujudga kelgan. Bularning har biri borliqning vujudga kelishi va mavjud boʻlib qolishida „zaroʻriy vujud“larni Roziy materiya, makon, zamonni yaratuvchi va jon bilan bir xil zaruriy mohiyat deb hisoblab, moddiylikni ilohiylikka, ilohiylikni moddiylikka boʻysundirmadi. U oʻz davrining yirik tabiatshunosi sifatida moddiy olam hodisalari va jarayonlarini materiya va uning xususiyatlari bilan izoxlashga harakat qildi, oʻz naturfalsafiy qarashlarida maʼlum darajada ilmiy nuqtai nazarga yaqinlashdi. Oʻrta asr falsafasi uchun erishgan eng katta yutuqlaridan biri — Roziyning narsalar moddiy atom zarralaridan tuzilgani haqidagi taʼlimoti. Roziy Demokrit va Epikur atomistik taʼlimotini oʻrta asrlarda birinchi marta qayta tikladi. Uningcha, materiya dastlab „boʻlinmas zarralar (atom) holatida boʻladi“, ular „ogʻirlik va tanaga ega“, „moddiy zarralarning boʻshliq zarralari bilan qoʻshilishi“ natijasida 4 unsur: tuproq, suv, xavo va olov paydo boʻladi. Atomlarning moddiyligi, abadiyligi va obyektivligi tufayli ulardan vujudga kelgan moddiy olam ham obyektiv va abadiydir. Roziy zarralarning oʻz-oʻzidan harakati masalasini tushunmadi va muayyan narsalarning vujudga kelish jarayoni asosida materiya yotsa ham, bu jarayon jonning materiyaga intilishi va u bilan birikishi tufayli yuz berishi haqidagi dualistik nuqtai nazarda turadi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin