Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, dunyo fani va madaniyati, uyg’onish davrining ko’zga ko’ringan vakillaridan biri bo’lgan Forobiy qadimgi yunon fani va madaniyatining insoniyat sivilizatsiyasida tutgan o’rnini yuksak baholab, butun ilmiy faoliyati davomida nafaqat unga suyandi, cheksiz hayratlandi va ilhomlandi, balki kishilik tarixida o’chmas iz qoldirgan yunon olimlarining, ko’proq Arastuning asarlarini targ’ib qildi, ularning ko’plarini arab tiliga tarjima qildi. Antik dunyo olimlarining qoldirgan meroslarini to’la o’rganmasdan turib, fan va madaniyatni rivojlantirish mumkin emasligini yaxshi tushungan Abu Nasr Forobiy yunon mutafakkirlarining “qul”iga aylanib qolmadi, baliki ko’p qirrali olim va ijodkorlarning davomchisi, o’z davri sharoitida mustaqil fikr yurituvchi alloma sifatida o’zini namoyon qildi.

Forobiy yaratgan tizim mazmunan universal xususiyatga ega bo’lib, o’z davri fanlarining barcha muhum masalalari:
Falsafaning umumiy muammolari tabiatshunoslikning asosiy falsafiy masalalari· borliqni bilish mantiqning bahsli muammolari inson va tabiat o’rtasidagi chambarchas bog’liqlik ekologik muammolarni ham o’z ichiga oladi.