Beruniy bobomizning Astronomiya ilmida katta xissasi
Beruniy qadimgi yunon ilmi va uning vakillari Aristotel', Platon, Ptolemey, Yevklid kabilarning asarlari, hind olimlari, musulmon olimlari al-Xorazmiy, Farg'oniy, Battoniy, Roziy, Abu Tammam, ibn Kaysum, Abu Ma'shar asarlari bilan yaqindan tanish bo'lgan, ularga sharhlar, izohlar, tuzatishlar, raddiyalar yozgan. Uning ilmiy merosi g'oyat rang-barang bo'lib, tibbiyot faniga, astronomiya faniga xizmati juda kattadir. Beruniy o'z ilmiy asarlarida dunyo-ning tuzilishi masalasida Ptolemey sistemasiga suyansa ham, yerning harakati haqida Beruniy: «Erning harakatsizligi (masalasi) astronomiya fanining asosiy masalalaridan biri bo'lib, bu haqda yuz beradigan shubhalarni yechish qiyin», deb yozadi. Osmon jismlarini geometrik tushuntirish asosida Beruniy Kopernikdan bir necha asr avval Yerni koinotning markazi deb biluvchi geotsentrik va quyoshni koinot markazi deb o'rgatuvchi geliotsentrik tizim teng kuchga ega, degan xulosaga keladi. «Geodeziya» asarida Beruniy geotsentrizm bilan bog'liq bo'lgan ba'zi bir nazariyalarning to'g'riligiga shubha bilan qaraganini ochiqdan-ochiq bayon etadi. Beruniy harakat traektoriyasi va osmon yoritqichlari shaklining ellipsoid ekanligi haqida birinchi bo'lib fikr yuritgan olimlardan bo'lib, joylarning geografik uzokligini, kengligini aniqlash yo'llarini tanlab olishda novator hisoblanadi. U trigonometriyani, geometriyani keng qo'llash orqali o'zidan oldingi astronomlarga nisbatan ancha aniq natijalarga erishdi. Turli joylarning geografik kengligi va uzoqligini aniqlashda Beruniy erishgan natijalar hatto hozirgi zamon olimlarini ham hayratda qoddiradi. Buyuk olim Yer yuzasining har bir qismi o'zining uzoq tarixiy taraqqiyotiga ega ekanligini qayd etadi. Markaziy Osiyoning ba'zi bir mintaqalari, shu jumladan, Amudaryo vodiysining geologik rivojlanishini birinchi marta jiddiy o'rganishga harakat qilgan ham Beruniydir. Uning Amudaryo vodiysining geologik o'tmishi va Orol dengizining paydo bo'lishi haqidagi xulosalari o'sha zamonning eng muvaffaqiyatli geologik tahlillaridan biri bo'lib hisoblanadi. Olim «Dengizlar quruqlikka, quruqliklar esa dengizga aylanadi» degan nazariyaga suyanadi. Beruniyning foydali qazilmalar qatlamining paydo bo'lishi, jinslar yemirilishining ahamiyati, tog' jinslarining nurashi kabilar haqidagi xulosalari katta ilmiy ahamiyatga egadir. U tog'larning paydo bo'lishi va yo'q bo'lib ketishi tabiiy omillar asosida yuz berishini talqin etuvchi nazariyani olg'a suradi.
Beruniy Aristotelning naturfilosofiyasi bilan bevosita shug'ullanishi natijasida Aristotel' qarashlariga tanqidiy yondashib, hatto zaif tomonlarini tanqid etish darajasiga borib yetdi.
Beruniyning Aristotelga munosabati ibn Sino bilan yozishmasida o'z ifodasini topgan. Ularning yozishmalari asosan Aristotelning «Fazo haqida» va «Fizika» asarlari bo'yicha olib borilgan edi. Beruniy Aristotelni qadimgi dunyoning eng qomusiy yetuk olimi deb zo'r hurmat bilan tilga oladi.
Beruniyning boshqa dunyolar mavjudligi to'g'risida taxmini uning ilmiy yutuqlaridan biri hisoblanadi.
Olimning fikrlari, bir tomondan, Markaziy Osiyo, qadimgi yunon va hind mutafakkirlarining ilg'or an'analarini ijodiy rivojlantirgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, Beruniyning yetukligi tafakkur doirasining kengligidan dalolat beradi. Beruniy tomonidan «sabablarning sababi» — inson va insoniyat jamiyatining yuzaga kelishi masalasining qo'yilishi diqqatga sazovor. «qadimgi tarixlarning eng qadimgisi va eng mashhuri bashariyatning boshlanishidir». Bu yerda Beruniy kishilik jamiyatining paydo bo'lishi haqida ratsionalizm pozitsiyasida turganini ko'ramiz. Beruniy in-sonlar o'rtasidagi tavofut borligi haqida gapirar ekan, u faqat tashqi farqlar to'g'risida fikr yuritgan. Lekin kishilarning ichki tuzilishi va tashkil topishi, uning fikricha, barchada umumiydir. U inson bilan maymun o'rtasida o'xshashlik borligini qayd etadi.
Beruniy o'zining «Hindiston» asarida musulmonlar bilan hindlarning urf-odatlari o'rtasidagi farqlarni tahlil qilib, ular geografik sharoitlarga bog'liq degan fikrni ilgari surdi, geografik omilning rolini tahlil qilishni davom ettirib, hatto tillarning turlichaligi ham geografik sharoitlarga bog'liq deb qaradi. «Tillarning turlicha bo'lishiga sabab odamlarning guruhlarga ajralib ketishi, bir-birlaridan uzoq turishi»dir.
Beruniy ijtimoiy hayot o'ziga xos «shartnoma» asosida tuzilishini e'tirof etadi: «Inson o'z extiyojlarini tushunib, o'ziga o'xshash kishilar bilan birga yashashning zarurligini anglay boshlaydi. Shuning uchun o'zaro kelishuvchanlik qabilidagi «shartnoma» tuzishga kirishadi. Odamlarning birgaliqdagi turmushi insonni haqiqiy qudratga, uning ehtiyojlarini qondirishga olib kelmaydi, buning uchun yana mehnat qilish ham zarurdir». Bu fikrni davom ettirib, «insonning qadr-qimmati o'z vazifasini a'lo darajada bajarishdan iborat: shuning uchun insonning eng asosiy vazifasi va o'rni mehnat bilan belgilanadi, inson o'z xohishiga mehnat tufayli erishadi», deb yozgan edi u.
Beruniy jamiyatni boshqarishda jamiyat podshohga xizmat qilmay, podshoh jamiyatga xizmat qilshshi kerakligini tushungan. «Idora qilish va boshqarishning mohiyati balki boshliq zolimlardan aziyat chekkanlarning huquqlarini himoya qilish, birovlarning tinchligi yo'lida o'z tinchligini yo'qotishdir. Bu ularning oilasini, ularning hayoti va mol-mulkini himolya qilish va qo'riqlash yo'lida badan charchashidan iborat».
Tabiatan boshqarishga moyili bo'lgan hokim o'z fikri va qarorlarida qat'iy bo'lishi kerak, o'z ishlarini amalga oshirishda faylasuflarning qonunlariga, Alekssandr Makedonskiy Aristotelning falsafiy donishmandligiga amal qilganidek, bo'ysunishlik lozim: shohning o'zi ham «yaratuvchanlik «ongiga» ega bo'lmog'i, ayniqsa, dehqonlar to'g'risida ko'proq g'am yeyishi kerak. «Podshohlik dehqonchiliksiz yashay olmaydi», dedi Berouniy. Beruniyda shunday fikrlar bor: «odil hokimning asosiy vazifasi oliy va past tabaqalar, kuchlilar va kuchsizlar orasida tenglik, adolat o'rnatishdan iboratdir».
Beruniy o'rta asr sharoitida haqiqiy ilmiy tabiatshunoslikka asos soldi, uning turli sohalarshda o'z davri uchun taajjubga soluvchi shunday fikr va ilmiy farazxdarni olg'a surdiki, ular bir necha asrlardan so'ng Ovro'po ilmida o'z isbotini topdi. Beruniy O'rta asr sharoitida haqiqiy tajribaga, kguzatish, eksperimenta asoslanuvchi aniq ilmiy tafakkurni boshtab beruvchilardandir.
Beruniy filologiya sohasida. ham qalam tebratib, mumtoz arab she'riyati, hind she'riyati tuzilvdshiga oid tadqiqotlar, eron fol'klori namunalarining arab tiliga tarjimalarini yaratdi. Beruniy mamlakat ravnaqi fan ravnaqi bilan uzviy bog'liq deb bildi. «Har bir olim o'z muhokamasida amalshyotga asoslaninsh, o'z tadqiqotida aniq bo'lishi, to'xtovsiz mehnat kqilishi, xatolarini qidirib tuzatishi, ilmda haqiqat uchun har xil uydurma, yuzakichilikka qarshi kurash olib borishi zarur», degan edi.
U xalqlar dust, inoq, ittifoq bo'lib yashashi uchun kurashib, insoniyatga, u yaratgan fan va madaniyatga qirg'in keltiruvchi urushlarni qattiq qoraladi. Olim o'zining «Hindiston» asarida «xalqlar o'rtasida tortishish va talashish ko'p», deb afsuslanib yozgan edi. Uning Hindistonda olib borgan keng ilmiy-tadqiqot ishlari xalqlar o'rtasidagi do'stlik, o'zaro hamkorlik va madaniy munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan edsh. Bundan ko'rinib turibdiki, Beruniy madaniy hamkorlik va ilm-ma'rifatning keng tarqalishiga katta e'tibor berdi.
Beruniyning asarlari musulamon Sharqi madaiiyatining so'nggi rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatdi. So'nggi asarltarda arab va fors tillarida yozilgan Bayhaqiy, Shaxrizo'riy, Qiftiy, Yoqut Hamaviy asarlarida Beruniy haqida muhjm ma'lumotlar keltiriladi. XIII asrda yashagan suriyalik tarixchi va tabib Xristian Ioanni Barerey (1226—1286) Beruniyga shunday baho beradi: «O'sha o'tgan yillarda yunon va hind falsafasi dengizini kechib o'tgan Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o'tmish ilmlarda shuhrat qozondi. U matematika ilmlarida mutaxassis bo'lib, bu sohada qator muhim kitoblar yaratdi. Hindistonga borib, u yerda bir nega yil yashadi, hind faylasuflaridan ularning san'atini o'rgandi va ularga yunon falsafasini o'rgatdi. Uning asarlari nihoyatda ko'p, yetuk va nihoyatda ishonchlidir. Bir so'z bilan aytganda, o'z davrida, undan so'ng va hozirga qadar hamkasblari orasida astronomiya ilmida bunday bilimdon va bu ilmning asosini hamda nozik tomonlarini chuqur biladigan olim bo'lmagan». Beruniy haqidagi oliy baho va tavsiflar Tabriziy, Suyutiy, qazviniy, Tusiy, Muhammad ibn Mansur al-Allomiy, al-Xurosoniy kabilarning asarlarida keltiriladi.
XIX asrdan boshlab Ovro'po va Osiyo mamlakatlarida Beruniy merosi bilan qiziqish yanada keng tus oldi. Uning asarlari lotin, frantsuz, ital'yan, nemis, ingliz, fors, turk tillariga tarjima etila boshlandi. Beruniy asarlariga bag'ishlangan ovro'polik olimlar J. Reno, E. Zaxau, G. Zuter, E. Videman, K. Nallino, J. Sarton, R. Rayt, M. Meyerxof, osiyo olimlari S. X. Nasr, M. Kozim, S. Baraniy, M. Nizamuddin, Sh. Yaltkay kabilarning kitoblari, tarjimalari nashr etildi. Bu tadqiqotchilar Beruniy ijodiga juda yuqori baho berdilar. Amriqolik tarixchi olim J. Sarton Beruniyning merosiga eng oliy baho berish bilan birga, uning o'z davrining jahondagi birinchi donishmandi deb baholaydi. Atoqli sharqshunos V. R. Rozen esa, unga ilmiy qarashlari taajjub qolarli darajada kengligi, uning hozirgi ma'nodagi haqiqiy fanning ruhiga ega ekanligini qayd etadi.
Hind olimlari ham Beruniyning Hindiston falsafasi, , ilmi, urf-odatlari tarixini o'rganishga qo'shgan ulkan hissaenga nihoyatda yuqori baho beradilar. Beruniy merosi rus olimlarini ham har tomonlama qiziqgirib keldi. I. Yu. Krachkovskiy, S. P. Tolstoy, A. A. Raynov, A. M. Belenitskiy, A. A. Semyonov, B. A. Rozenfedts. larning unga bag'ishlangan asarlari e'lon qilindi. Mashhur sharqshunos olim I. Yu. Krachkovskiy Beruniy merosiga yuqori baho berib, «uning qiziqqan ilm sohalaridan ko'ra qiziqmagan sohalarini sanab o'tish osondir» deb, allomaning qomusiy aqlini yana bir bor ta'kidlab o'tadi.
Beruniyning o'z vatani O'zbekistonda ham uning ijodiga karta e'tibor berib kelinmoqda. H. M. Abdullaev, I. M. Mo'minov, V. Yu. Zohidov, Ya. G'. g'ulomov, U. Karimov, S. A. Bulgakov kabi atoqli olimlarimiz Beruniy faoliyati haqida qator risola, asarlar yaratdilar. Toshkentda unga bag'ishlangan qator Xalqaro ilmiy konferentsiyalar o'tkazildi. Birinchi bor Beruniyning «Kadimgi yodgorliklar»,
«Hindiston», «Mas'ud qonuni», «Geodeziya», «Saydona» kabi asosiy asarlarini o'z ichiga oluvchi ko'p tomli saylanma asarlari o'zbek va rus tillarida O'zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan nashr etildi. Ko'chalar, institutlarga uning nomi berilgan. Fan sohasida Beruniy nomidagi Davlat mukofoti ta'sis etilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
Abu Ray h u Beruniy. Hindiston (Tarjimonlar A. Rasulov, G'alaba Jalolov, Yu. Hakimjonov)
Tuychieva, G. U. Aristotelning "poetikasi" va Abu Rayhon Biruniyning adabiyot haqidagi qarashlari
www.wikipedia.org
www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |