Abu rayhon beruniy nom id ag I to sh k en t da vlat texn ika u n IV er site ti m. X. Aripova



Yüklə 3,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/57
tarix27.09.2023
ölçüsü3,32 Mb.
#149843
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57
Radioelektron apparatlarni loyihalash va modellashtirish asoslari

Dasturiy 
ta’minot umumiy sistemali va amaliy dasturiy ta’minotga 
bo'linadi. Umumiy sistemali dasturiy ta’minot komponentlari bo‘lib 
opcratsion sistema, algoritmik tillar translyatorlari, supervizorlar va 
boshqalar hisoblanadi. Ulaming asosiy vazifalari kompyuterga 
axborotlami kiritish-chiqarishni, ishlov berishni, muloqotli rejimni 
tashkil etishni va loyihalash obyektiga b o g iiq bo‘lmagan boshqa 
xizmat ko‘rsatish funksiyalarini boshqarishdan iborat. Amaliy 
dasturiy ta’minot loyiha yechimini hosil qilish uchun bevosita 
m o‘ljallangan amaliy dastur paketlarini va dasturlami o ‘z tarkibiga 
kiritadi. Amaliy dasturiy ta ’minot loyihalanilayotgan REV va 
sistemali dasturlash sohasining mutaxassislari bilan birgalikda 
yaratiladi.
ALSning texnik ta’minoti o ‘z tarkibiga hisoblash va tashkiliy 
texnik vositalarini, axborotlami uzatish vositalarini, o ‘lchash 
texnikasi va boshqa qurilmalami kiritadi.
ALSning axborotli ta ’minoti standart loyihalash protsedura- 
laridan, tipli loyiha yechimlaridan, REVsining tipli elementlaridan, 
ulaming modellaridan, materiallar, parametrlarining sonli qiymatlari 
va boshqa m a’lumotlardan tashkil topadi. Bu m a’lumotlar kodlash- 
tirilgan shakllarda axborot tashuvchilarga yoziladi (magnit lenta- 
larda, magnit disklarda). Axborotli ta ’minotning asosiy vazifasi 
loyihalash jarayoni uchun kerakli, REVsini yaratuvchisi tomonidan 
yaratilishi kerak boMgan axborot hajmini kamaytirish, amaliy 
dasturiy ta ’minoti va ALS texnik ta ’minoti m a’lumotlarini 
takrorlanishini oldini olishdan iborat.
Axborotli ta’minotning aniq bir izohlash obyektiga tegishli 
bo‘lgan m a’lumotlari alohida massivlarga guruhlanadi. Bu massiv- 
lar fayllar deb ataladi. Barcha tashkil qilingan fayllar to ‘plamlari 
m a’lumotlar bazalarini tashkil etiladi. Bu bazadan REVsini 
loyihalashning turli bosqich va darajalarida k o ‘p marotaba foyda­
lanish mumkin bo‘ladi. M a’lumotlar bazalarini yaratish, kengay- 
tirish, kerakli o ‘zgartirishlami kiritish va m a’lumotlardan jam oa 
bo‘lib foydalanishni tashkil etish uchun maxsus m a’lumotlar 
bazasini boshqarish sistemasi yaratiladi. MBlari va ulami bosh- 
qarish sistemalari, undan tashqari ularga tegishli dasturiy, texnik, 
tashkiliy vositalar to ‘plamlari m a’lumotlar banki deyiladi.
24


Ta’mirlash
Ta’minot turlari
M 1A, D 1A ,..., Ts h 2 h - A L S qism sistem alari kom ponentlari 
1.2-rasm. ALS lam ing umumlashtirgan struktura sxemasi.
25


ALS ning tashkiliy ta ’minoti tarkibiga uslubiy va boshqaruvchi 
materiallar, ko‘rsatmalar, buyruqlar, shtatlar tartibi, kvalifikatsion 
talablar va 
ALSni ishlashini, boshqa bo‘limlar bilan o ‘zaro 
aloqasini, rivojlantirilishini ta ’minlovchi hujjatlar kiradi.
1.2-rasmda ALS ning umumlashtirilgan struktura sxemasi 
keltirilgan. Sxemada ALS ning tarkibiy qismlari va ular o ‘rtasidagi 
bog‘liqlik k o ‘rsatilgan. Rasmda qismsistemalar uchtadan belgi bilan 
belgilangan bo‘lib, birinchi belgi shu komponent taalluqli bo‘lgan 
ta ’minlash vositasi turini, ikkinchi belgi shu ta ’minlash vositasidagi 
komponentning tartib raqamini, uchinchi belgi esa, shu komponent 
qaysi qismsistemaga tegishli ekanligini anglatadi. Masalan M IA — 
A qismsistemasining uslubiy ta’minotga tegishli birinchi elementi, 
A2N - N qismsistemasining axborotli ta ’minotga tegishli ikkinchi
elementi va boshqalar.
ALS lar loyihalash tashkilotlarida mustaqil sistema qilib 
yaratiladi va ishlatiladi. Lekin ular boshqa tashkilotlar ma lumotlar 
banklari, qismsistemalari, ya’ni texnologik jarayonlarni avtomat­
lashtirilgan boshqarish sistemalari
ilmiy tekshirishlar uchun 
avtomatlashtirilgan sistemalar bilan bog‘langan boMishi mumkin.
26



Yüklə 3,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin