11 – LABORATORIYA ISHI
ERUVCHAN SASLAGICHLARNI O`RGANISH
Ishdan maqsad
: Saqlagichlarning tuzilishi va eruvchan elementning
tavsifini o`rganish.
Qisqacha nazariy ma’lumot.
Saqlagichlar asosan, elektr qurilmalarni qissa
tutashuv tokidan bir marotaba himoyalash uchun qo`llaniladi. Har hil tuzilishli
saqlagichlar mavjud: probkali, fibrali, mayda kvarts qum to`ldirilgan, otiluvchilar
shular jumlasidandir.
Saqlagichning asosiy qismi - eruvchan element, sim va yupqa metallardan
iborat bo`ladi. Tok miqdorining ortishi bilan eruvchan element eriydi va tarmoq
yoki elektr zanjiridan o`tadi. Eruvchan element orqali oqayotgan tokning miqdori
belgilangan me'yordan qancha katta bo`lsa, u shuncha tez eriydi. Qisqa
tutashuvdan elektr tarmoqni ajratish uchun ketgan vaqt orasidagi munosabat -
eruvchan elementning himoya tavsifi deyiladi.
Saqlagich va eruvchan elementning nominal toki quyidagicha:
Saqlagichning toki deganda - tok o`tkazuvchi simlar, kontakt va eruvchan
elementdan oqib o`tuvchi tok miqdori tushuniladi.
Eruvchan elementning toki deganda, - eruvchan elementning o`zidan oqib
o`tuvchi tok tushuniladi.
Eruvchan elementning nominal toki - uning uzoq vast erimasdan tok
miqdori qabul qilinadi. Oqayotgan tokning miqdori, uning nominal qiymati 25-
30% f dan oshganda, saqlagich elementi 1-2 soatda eriydi, 50% f dan oshganda
10 -15 minutda eriydi, agar 100% f zdan oshishi bilan -1 minutda eriydi.
Dostları ilə paylaş: