Abu Rayhon Beruniyning jahon ilm faniga qo’shgan hissasi



Yüklə 223,47 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix02.01.2022
ölçüsü223,47 Kb.
#38314
abu rayhon beruniyning jahon ilm faniga qoshgan hissasi



Abu Rayhon Beruniyning jahon ilm faniga qo’shgan hissasi 

Prezedentimiz I.A. Karimov buyuk allomamiz Abu Rayhon Beruniy  haqida 

shunday  bir  ajoyib  fikrlarni  o‘z  asarida  keltirib  o‘tgan  edi.  ―Milliy    tariximizning 

yana  bir  yorqin  yulduzi  Abu  Rayhon  Beruniy  faoliyatiga  haqqoniy  baho  berar 

ekan,  amerikalik  fan  tarixchisi  Sarton  XI  asrni  «Beruniy  asri»  deb  ta‘riflaydi. 

Bunday  yuksak  va  haqli  baho  avvalo  qomusiy  tafakkur  sohibi  bo‘lmish  buyuk 

vatandoshimizning  ilm-fan  taraqqiyotiga  qo‘shgan  beqiyos  hissasi  bilan 

izohlanadi.  Shu  o‘rinda  ta‘kidlash  joizki,  Beruniy  ilmiy  masalalarda  ham,  tarixiy 

voqea-hodisalarga,  o‘z  zamondoshlariga  baho  berishda  ham  o‘ta  xolislik  va 

haqqoniylik  bilan  fikr  yuritgan.  Shu  bois  ham  u  hayotda  ko‘p  aziyatlar  chekkan, 

hatto    umrining  oxirida  turmush  qiyinchiliklariga  duchor  bo‘lgan,  ammo  har 

qanday og‘ir sharoitga qaramasdan, e‘tiqodidan qaytmagani  uning  o‘z  ma‘naviy 

ideallariga naqadar sodiq bo‘lganidan dalolat beradi‖

1

.  



Turkistonlik  ulug'  alloma  Abu  Rayhon  Beruniy  973-yil  tavallud  topadi.  U 

ota-onasidan  juda  yosh  yetim  qolgan  va  Iroqiylar  xonadonida  tarbiyalangan. 

Iroqiylarning oxirgi vakili Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn 

Iroq  hisoblanadi.  Xorazmshohning  jiyani—amakisining  oʻgʻli  Abu  Nasr  Mansur 

ibn Iroq Beruniyning ustozi edi‖

2

. ―Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. 



U sevgan fanlar—astronomya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya 

edi‖


3

.  Abu  Rayhon  Beruniy  deyarli  barcha  fan  sohalarida  ijod  etgan  buyuk 

qomusiy alloma va mashhur mutafakkirdir. U yaratgan 152 ta asardan 30ga yaqini 

bizgacha yetib kelgan.  

Buyuk  tabiatshunos  Beruniy,  o‗zining  salaflari  xususan,  Ahmad  Farg‗oniy 

va  Muhammad  Xorazmiy  ishlab  chiqqan  bilishning  ilmiy  usulini  rivojlantirib, 

yanada chuqurlashtirdi. Bundan tashqari alloma iqtisodiyotda ishlab chiqarishning 

har  xil  mehnat  turlarining  o‘rnini  tadqiq  etgan.  Oltin  va  kumushning  umumiy 

ekvivalenti  sifatida  shakllanish  qonuniyatlarini  ilmiy  asoslagan  va  jamiyat 

                                                           

1

 Karimov I. A. Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch. T: Ma‘naviyat, 2008. 31-bet 



2

 N. Mamatov, A. Hojeboyev, S. Yuldosheva. Falsafa.T-2005, 66-bet 

3

 O‘sha kitob, 67-bet



 


shakllanishida  iqtisodiy  omillarning  o‘rni  to‘g‘risidagi  ta‘limotni  jahon  ilm  fani 

miqyosida katta hissa qo‘shdi. Uning aytishicha, ―Kuzatishning ko‗pligi ko‗rilgan 

narsalarni eslab qolish qobiliyatini yaratadi‖

4

. Beruniy o‗zining o‗gitida: ―Biliming 



shundayki,  u  yalang‗och  bo‗lsang  ham  o‗zingda  qoladi,  uni  hammomga 

kirganingdagi  xo‗llik  ham  yo‗qota  olmaydi‖,  -deydi.  Beruniy  inson  xotirasini 

―Allohning  tuhfasi‖,  deb  hisoblaydi.  U  ―tirishqoqlik  va  ko‗p  shug‗ullanish  bilan 

ham  xotirani  mustahkamlash  mumkin‖,  -deydi.  Beruniy  tabiat  hodisalarini 

bilishdagi  nazariy-mantiqiy  xulosa,  qiyoslashning  ahamiyatini  benihoya  katta 

ekanligini  uqtirib  o‗tadi.  Beruniy  tarixiy  hodisa  va  voqealar  haqiqatini  bilishga 

taalluqli  hamma  masalalarni  har  taraflama  o‗rganish  zarurligini  ko‗rsatadi  va  bu 

bilan  noto‗g‗ri  yo‗lga  tushib  qolishdan  ehtiyot  bo‗lishga  chaqiradi.  U  shunday 

yozadi:  ―Xabar  ko‗z  bilan  ko‗rgandek  bo‗lmaydi,  degan  kishining  so‗zi  juda 

to‗g‗ridir.  Chunki  ko‗rish  ko‗ringan  narsaning  o‗zi  bor  paytida  va  o‗z  joyida 

turganida qarovchi ko‗zining uni uchratishdan iboratdir. Xabarga  yolg‗onyashiqlar  

qo‗shilmaganda,  u  ko‗rishga  nisbatan  ortiqroq  o‗rinda  turgan  bo‗lar  edi.  Chunki 

ko‗rish va qarash shu payt, shu on bilan cheklanadi. Xabar esa narsaning ko‗ringan 

payti  va  vaqtdan  ilgari  o‗tgan  va  keyin  keladigan  hollaridan  darak  beradi;  ana 

shuning  uchun  xabar  mavjud  narsalardan  ham,  kelajak  narsalardan  ham  darak 

beraveradi. Yozish xabar turlarining biri bo‗lib, uni boshqa turlardan ko‗ra afzalroq  

hisoblash  mumkin;  qalamning  mangu  yodgorliklari  bo‗lmaganda,  xalqlarning 

tarixini  qanday  bilar  edik?  So‗ngra,  odatda  bo‗lgan  hol  haqida  berilgan  xabar  bir 

xil  emas,  balki  (farqsiz)  rost  va  yolg‗on  bo‗lishi  mumkin‖

5

.  Beruniy  yolg‗on 



xabarlarning  muayyan  va  umumiy  ildizlarini  ochib  tashlaydi.  U  bularni  ma‘lum 

guruh  kishilarining manfaatlarini qaramaqarshiligida ko‗radi. Uningcha, chinakam 

jasorat, qahramonlik so‗zdami yo amaldami, har ikki holatda ham yolg‗onga qarshi 

kurashda  o‗limni  ham  pisand  qilmaslikda  namoyon  bo‗ladi.  ―Yolg‗onchilikdan 

chetlanib,  rostgo‗ylikka  yopishgan  kishini  boshqa  odam  u  yoqda  tursin, 

yolg‗onchining  o‗zi  ham  sevib  maqtaydi.  Axir,  o‗z  zararingizga  bo‗lsa  ham,  rost 

                                                           

4

 M.Qodirov. O‘rta asr yaqin va o‘rta sharq xalqlari naturfalsafasi.T. 2010. 77-bet 



5

 O‘sha kitob. 79-bet 




gapiring  deyilganku‖

6

,  deb  yozadi  u.  Kuzatish,  ko‗rish,  tajribalar  qilish,  mantiqiy 



umumlashmalar  chiqarish,  ma‘lumotlarni  to‗plash,  xalq  og‗zaki  ijodi,  yozma 

yodgorliklarni  o‗rganish,  barcha  xabar,  manbalarga  tanqidiy  qarash  haqiqatni 

aniqlash  uchun  ularni  birbiri  bilan  taqqoslab  ko‗rish,  til  qurilishini,  yozuvlarni 

o‗rganish – bular hammasi o‗rta asrning buyuk qomuschisi Abu Rayhon Beruniy 

ilmiy usulining asosini tashkil etadi. Alloma jismlarning o‘zaro tortishuvi, Quyosh 

va  Oyning  tutilishi,  zarra,  inertsiya  va  sun‘iy  tanlanish,  rivojlanish  anomaliyasi, 

Yer  qa‘rida  ro‘y  beradigan  geotektonik  siljishlar,  Yer  qiyofasining  tadrijiy  tarzda 

o‘zgarib  turishi,  xilma—xil  olamlar  to‘g‘risida  ilmiy  bashoratlarni  ilgari  surgan. 

Uning falsafiy qarashlari tabiiy-ilmiy qarashlari ta‘sirida  shakllandi. U modda va 

zamon, qonuniyat, zaruriyat  va  tasodifiyat, harakat  va  rivojlanish, ziddiyat, sabab 

va  oqibat  kabi  falsafiy  muammolarga  katta  e‘tibor  bergan  Beruniyning  asarlarida 

bilish  masalalari  muhim  maqomga  egadir.  Bilishga  bo‘lgan  qiziqishning  ikkita 

sababi  bor.  Birinchidan,  bu  o‘ziga  xos  lazzatdir.  Ikkinchidan,  bilishdan  maqsad 

odamlar ehtiyojlarini qondirishdir. Bilish sezgilar yetkazib bergan ma‘lumotlardan 

boshlanadi.  Ular  bilishning  yuqori  bosqichi  aqliy  bilish  uchun  o‘ziga  xos 

ko‘makchi  va  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi.  Bilimning  chinligi  kuzatuv  va  sinov—

tajriba  orqali  belgilanadi.  Ular  tufayli  ashyolarning  muhim  jihatlari  o‘rganiladi, 

ularning  miqdoriy  tomonlari  aniqlanadi,  bilish  jarayonining  samaradorligi  oshib 

boradi. 

Beruniy insonga tarif berarkan unga ko‘ra, ―inson qiyofasi tabiat ta‘sirining 

natijasidir.  Uning  ichki  qiyofasiga  kelsak,  uni  inson  cheksiz  sa‘y  harakatlar 

oqibatida tubdan o‘zgartirishi mumkin. Har bir kishi o‘z xulq-atvorining sohibidir. 

Jamiyat  tadrijiy  o‘zgarishlar  orqali  rivojlanib  boradi.  Adolat,  fuqaro  uchun 

g‘amxo‘rlik, zulmni bartaraf etish, jamiyatni aql va adolat tug‘i ostida boshqarish 

mutafakkirning idealidir‖

7

. Beruniy insonning jismoniy tuzilishida umuman uning 



hayotida  geografik  omilning  roli  haqida  ajoyib  fikrlar  bildirgan.  Bu  haqda  u 

shunday  yozadi:  «Odamlar  tuzilishlarining  rang,  surat,  tabiat  va  axloqda  turlicha 

                                                           

6

 O‘sha kitob. 80-bet 



7

 Q. Nazarov, Falsafa maruzalar matni. T. 2000. 43-bet 




bo‘lishi  faqatgina  nasablarining  turlicha  bo‘lishi  emas,  balki  tuproq,  suv,  havo, 

joylarning  ham  turlichaligiga  bog‘liqdir»,  deydi.  Hatto  tillarning  turlichaligi  ham 

geografik  sharoitlarga  bog‘liq  deb  bilib,  shunday  yozadi:  «Tillarning  turlicha 

bo‘lishiga  sabab  odamlarning  guruhlarga  ajralib  ketishi  va  bir-birlaridan  uzoq 

turishidir.  Beruniy  moddiy  va  ma‘naviy  ehtiyojlarni  roli  jamiyatda  katta 

ahamiyatga egaligi, ehtiyojlarning turli-tuman va son-sanoqsizligini aytadi. U faqat 

ehtiyojlarni  bir  xilcha  so‘zlashadigan  kishilar  birgalikda  ta‘minlay  olishlari 

mumkin.  Buning  uchun  kishilardan  shaharlar  tashkil  etish  zarurati  tug‘iladi. 

Kishilardagi  hayotiy  ehtiyojlarni  birgalashib  qondirishga  intilish  o‘zaro  bir-

birlariga  yordamlashish  kabi  yaxshi  niyatlar  ularni  jamiyatga  birlashishga  olib 

keldi,  deb  hisoblaydi.  Ayni  paytda    Beruniy  «Odamlar  hammasi  bir  otaning 

bolalari  va  bir-birlariga  juda  o‘xshaydi.  Lekin  ular  oralaridagi  raqiblik  va 

ko‘rolmovchiliklardan ham holi emas», deydi. Beruniy jamiyat kishilar tomonidan 

o‗z  ehtiyojlarini  tushunib,  o‗zlariga  o‗xshash  kishilar  bilan  o‗zaro,  shartnoma  " 

asosida  birga  yashashdan  iboratligini,  ular  birgalikda  faoliyat  ko‗rsatishlari, 

mehnat qilishlari zarurligini aytgan. 

―Beruniy  fikricha,  ba‘zi  insonlar  bu  dunyodagi  hayotida  odamlarga  ko‘p 

yaxshiliklar  qilgani  tufayli,  o‘lganlaridan  keyin  ularning  ruhlari  ham  yaxshilik 

qilishni  davom  ettirgani  uchun,  odamlar  ularning  ruhlariga  hurmat  va  ta‘zim 

bildirib,  ularning  haykallarini  yasab,  chiroyli  maydonlarga  qo‘yganlar‖

8

.  Buyuk 



allomamizning  bu  fikrida,  barcha  insonlarni  ilm  olishga  va  yaxshilik  qilishga 

unadayotgani  bejiz  emasdir.  Zero  ilmli  va  yaxshilik  qilgan  odam  qulidan  nopok, 

nojo‘ya  ish  kelmas,  bundan  tashqari  bunday  aql  zakovatli,  saxovatli    insonlar  bu 

dunyoni  tark  etganlaridan  keyin  ham  ularning  nomlari  albatta  xalqning  yodida 

qolur. 

                                                           



8

 Abu Rayhon Beruniy ―Hindiston‖asari qarang 5-b0b 



Yüklə 223,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin