Volume – 6_ Issue-2_May_2022 114 shubhalarni bartaraf qilish, bunda juda ehtiyotkorlik bilan harakatlanish lozimligi,
o‘zlashtirilgan bilimlar hayotda tajriba qilib olinmasa, bundan hech naf bo’lmasligi
haqida gapiradi. X-XI asrlarda Beruniyning didaktikasidagi ta’lim berish usullari va
metodlari ayrim jihatlarining soddaligi va qarama-qarshiliklariga qaramasdan, katta
kashfiyotligi va ilmiyligi bilan qimmatlidir. Beruniy «Hindiston», «Qadimgi
xalqlardan qolgan yodgorliklar», «Mineralogiya», «Geodeziya» kabi asarlarida
inson va jamiyatning paydo bo‘lishi, davlatni boshqarish siyosati, ijtimoiy adolat,
jamoa faoliyati, mehnat taqsimoti va pul muomalasi, oila va nikoh munosabatlari
masalalariga ham to‘xtaladi. Beruniy inson va jamiyatning paydo bo’lishi
masalasiga to‘xtalib: «Qadimgi tarixlarning eng avvalgisi va eng mashhuri
bashariyatning boshlanishidir», deydi. Beruniy kishilik jamiyati paydo bo‘lishi
haqida fikr yuritar ekan, insonlar o‘rtasida tafovutlar bo’lsa-da, kishilaring ichki
tuzilishi barchada umumiydir, degan xulosaga keladi. Ana shu nuqtayi nazardan
xalqlarning turli ajdodlaridan paydo bo’lgan degan ehtimolni butunlay rad etdi. U
inson bilan maymun o‘rtasida o‘xshashlik borligini juda ko‘p ilmiy dalillar asosida
tushuntirib beradi: «Ular a’zolarining o‘xshashligi bilan, tashqi ko‘rinishlari ham
o‘xshab ketadi». Beruniy fikricha, inson hayvondan aql bilan farq qiladi. Lekin
mutafakkir insonning hayvondan farq qiladigan bu xususiyati qanday paydo
bo’lganligini tushuntirganda, xudoga murojaat qilib, insonni xudo azaldan shunday
yaratgan, deydi. Ayniqsa, mutafakkiming insonning jismoniy tuzilishi va butun
faoliyatini aniqlashda jo‘g‘rofiy omilning roli haqidagi fikrlari katta ahamiyatga ega:
«.. .(odamlar) tuzilishlarining rang, sur’at, tabiat va axloqda turlicha bo’lishi
faqatgina nasablarning turlichaligidan emas, balki tuproq, suv, havo va yer (odam
yashaydigan joy)laring turlichaligidan hamdir». Beruniyning fikricha, pul tufayli
faqat turli tovarlar ayirbosh qilinmay, balki begona kuch ham yollanadi: «Biri
ikkinchisini yollaydi, ya’ni bir kishi ikkinchisiga adovatli shartnoma tufayli doimo
ishlashi kerak, buning evaziga u mukofotlanadi». Yollanma mehnat orqali Beruniy
faqat odil mehnat shartnomasini ko’ribgina qolmasdan, u har qanday majburiy
mehnatga qarshi chiqib: «Zo‘rlik va yollash orqali amalga oshadigan majburiy
mehnat doim to‘g‘ri emas», degan xulosaga keladi. Eng muhimi, Beruniy davlat