Shohnoma» da peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va somoniylar kabi sulolalar tarixi haqida so‘z yuritilgan. Undagi pahlavonlar, shohlar, amaldorlar, lashkarboshilar, olimlar, san’atkorlar, hunarmandlar, dehqonlardan iborat bir necha yuz personajlarni quyidagicha tasniflash mumkin: a) mifologik obrazlar: Qayumars, Hushang Tahmuras, Jamshid va boshq. b) afsonaviy qahramonlar: Som, Narimon, Zol, Rustam, Gev, Bijon va boshq. v) tarixiy personajlar: Iskandar, Bahrom Go‘r, Mazdak, Anushirvon, Xusrav Parviz va boshqalar.

Firdavsiyning «Shohnoma» dostonlari syujeti asosida «Zahhoki moron» (G’ozi Yunus), «Siyovush» singari sahna asarlari yaratildi. Shoirning bu asari ilk bor 1682 yilda Mulla Xomush oxun - Xomushiy tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Oradan bir qancha vaqt o‘ggach, Mulla Nodir Muhammad Buxoriy «Shohnoma» ning o‘zbekcha nasriy variantini yaratgan. XX asrning 70-yillarida III. Shomuhamedov, J. Jabborov, Nazarmat kabi o‘zbek shoirlari tomonidan she’riy yo‘l bilan tarjima qilingan.