MUHOKAMA VA NATIJALAR
Hayot ko‗zgusi hisoblanmish matbuot ―to‗rtinchi hokimiyat‖ darajasiga
ko‗tarilmog‗i lozimligi ko‗p bora ta‘kidlangan. Bu borada hali oldimizda turgan
vazifalar juda ko‗p. Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalari uzoq vaqt mafkuraviy
va ma‘muriy nazorat ostida ishlagani tufayli ularning hali-beri bu holatdan chiqishi,
avvalo psixologik jihatdan o‗zini erkin his etishi qiyin kechmoqda. Shu sababli ular
o‗zi uchun yangi bo‗lgan hozirgi vaziyatda ba‘zan hali ham nima qilish yoki nima
qilmaslik haqida yuqoridan ko‗rsatma kutib o‗tirgandek ko‗rinishi to‗g‗ri tanqid
qilinmoqda. Shu o‘rinda ba‘zi tanqidiy-tahliliy fikrlarga e‘tibor qaratsak.
www.kun.uz
saytida berilgan xabarda quyidagilar bayon etilgan:
―O‗zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov OAV bo‗yicha selektor
o‗tkazmoqda. Hukumat rahbari vazirlik, hokimlik idoralari va boshqa tashkilotlarda
OAV bilan ishlash talab darajasida emasligini tanqidga oldi. «Bugungi kunda OAV
mamlakatda sodir bo‗layotgan dolzarb voqealarga tezkor munosabat bildirmoqda.
Matbuotda ham turli mavzulardagi tanqidiy va tahliliy materiallar keskin ko‗paydi.
Bu esa jamoatchilik fikri shakllanishida muhim rol o‗ynamoqda. Tan olish kerak,
|