ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-322-326 Academic Research, Uzbekistan 324 www.ares.uz Boshlang’ich sinflarda o`quvchilarning asarning g’oyaviy asoslari va
mavzusini, uning obrazlari, sujet chizig’i, kompozitsiyasi va tasviriy vositalarini
tushunishlarini, bog’lanishli nutqining o’sishi (lug’atining boyishi va faollashishi)ni,
tahlil davomida asarning estetik qimmati, badiiy jozibasini va asar mazmunini ongli
idrok etishlarini ta’minlash, muallifning asosiy fikrini tushunibgina qolmay,
o`quvchini muallif hayajonlangan voqeadan hayajonga solish asar tahlilida amal
qiladigan muhim metodik qoidalar sanaladi.
O’quvchilarning nutqini o’stirishda, yuqoridagilar bilan birga, adabiy
tushunchalarni shakllantirish ham muhim o’rin tutadi. O’quvchilar adabiy
tushunchalarni o’rganish natijasida badiiy adabiyot san’atning bir turi ekanligi, uning
hayot bilan aloqadorligini bilib oladilar.
Boshlang’ich sinflarda asar tahlilida badiiy til vositalari − sifatlash, o’xshatish,
jonlantirish, mubolag’a va adabiy janr turlari − ertak, hikoya, masal, she’r, doston,
maqol, topishmoq kabilar bilan amaliy ravishda tanishtiriladi.
Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o’quvchilarda o’z ona tiliga muhabbat hissi,
badiiy asarni ongli o’qish ko’nikmasi o’stiriladi, asar g’oyasini chuqur idrok etishga
zamin hozirlanadi, o’quvchilar nutqi rivojlantiriladi.
Qudrat Hikmatning«Ayamajiz»(3-sinf «O’qish kitobi») she’rida “Bo`ralar
qor kapalak”, “Bog`lar sokin mizg`ishar Misoli oq kapalak”, “Muz oynalar sovuq
yeb” misralarida o`xshatish, jonlantirish; “Saxiy ona tabiat”, “quchog`ida havo sof”
misralarida metafora, “Ayamajiz izg`iydi, Ko`chalarda tutoqib, Shox-shabbani
tortqilar, Yalmog`izdek yutoqib” kabi misralarda o’xshatish, jonlantirishlar
qo`llangan.