Academic Research in Educational Sciences volume 3



Yüklə 498,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix09.06.2022
ölçüsü498,21 Kb.
#61054
1   2   3   4   5   6   7
10-16

 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Kasbiy tayyorgarlik mutaxassisning butun faoliyati davomida ma‟naviy-
axloqiy hamda kasbiy sifatlarining yanada takomillashishi, kasbiy kompetentlikning 
shakllanishi uchun zarur bo„lgan bilim, ko„nikma va malakalar darajasini ifodalaydi. 
Keltirilgan mazkur vazifalarning amaldagi ijrosi pedagogika oliy ta‟lim muassasalari 
oldiga qo„yiladigan masalalardan eng muhimi, ya‟ni bo„lajak o„qituvchilarni 
tayyorlash jarayoniga nisbatan innovatsion yondashuvlarni talab etadi: 

mehnat bozori talablari hamda ilm-fan, texnika, texnologiya va 
Talabaning 
mustaqilligi 
Ishga ijodiy 
yondoshishi 
Talabaning 
faolligi 


Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-10-16 
Google Scholar 
 Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 13  www.ares.uz 
iqtisodiyotning eng so„nggi yutuqlari asosida uzviy ravishda takomillashtirilib 
turiladigan kasbiy ta‟lim dasturlarini yaratish; 

uzluksiz ta‟lim, ilm-fan va ishlab chiqarish orasidagi o„zaro mustahkam 
integratsiyani yo„lga qo„yish; 

ta‟lim muassasalarini zamonaviy moddiy-texnik baza va o„quv-uslubiy 
adabiyotlar bilan ta‟minlansh; 

oliy ta‟lim tizimiga yuqori malakali o„qituvchi, metodist va muhandis- 
pedagoglarni jalb etish; 

bo„lajak 
o„qituvchilarning bilish faolligi, kreativ qobiliyatlarini 
rivojlantirish, shuningdek, ularda faol kasbiy motivatsiyani qaror toptirish; 

oliy ta‟lim muassasalari o„quv amaliyotiga innovatsion o„qitish 
texnologiyalarini keng tatbiq etish zaruriy omillardan hisoblanadi[5]. 
Kasbiy tayyorgarlik – maxsus nazariy bilim, amaliy ko„nikma va malakalar, 
shuningdek, ma‟naviy-axloqiy sifatlarni o„zlashtirish asosida shaxsning kasbiy 
faoliyatni olib borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik 
darajasi. 
Kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish – DTS talablari asosida shaxsda maxsus 
nazariy bilim, amaliy ko„nikma va malakalar, shuningdek, ma‟naviy- axloqiy 
sifatlarni shakllantirish, bo„lajak mutaxassisni kasbiy faoliyatni muvaffaqiyatli olib 
borishga nisbatan fiziologik, psixologik va jismoniy tayyorgarlik jarayonidir. 
Bo„lajak o„qituvchilarning pedagogik amaliyoti mobaynida ularga kerak 
bo„ladigan asosiy narsa bu – kasbiy bilimdir. 
Kasbiy bilim – aniq mehnat faoliyati doirasida bajariladigan ishlar uchun zarur
bo„lgan axborotlar va o„zlashtirilgan nazariy ma‟lumotlar birlashmasidir . 
Kasbiy ko„nikma va malakalar – amaliy faoliyat jarayonida paydo bo„ladigan, 
shaxsning o„zlashtirilgan kasbiy bilimlarini anglangan ish harakatlariga aylanishidagi 
avtomatlashgan usuldir. 
O„rta 
maktab 
o„qituvchisining 
ixtisoslashgan 
tavsifnomasi 
– 
professiogrammasini yaratishda N.V. Kuzmina, Z.F. Esarova, M.G. Davletshin, M. 
Abdullajonova, T. Hamroqulov va boshqalar quyidagi kasbiy malakalarni 
farqlaydilar[4]. 
1. Gnostik malakalar. 
2. Konstruktiv malakalar. 
3. Kommunikativlik. 
4. Tashkilotchilik malakalari. 



Yüklə 498,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin