Academic Research in Educational Sciences Volume 3


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA



Yüklə 472,5 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix01.06.2022
ölçüsü472,5 Kb.
#60269
1   2   3   4   5   6   7
o-quvchilar-bilimini-baholashga-zamonaviy-yondashuvlar

 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 


Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 2 | 2022
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-870-876 
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
871
 
February, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
Baholash deganda biz bolaning hozirgi yutuqlarini (muvaffaqiyatsizliklarini), 
oldingi yutuqlari (muvaffaqiyatsizliklari) bilan taqqoslash jarayonini va o„quv 
natijalarini amaldagi o„quv standartlari tomonidan belgilangan normalar bilan o„zaro 
bog„liqligini tushunamiz. Baholash mezonlari va shakllarini yaratish jarayoni 
o„quvchilar bilan birgalikda amalga oshiriladi va biz buni bolalarning qadr-qimmatini 
shakllantirishning bir usuli deb bilamiz. O„qitish jarayonida o„qituvchilar tomonidan 
qabul qilingan rasmiy va norasmiy baholash usullari to„plami “Formativ baholash” 
(shakllantiruvchi) deb nomlanadi. Bu o„qituvchilar tomonidan olib boriladigan o„quv 
jarayonining bir qismi bo„lib, o„quv va o„qitish usullarini o„zgartirish orqali 
o„quvchining tushunchasi va malakasini oshirishga qaratilgan. 
Formativ baholash o„qituvchilarga ham, o„quvchilarga ham o„quvchining 
faoliyati va o„rganishi to„g„risida to„g„ridan-to„g„ri va batavsil mulohazalar berishga 
harakat qiladi. Bu o„quv jarayonida o„quvchilarning ehtiyojlari va taraqqiyotni 
kuzatadigan doimiy jarayon. 
Formativ baholashnining asosiy vazifasi o„quv yili uchun qo„yilgan 
maqsadlarning bajarilishi yoki bajarilmaganligini aniqlash. Shuning uchun 
o„qituvchilar ham o„quvchilar ham o„quv yili davomida erishmoqchi bo„lgan o„quv 
maqsadlarni aniq bilishlari kerak.
O„quv maqsadlari rasmiy shaklda o„qituvchi ish rejalarida aks etadi. Yoki 
o„qituvchi norasmiy shaklda o„quvchilar bilan birgalikda o„quv maqsadlarni aniqlab 
olishi mumkin bo„ladi. Formativ baho o„quvchilar ta‟lim jarayonida faol rol o„ynashi 
kerak degan fikrdan boshlanadi. 
Formativ baholashda o„quv maqsadiga erishish uchun zarur bo„lgan qadamlar 
(mexanizmlar)aniq belgilanadi. Biroq bunga erishish uchun baholash yaxshi ishlab 
chiqilgan bo„lishi kerak. Bu jarayonda o„quvchilar orasida o„z-o„zini baholash va 
hamkorlik qilishga katta e‟tibor qaratiladi va rag„batlantiriladi. 
Marina Aleksandrovna Pinskaya, pedagogika fanlari nomzodi, tadqiqotchi 
"Baholashning yangi shakllari" kitobida quyidagilarni yozadi: Formativ baholash 
o„quv jarayoni nafaqat yakuniy bosqichda, balki boshlang„ich va o„rta bosqichda 
qanday o„tayotganiga tashxis qo„yish uchun zarur, va agar ma'lumotlar qoniqarsiz 
bo„lib chiqsa, olingan ma'lumotlar asosida kerakli ma'lumotlarni kiritish va ta'lim 
faoliyati sifatini oshirish uchun o„zgartirishlar kiritish mumkin. Formativ baholash 
butun o„quv dasturi o„rniga individual o„quv mahoratiga yoki o„quv dasturidagi 
ko„nikmalarga yo„naltiriladi. Ushbu baholashlar ma'lum bir 
maqsad sari intilishni o„lchash uchun mo„ljallanadi deb aytadi. 



Yüklə 472,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin