2.Sichqoncha ko’rsatkichini kerakli MB ning «Шаблон» (andozasi) ustiga joylashtirib, chap tugmachasi ikki marta bosiladi.
3. Ochilgan «Файл новая баз» (Yangi baza fayli) muloqot oynasidagi «Папка» (Jild) ruyxatidan, yaratilayotgan MB ni saqlab qo’ymoqchi bo’lgan papka tanlanadi. So’ngra «Имя файла» (Fayl nomi) maydonida MB ning nomi kiritiladi va «Создать» (Yaratish) tugmachasi bosiladi.
4. Keyingi muloqot oynasida usta yaratilayotgan MB qanday axborotni saqlashi kerakligi haqida ma’lumot chiqaradi. Ushbu muloqot oynasining quyi qismida quyidagi tugmachalar joylashgan:
«Отмена» (Bekor qilish) - Ustaning ishini to’xtatadi;
«Назад» (Orqaga)—Usta ishida bitta oldingi qadamga qaytadi;
«Dalee» (Keyinga)—Usta ishida keyingi qadamga utadi;
«Готово» (Tayyor)—Tanlangan parametrli MB ni yaratish ustasini ishga tushiradi. Ushbu tugmachani bosishdan oldin MB da saqlanadigan axborot ekranga chiqariladi;
5. Ishni davom ettirish uchun «Далее» (Keyinga) tugmachasi bosiladi.
6. Ochiladigan muloqot oynasi quyidagi ruyxatdan iborat bo’ladi:
MB ning jadvallari ruyxati;
Tanlangan jadvalning maydonlari ruyxati.
Ushbu ruyxatda jadvalga kiritilayotgan maydonlar belgilangan bo’ladi. Odatda deyarli barcha maydonlar belgilanadi. Maydonchalar uchun bayroqcha belgisini o’rnatish yoki olib tashlash bilan jadvalga maydonlarni kiritish yoki kiritmaslik mumkin. Shundan so’ng «Далее» (Keyinga) tugmachasi bosiladi.
7.Ustaning keyingi qadamida taklif qilinayotgan namunalardan ekranni jixozlash tanlab olinadi va «Далее» (Keyinga) tugmachasi bosiladi.
8. Usta ishining keyingi bosqichida MB uchun yaratilayotgan hisobotlar ko’rinishi aniqlanadi.
9.Ochilgan navbatdagi muloqot oynasi hisobotga sarlavha qo’yish va rasm belgilash imkonini beradi. Ular keyingi barcha hisobotlarda tegishli joyda paydo bo’ladi. Agar rasm kerak bo’lsa «Да» (Ha) yozuvining oldiga bayroqcha o’rnatiladi va unda «Рисунок» (Rasm) tugmachasi ishlatiladi.