Adabiy tanqid nazariyasi



Yüklə 426,84 Kb.
səhifə22/30
tarix28.09.2022
ölçüsü426,84 Kb.
#64278
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
portal.guldu.uz-Adabiy tanqid nazariyasi

AZIZ QAYUMOV (1930-2004). O 'z - bek adabiyoti va madaniyati o‘choq!aridan bin bolgan Qo'qon shahrida 1930-yilning 23- aprelida dunyoga kelgan Lazizxonning otasi,o‘qituvchi PoMatjon Qayumovo‘g‘liningy yoshlikdan sabot bilan qiyinchiliklarni bartaraf qilish va ma’rifat mevalaridan bahramand bo1- lishida birinchi murabbiylik vazifasini o ‘tadi. Maktabni a ’lo baholarga bitirib, 0 ‘rta Osiyo Davlat universitetida o ‘qidi, so‘ng aspiranturada tahsil oldi. «Urushdan so‘nggi davr o ‘zbek romanlarida tipildik problemasi» mavzuida nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi (1956). XX asrning 50-yillari ikkinchi yarmidan boshlab, L.Qayumov deyarli butun umrini, ilmiy-ijodiy faoliyatini Hamza hayoti va ijodini o rganishga bag‘ishladi. Hamza ijodi o ‘zbek xalqining ma’naviyma’rifiy hayotida, asarlari esa, o'zbek adabiyoti ravnaqida muhim rol o‘ynaganidek, bu ulkan shoir va dramaturg ijodiyotini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqotlar, xususan, L.P.Qayumov maqola va monografiyalari ham tanqid va adabiyotshunoslik rivojida o‘z o‘miga ega. Zero, ayniqsa, H.H.Niyoziy taijimayi holiga oid L.Qayumov tomonidan misqollab yig‘ilgan, tiklangan tarixiy ma’lumotlar hech qachon o‘z qimmatini yo'qotmaydi.
Olimning ilmiy merosi faqai H.H.Niyoziy haqidagi tadqiqotlardangina iborat emas. U tanqidning rang-barang janrlarida, zamonaviy adabiyotning turli muammolari xususida, nasr, she’riyat,dramatik asarlar haqida barakali qalam tebratdi. Adabiv jarayonni faol ko‘rsatib bordi, maqolalari bilan unga ta’sir etdi.»Shoira Zulfiya» (1965) monografiyasida zahmatkash o'zbek shoirasining hayoti va ijodiy faoliyatini, o‘ziga xos poetik olamini keng o‘quvchilar ommasiga tanishtirdi. Zulfiya ijodining yuksak pog‘onalariga ko‘tarilishidagi burilish nuqtalarni aniqladi, slioiraning adabiyotimizda tutgan o ‘mini ko'rsatib berdi. «Zamondoshlar» (1972), «Qardoshlar» (1973), «Asr va nasr» (1975) va boshqa kitoblarda L.Qayumovni qamrovi keng olim va universal adabiyotshunos sifatida ko‘ramiz. masalan, «Zamondoshlar» kitobida o‘zbek adabiyotining deyarli 30 vakili hayoti va ijodini o‘rganib, umumlashtiradi. Muallif «Zamondoshlar» va Hamza ijodiga doir asarlari uchun Davlat mukofoti sovrindori b o id i (1973).
L.Qayumov o‘zbek adabiyoti tarixi va uning vakillari ijodini o ‘rganishga ham e’tibor qaratdi. «Navoiy va Hamza», «Furqat va Hamza» nomli maqolalar yozdi. Uning shoira Anbar Otin ijodi va adabiyot tarixidagi sharafli o ‘rnini tiklashdagi xizmatlarini ham ta ’kidlash lozim. Hozirgi zamonaviy adabiy jarayon, o'zbek adabiyotining ulkan va navqiron vakillari ijodini kuzatib borish adabiyotshunos ijodiy faoliyatining muhim qirralaridan birini tashkil etadi. Bu yo‘nalishda uning yigirmadan ortiq risola va kitoblari chop etildi. U adabiyotshunos va munaqqid sifatida Bulunittifoq miqyosida keng tanilgan o ‘zbek munaqqidlaridan biri cdi. Maqolalari «Literatumaya gazeta», «Drujba narodov», «Literaturnoye obozreniye» jumallarida tez-tez bosilib turgani olim ijodining miqyosi haqida dalolat beradi. L.Qayumovning ijodi va ijtimoiy faoliyati ko‘p qirralidir. Yetuk jamoat arbobi, zabardast adabiyotshunos, o‘tkir tanqidchi, iste’dodli publitsist, tashabbuskor muharrir va kinossenarist, hikoyanavis, talabalar ustozi sifatida keng tanilgan olim umrining oxirigacha ezgu niyatlar yo‘lida faol mchnat qildi. Davr tanqidchiligida zamonaviylik, g‘oyaviylik va badiiylik masalalari.
Zamonaviylik davr tanqidchiligining dolzarb muammolaridan biriga aylandi. Urush yillarida adabiyot davr taqozosi bilan o‘tmishga keng murojaat qilgan, tarixiy va vatanparvarlik mavzulari asosiy o ‘rinni egallagan, binobarin, bosqinchilarga qarshi kurashni tasvirlash, ya’ni xalqning jangovar o'tmishini badiiy gavdalantirish orqau ozodlikni uluglash, o‘zgaga aram bo‘!mas!ikr vatanparvrlik g‘oyalariga e’tiborni kuchaytirish zaruriyati tug‘ilgan edi.Urushdan keyingi davrda xarob boigan shahar va qishloqlami tiklash, sanoat korxonalarini qayta ishga tushirish, xalq xo'jaligini rivojlantirish bilan bog‘liq holda ijodkorlar oldiga zamonaviy mavzularda badiiy yuksak asarlar yaratish vazifasifavqulodda jiddiy qilib qo‘yildi. Natijada qardosh xalqlar adabiyolida bo‘lgani singari bizningadabiyotimizda ham zamonaviy mavzularda ko‘p!ab asarlar yuzaga kela boshladi. Zamonaviy hayot va yangi davr qahramonlari adabiyotimizning asosiy tasvir obyekti b o lib qoldi. Bu masalalar adabiy tanqidning ham diqqai markaziga ko‘chdi.
Adabiy tanqid zamonaviy mavzuda yozilgan asarlarni q o lla b - quwatlash harakatiga tushdi. Mirmuhsinning «Usta G‘iyos» poemasi e’ion qilinishi bilan «Yangi ijodiy intilishning to‘ng‘ich mevasi» degan taqriz bosildi. Taqrizda bugun eskirgan qarashlar borligini e ’tiro f etgan holda, tanqidchi A.Alimuhammedovning «Usta G‘iyos» haqidaba’zi mulohazala r» maqolasi mohiyati asaming zamonaviyligiga e ’tibor berishdan iborat boldi: «Asarning eng katta fazilati va o ‘quvchini quvontiradigan tomoni, uning zamonaviy mavzuda yozilishidir». Zamonaviy mavzudagi asarlar saviyasi bir xil emasligi darhol ko'rinib qoldi. Zamonaviy hayotni yuzaki, bir tomonlama talqin etish natijasida muayyan sxemalar vujudga kela boshladi. Tanqidchilik bunga e ’tibor berdi, ammo diqqatni kolproq ishlab chiqarish mavzusidagi asarlarga qaratib, biryoqlamalikka yo‘l qo'ydi. «Ishlab chiqarish mavzusida» yozilgan asarlaming eng ojiz tomoni g‘oyaviy mazmunni badiiy teran ifodalab bera olmaslikda ko'rindi. Ularning aksariyati hayotiylikdan, turmush murakkabliklarini ko'rsatishdan mahrum bo‘lib, badiiy xarakterlar o'mini ishlab chiqarish muammolari egalladi.
Asar qahramonlari ko‘pincha turli muammolar orasida o‘ra!ashib qoldi, Tanqid muayyan asar tasvir obycktining yangiligiga e ’tiborni qaratgan holda, zamonaviy voqelikni badiiy o‘zlashtirishdagi ijodiy prinsiplar ham yangilanishi lozimligini boshda ko‘p ham tushunib yetmadi. E’tibor qilingan o‘rinlarda esa, yangi voqelikning ko'proq tashqi belgilarini aks ettirgan bir qadar bo‘sh, yuzaki va jo ‘n asarlarni ham maqtashga berilib ketdi. Tasvirdagi voqelikning yangiligi va shu asosda «akiual» fikmi aytishga intilishiningo'ziyoq asar badiiyligi va qimmatini bclgilay olmasdi, albatta. San’a*t asari chuqur g‘oyaviylik va yuksak badiiylikning o‘zaro uyg‘unligi bilan tirik. G‘oyaviylik badiiylikdan tashqarida mavjud bo'lolmaydi. Adabiyotda chinakam zamonavivlik badiiy novatorliksiz kechishi mumkin emasligi anglab yetilgach, tanqidehilikda asta-sekin novatorlik muammosiga e ’tibor kuchayib bordi. Voqelikning muhim, xarakterli jihatlarini ko‘rsatish bilangina emas, badiiy kashf etish orqaligina badiiy asarning zamonaviyligini ta ’minlash mumkinligini anglashga bu davr o ‘zbek tanqidchiligi crishishga intilgan muhim marralardan bin bo‘ldi va ana shu marraga intilishdagi xususiyatlarda uniiig ijobiy va zaif tomonlari namoyon bo‘la bordi.Zamonaviy mavzuga e ’tibor berishning favqulodda kuchayishi bilan ba'zi bir noxush tamoyillar ham ko‘rindi.
Ayrim tanqidchi va yozuvchilar chiqishidagina emas, hatto yirik jumallaming bosh maqolalarida ham zamonaviy mavzu o‘tmish mavzusiga keskin qaramaqarshi qo‘yildi, o‘tmishni tasvirlovchl san’atkorlar «kurashchi bo‘lolmaydi* deyishgacha borildi'. Tanqid «zamonaviylik» va «zamonaviy mavzu» tushunchalarini talqin etishda ham turli yoMIardan bordi. Lekin, barcha nuqsonlardan qat’i nazar, asarga badiiylik masalasida talabchan munosabatda bo‘lish yildan yilga kuchaydi. Tanqid asarlami faqat zamonaviy mavzuda yozilgani uchungina maqtash tamoyilidan qutula bordi. H.Yoqubov o ‘zining «Abdulla Qahhor novellalari» turkum maqolalarida g‘oyaviylik va badiiylikning uyg‘unligi masalasiga jiddiy e ’tibor berdi. U A.Qahhoming dastlabki hikoyalaridagi kamchiliklar — siyosiy va’zxonlik, publitsistik nutq keyingi bosqich asarlarida tez barham topganligini, adib hikoyada, ayniqsa, san’atkor mahoratini yaxshi egallab borayotganini, hayotni bayon orqali ko‘rsatish emas, obrazlar orqali yoritib berayotganini ta’kidladi. Adib hikoyalarining badiiyligini ta’minlaydigan ikkinchi bir xususiyati Lilaming favqulodda ixcham, lo‘nda tuzilishidadir deb hisobladi. Tanqidchi A. Alimuhammedovning «Abdulla Qahhor hikoyalarida psixologik tasvir» maqolasida yozuvchi asarlari badiiyligini belgilashda eng muhim omillardan biri qahramonlar ruhiy dunyosining teran aks ettirilishidir degan xulosa chiqardi. Bu maqolani
A.Qahhor ijodi va mahorati nuqtayi nazaridan maxsus yoritilgan o'zbek tanqidchiligidagi dastlabki qarashlardan biri deb baholash mumkin. Bu davr tanqidi badiiy ijodning siyosatdan chetda turishiga qarshi keskin kurash olib borishga intildi va o ‘zining bu masalaga munosabatda hamon cheklanishga yo‘l qo‘yib kelayotganini ko‘rsatdi. Ayni vaqtda bu masala talqinida ba’zan mazmun shakldan, shakl mazmundanajratib qaralgan hollar ham ro‘y bcrdi. Shaklga alohida e’tibor beruvchilar ba’zida haklbozlikda ayblandi. Natijada badiiy shakl muammolarini o'rganish, unga e’tibor ma’lum darajada ikkinchi o‘ringa suribqo‘yildi. Adabiyotda shakl mazmun bilan shu qadar uzviy bog‘langanki, uni mazmundan ajratish mazmunning o ‘zini rad etisliga olib boradi yoki, aksincha, mazmunni shakldan ajratish shaklni inkor qilishga olib kcladi. Shu nuqtayi nazardan yo‘l qokyilayotgan biryoqlamaliklar, taqrizlardagi xatolar, ayrim maqolalarda ko‘rsatib o ‘tildi. Oybck «Bizga asarning g‘oyaviy maG‘mur.ini ochib bcrish bilan bir qatorda, asarning badiiy to‘qimasini ham konkret analiz qiluvchi tanqid kerak, toki yozuvchi o‘z asarining musbat jihatlari bilan birga jamiki kamchiliklarini ham yaqqol ko 'ra olsin». degan edi yosh yozuvchilar kengashida qilgan ma’ruzasida (1947, 14- avgust).
Ulkan adib va adabiyotning bilimdoni Oybekning bu fikrlari adabiy jarayonga ta’sir ko'rsatmay qolmadi, albatta. Bu davr adabiy tanqidchiligi, shuningdck. sxematizmga, vulgar sotsiologizm qoldiqlari sifatida ba’zan k o 'rin ib turuvchi ayrim dogmatik qarashlarga qarshi kurash olib borishga to ‘g‘ri keldi. «Sharq yulduzi»da yozilganidek: «Ba’zi tanqidchilar asarning g‘oyaviy mazmunini chuqur tekshirmasdan, uning badiiy formasiga tegishli baho bermasdan, faqat uning mazmuni yaxshi bo'igani uchun maqtaydilar, asarning mundarijasini aytib berish bilan kifoyalanadilar». Eng muhimi, asar zamonaviyligiga badiiy teranlik bilan bogiab baho berishga intilish davr lanqidchiligining jiddiy izlanishlar va samarali yo‘lda borayotganini ko‘rsatadi.

Yüklə 426,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin