Adabiy tanqid nazariyasi


III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg`ulotlari)



Yüklə 426,84 Kb.
səhifə30/30
tarix28.09.2022
ölçüsü426,84 Kb.
#64278
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
portal.guldu.uz-Adabiy tanqid nazariyasi

III. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg`ulotlari)
Adabiy tanqid nazariyasi” fanidan ma’ruza mashg‘ulotlari taqsimoti:
2-semestr





Mavzular



Soat

Qo‘llaniladigan yangi pedagogik va axborot texnologiyalari

Mashg‘ulot o‘tkazish muddati
(hafta)

1.



Fanning nazariy mashg`ulotlari mazmuni

1

Prezentatsiya

1-hafta

2.

Yangi ilmiy-nazariy qarashlar



2

Prezentatsiya

2-hafta

3.


Adabiy tanqidning o‘ziga xosligi



2

Aqliy hujum

3- hafta

4

G‘arb va Sharq adabiyotshunosligida tanqid haqidagi nazariy qarashlar

2

Prezentatsiya, aqliy hujum

4-hafta

5

G‘arb va Sharq adabiyotshunosligida tanqid haqidagi nazariy qarashlar

2

Faol interaktiv

5-hafta



6.
O‘zbek adabiy tanqidchiligida tazkira




2

Faol interaktiv

6-hafta



7.



Yangi o‘zbek tanqidchiligi

.

2

Prezentatsiya

7-hafta

8

Jadid tanqidchiligining etakchi xususiyatlari. Teatr tanqidi. Yangi janrlar; taqriz sharh

2

Aqliy hujum

8-hafta

9

Gumanizm va estetik qarashlar haqidagi bahslar Mustaqillikkacha bo‘lgan tanqidchilik

2

Faol interaktiv

9-hafta

10

XX asrning ikkinchi yarmidagi o’zbek tanqidi
Mustaqillik davri o‘zbek tanqidchiligining xususiyatlari, estetik printsiplari. Jahon tanqidchiligi bilan hamohanglik



2

Prezentatsiya

10-hafta







18 s.


Asosiy qism
Fanning nazariy mashg‘ulotlari mazmuni
O‘zbek adabiy tanqidi tarixi fani oliy o‘quv yurtlari filolog talabalariga bakalavriat bosqichida o‘qitiladi. Talaba o‘zbek adabiyoti tarixi, adabiyot nazariyasidan qanchalik bilimga ega bo‘lsa, adabiy tanqid tarixi fanidan ham shuncha ma’lumotga ega bo‘lishi kerak. O‘zbek adabiy tanqidchiligi fani tanqid nazariyasi, tanqid tarixi, tanqid namoyandalari singari bo‘limlarni o‘zaro birlashtiradi.


Fanni o‘qitishda yangi ilmiy-nazariy qarashlar


Tanqidchilarning mukammal, etuk asarlari haqida fikr yuritilinadi. Kursda mumtoz o‘zbek tanqidchiligining sharh, talqin, tafsir, tazkira, hasbi hol singari, hozirgi o‘zbek tanqidchiligining davrlari, sotsiologizm, metod, tahlil, yondashuv yo‘nalishlari haqida ma’lumot beriladi. XX1 asr tanqidchiligida sinergetika, globallashuv, milliylik singari masalalarga e’tibor qaratiladi.


Adabiy tanqidning o‘ziga xosligi
Adabiyotshunoslik, badiiy adabiyot va boshqa fanlar bilan aloqasi. O‘zbek tanqidchiligi tarixida ilmi naqd, ilmi badia singarilarning o‘rni adabiy tanqidning vazifasi tanqid qilish emas, go‘zallikni kashf etish ekanligi. XX asr o‘zbek tanqidchiligida asosan tanqid, vulgar tanqidchilikning avj olganligi.
Mustaqillik davri tanqidchiligida ilmiylik, mantiqiylikning kuchayganligi. Adabiy tanqidiy asarlarda poetika, semiotika, matn masalasiga e’tibor qaratilayotganligi.
O‘zbek adabiy tanqidchiligida tazkira

Bayoz, namuna, xotiralar, o‘zbek adabiy tanqidchiligida biografik metod: hasbi hol, manoqib, tanqidiy ocherk, adabiy portret, badiiy lavhalar. Adabiy tanqid, nasr, nazm singari o‘z mustaqil janrlariga ega ekanligi. Tanqidning maqola, portret, ocherk singari janrlarida ko‘plab asarlar yaratilganligida XX1 asr o‘zbek tanqidchiligida badia, xotira singari janrlarning avj olayotganligi. Taqriz poetikasidagi o‘zgarishlar. Taqriz-o‘y, taqriz-bahs, taqriz-dialog singarilar.
Yangi o‘zbek tanqidchiligi

O‘zbek jadid tanqidchiligining taraqqiyoti bosqichlari: xususiyati, vazifasi, mafkura tazyiqidagi tanqid: komfirqaning adabiyot, tanqid haqidagi qarorlari; sotsrealizm metodi, tanqiddagi parokandalik.


XX asrning ikkinchi yarmidagi o‘zbek tanqidi
Estetika, tanqidchilikdagi yangi tamoyillar. Milliy istiqlol davri o‘zbek tanqidchiligi: tamoyillar, mezonlar, namoyandalari Abdurahmon Sa’diy, Vadud Mahmud, S.Husayn, Oybek, I.Sulton, H.Yoqubov, M. Qo‘shjonov ijodi. O.Sharafiddinov, S.Mamajonov, U.Normatov, N. Karimov, A.Rasulov, Q.Yo‘ldoshev, N.Rahimjonov ijodi. Mustaqillik davri tanqidchiligining D.Quronov, A.Ulug‘ov, M.Qarshiboy, B.Karim, N.Jabborov, U.Jo‘raqulov, U.Hamdam singari namoyandalari.

Tavsiya etilayotgan mustaqil ishlarning mavzulari:


1.O‘zbek adabiy tanqidi. Antologiya.
2.“Tafakkur” jurnalidagi taqrizlar tahlili.
3.“Sharq Yulduzi” jurnalida e’lon qilingan ilmiy maqolalar tahlili.
4.“Yoshlik” jurnali dagi yangi asarlarga munosabat bildirish.
5.“Jahon adabiyoti” jurnalida o’zbek va jahon adabiyotiga oid maqola, taqrizlar sharhi.
6.“Kitob dunyosi” gazetasidagi tanqidiy maqolalar.
7.Ozod Sharafiddinovning “Ijodni anglash baxti” to’plamidagi “Adabiyot yashasa-millat yashar”, “Istibdod qurboni yoxud o’zligidan mahrum etilgan shoir” maqolalari talqini.
8.“Sharq yulduzi” jurnalida e’lon qilingan “Yangilanish ehtiyoji” suhbati bilan tanishish;
9. Abdulla Qodiriy ijodiga bag‘ishlangan maqolalar tahlili;
10.Muhammad Yusuf ijodiga bag‘ishlangan maqolalar talqini;
11.A.Rasulovning “Iste’dod va e’tiqod” (2000) asarida O.Sharafiddinov xarakteri.
12.“Dil tubiga cho’kkan lahzalar” to’plamida (2013) Erkin Vohidovning adabiy-estetik qarashlari.
13.U.Jo’raqulovning “Hududsiz jilva” to’plamida modernizm, strukturalizm haqidagi qarashlar.
14.P.Qodirovning adabiy-estetik qarashlari. (“O‘ylar” to’plami asosida)
Izoh: Mazkur dasturni shakllantirish jarayonida mustaqil ta’lim soatlari hajmiga mos holda belgilash tavsiya etiladi.


Dasturning informatsion-metodik ta’minoti

“Adabiy tanqid tarixi” fanini o’qitishda ta’limning zamonaviy interfaol usullaridan, shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan (taqdimot va slaydlar) foydalanish ko’zda tutilgan. Amaliy va seminar mashg‘ulotlarida “aqliy hujum”, “munozarali dars”, interfaol usullaridan foydalaniladi. Dars jarayonida badiiy asarlar tahlilini amalga oshirishda “kichik guruhlar”da ishlash metodi qo’llaniladi.




Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati


Rahbariy adabiyotlar
1. Karimov I. Yuksak ma’naviyat-engilmas kuch. T.: “Ma’naviyat”, 2008.
2.Karimov I. Adabiyotga e’tibor – ma’naviyatga, kelajakka e’tibor. T.: O‘zbekiston, 2009.


Asosiy adabiyotlar
3.Arastu. Poetika. Axloqi kabir. T.: «Yangi asr avlodi», 2004
4.Valixo’jaev B. O‘zbek adabiyotshunosligi tarixi (X-X1X asrlar). T.: «O‘zbekiston», 1993.
5.Rasulov A. Tanqid, tahlil, baholash. T.: “Fan”-2006
Qo’shimcha adabiyotlar

6.Behbudiy M. Tanqid saralamoqdur. g‘g‘ Mahmudho’ja Behbudiy. Tanlangan asarlar. T.: «O‘zbekiston», 1997.
7.Sharafiddinov O. Dovondagi o’ylar T.: «Ma’naviyat», 2004.
8.Karimov B. Jadid munaqqidi Vadud Mahmud, T.: 2000
9.Navoiy A. Majolis-un-nafois (Asarlar 20 tomlik. 13 tom.) T.: «Fan», 1997
10.Problemo’ teorii literaturnoy kritiki. Izd MGU, 1980
11.Rasulov A. Iste’dod va e’tiqod. T.: G‘.G‘ulom nomidagi adabiyot va san’at nashriyoti, 2000
12.Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. T.: 2002.
13.Rahmonov B. O‘zbek adabiy tanqidchiligi. T.: «Yangi asr avlodi», 2004
14.Safarov O., Yo’ldoshev B., Ahmedova Sh.. Adabiy tanqid nazariyasi. BuxDU nashriyot, 2003.
15.Teroiya literaturo’ v2*-tomax. Tom I. Moskva Akadema. 2004
16.Xudoyberganov N. Badiiy tahlil sehri. T.2008
17.Cho’lpon va tanqid (nashrga tayyorlovchi Karimov B.), T.: «Adabiyot jamg‘armasi», 2004
18.Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti, T.: «Sharq», 2004
19.O‘zbek adabiy tanqidi (Antologiya). T.: 2011.
20.Quronov D. Adabiyotshunoslikka kirish. T.: «Xalq merosi» nashriyoti, 2010
21.Qahramonov Q. Adabiy tanqid va bolalar adabiyoti. T.: «Fan» 1991


Elektron manbalar
22.www.literature.uz
23.www.ziyonet.uz
24.www.natlib.uz
25.www.ziyouz.com
26.www.turonlib.uz
Yüklə 426,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin