«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə80/220
tarix07.01.2024
ölçüsü0,92 Mb.
#204624
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   220
«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu adabiyot so‘z san’ati-fayllar.org

O’tgan mavzuni so’rash.
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka.
b) Frontal (guruh bilan ishlash)
Yangi mavzu:
YOSHLIK AYYOMINING ILK BAHORI
Alisher cho’kkalab olib xontaxta ustidagi kattakon bir kitobni varaqlab, surat ko’rib o’tirar edi. Ov va jang manzaralari uni shu qadar qiziqtirgan, xayolini shu qadar o’g’irlagan ediki, otasi kelib eshik oldida kavush yechayotganini ham payqamadi. Kichkina Bahodir deb nom chiqargan G’iyosiddin endi to’rt yoshga kirgan o’g’li Alisherga kulimsirab qarab turdi. «Shul yoshdin kitobga muhabbat qo’ysa, ulg’aygach, albatta kitobni ilkidan ayirmay o’zi bila asrab yurg’ay», deb o’yladi ota shiringina, do’mboq o’g’lidan ko’zini uzolmay.
— Ha, bul yerga yoshurunib olib ne qiladur, desam, kitob ko’rayotgan ekanlar-da, — dedi G’iyosiddin piching aralash mehr bilan.
Otasi bu gapni sekingina, kulib turib aytgan bo’lsa-da, Alisher sho’xlik qilib kattalardan dashnom eshitishdan qo’rqqan boladek olazarak bo’lib:
— Dada, mana bul suratni ko’ring, — dedi. Uning xiyol qiyiq ko’zlari mo’ltirar edi. — Mana bul cherik shotidan chiqayotib qulab tushmoqda, qo’rg’on ustinda turganlar o’q otib qulatg’on chiqarlar. Mana bunisi pastdin turib, qal’a ustidagilarga o’q uzmoqda.
Otasi o’g’lining gapini tasdiqlagandek, bosh irg’itib, uning qo’lidan kitobni asta oldi-yu, tokchaga, boshqa kitoblar yoniga qo’ydi.
— Bul kitobning o’rni tokchada, — dedi u yasama jiddiylik bilan, — ammo siz kitob ko’rmoqqa yoshlik qilursiz, yirtib qo’ysangiz yaxshi bo’lmas. Ani ikki qo’y bahosiga sotib olg’onmen.
— Men kitobni yirtmaymen, avaylab ko’ramen.
— Aqlli bolasan-da. Tentak bolalarg’ina ilklariga tushgan kitoblarni pora-pora qiladurlar. Katta bo’lg’oningda senga ajoyib kitoblar sotub olg’aymen. Hozircha... mana buni o’ynab yur, — G’iyosiddin kulib, cho’ntagidan «sopol qo’chqor» chiqarib berdi. Bola bu g’alati o’yinchoqni ko’rgach, ko’zlari o’ynab ketdi. — Qara, o’g’lim, aning mugizlari qayrilg’on, suzib olmoqqa hozirlanib turadur.
Menga bering, — deb bola sakrab o’yinchoqni uning qo’lidan tortib oldi, — ani Husaynning qo’chqori birla urishtirgaymen.
G’iyosiddin devonxonadan kelib, dam olgandan so’ng ba’zan qo’liga kitob olib mutolaa qilar, shunday kezlar Alisher yoniga kelib o’tirib olar va ovoz chiqarib o’qishini so’rar edi. Otasi esa: «Yaxshisi, hikoya aytib beray», deb kitobni yig’shtirib qo’yar va qiziq bir ertakni aytib berardi.
Alisherning tog’alari: Mirsayid — «Kobuliy» va Muhammad Ali — «G’aribiy» o’qimishli yigitlar bo’lib, forsiy va turkiy tilda she’r yozar edilar. Ular pochchalari G’iyosiddinnikiga kelganlarida ilmiy, adabiy mavzularda qizg’in bahs boshlanar va ba’zi kunlari suhbat g’azalxonlik bilan tugar edi. Alisher xuddi kattalardek tog’alari yonida o’tirib, ularning gaplariga quloq solar, she’r tinglar edi. Garchi, u kitobdagi so’zlar va majoziy she’rlarga yaxshi tushunmasa ham, g’azallarning ohangi, musiqiysidan zavqlanardi.
Katta tog’asi Mirsayid jiddiy, kamgap, sipo odam edi, kichigi Muhammad Ali esa xushchaqchaq, gapdon yigit bo’lib, tor va tanburni yaxshi chalar, o’z suhbati bilan majlisga jon kirgizar edi. Bir kuni u yaqindagina yozgan bir g’azalini o’qib borayotganida jiyani Alisherning diqqat bilan quloq solayotganini ko’rib, hayratda qolardi.
— Nevchun ajablanursiz? — dedi G’iyosiddin shoir qaynisiga. — Alisher ko’cha-ko’yda bolalar bila o’ynab yurib, tojik tilin o’rganib olg’on, onasi forsiy, turkiy g’azallarni o’qig’onda quloq berib o’tiradur va ba’zi matla’larni yoddan o’qib beradur. — U o’zining o’tkir ko’zlarini tog’asiga tikib o’tirgan Alisherga yuzlanib dedi: — Qani, o’g’lim, shoir Qosim Anvor ne debdur?

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin