S. ahmedov, R. Qo‘chqorov, sh. Rizayev a d a b I y o t umumiy o‘ (1)
Asarda kambag‘al chorakor dehqon mehnatidan o‘z manfaatlari uchun foydalangan, ularni aldab katta zarar yetkazgan Sulton Ali va Hakimjon kabi hiylakor mahalliy amaldorlar qiyofasi shoir tomo- nidan o‘tkir, ta’sirchan misralarda fosh etiladi. Siz quyida tanishadigan «Tanobchilar» satirik hikoyasi ana
shular haqida.
TANOBCHILAR Bo‘ldi taajjub qiziq hangomalar,
Arz etayin emdi yozib nomalar.
Adl
1
qulog‘i-la eshit holimi,
Zulm qilur, baski, menga zolimi.
O‘n iki oyda keladur bir tanob
2
,
O‘zgalara rohat-u menga azob.
Sulton Ali Xo‘ja, Hakimjon ikav,
Biri xotun, birisi bo‘ldi kuyav.
1