3
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING
DAVLAT MADHIYASI
Mutal BURHONOV musiqasi
Abdulla ORIPOV so‘zi
Serquyosh, hur o‘lkam,
elga baxt, najot,
Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!
Yashnagay to abad ilm-u fan, ijod,
Shuhrating porlasin toki bor jahon!
N A Q O R A T:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,
Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!
Istiqlol mash’ali,
tinchlik posboni,
Haqsevar ona yurt, mangu bo‘l obod!
N A Q O R A T:
Oltin bu vodiylar – jon O‘zbekiston,
Ajdodlar mardona ruhi senga yor!
Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,
Olamni mahliyo aylagan diyor!
4
Aziz o‘quvchi!
O‘tgan yili adabiyot darsidan anchagina saboq oldingiz.
Adabiyot
nima ekani, odamlar badiiy asar o‘qishga nega qizi-
qishlari, adabiy asarlar qanday turlarga ajralishi-yu uning ayrim
mumtoz namunalaridan xabardor bo‘ldingiz. Dars davomida o‘r-
ganilgan ko‘plab asarlar
hamon yodingizdan chiqmay, Sizni o‘y-
lantirayotgan bo‘lsa ham ajab emas. Bu holat – yaxshilik alo-
mati. Ya’ni, Siz bu asarlarni faqat baho olish uchungina, shun-
chaki o‘qimabsiz.
Diqqat bilan, ko‘nglingizni berib mutolaa
qilibsiz. Ularning qahramonlari Sizning yuragingizdan joy
olibdi. Bir so‘z
bilan aytganda, ma’naviy olamingiz kengayib,
yanada go‘zallashibdi!
O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Kari-
mov o‘zining «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch»
asarida
adabiyotning inson hayotidagi o‘rni va ahamiyatiga alohida
to‘xtalar ekan, jumladan, shunday degandi:
Dostları ilə paylaş: