1 4 7
!
O‘tkir Hoshimov katta iste’dod egasi edi. Adib – o‘ndan
ortiq roman va qissa, ko‘plab ta’sirchan
hikoyalar, bir necha
sahna asarlari muallifi. U dastlabki
yirik asari bilanoq ulkan
adibimiz Abdulla Qahhorning nazariga tushgan, undan «Sof,
samimiy, tabiiy, iliq, rohat qilib o‘qiladigan asar»
yozgani
uchun maqtov olgan yozuvchidir.
O‘tkir Hoshimov 1941-yil 5-avgustda Toshkentning Do‘m-
birobod mahallasida tug‘ilgan. O‘quvchilik chog‘laridayoq ijod
bilan shug‘ullangan. Dastlabki kitobi esa talabalik yillarida chop
etilgan.
Adib asarlarining hayotiyligi, o‘quvchiga tez ta’sir etishi
uning tarjimayi holi bilan bog‘liq.
Darhaqiqat, yozuvchi yosh-
ligidan ijodiy ishni amaliy mehnat bilan barobar olib borgan.
Uning hayot yo‘liga diqqat qiladigan bo‘lsak,
nashriyotda xat
tashuvchi, musahhih, muxbir, gazetada bo‘lim mudiri,
nashri-
yotda va jurnalda bosh muharrir bo‘lib ishlaganini ko‘ramiz.
Dostları ilə paylaş: