Savol:Hajviyalar faqat haqiqatni tarannum etishda ishlatiladi.
«Charxpalak» texnologiyasi.
Ushbu texnologiya qisqa vaqt ichida o‘quvchining bilimini nazorat qilishda juda yuksak samara beradi. Bu jarayonni amalga oshirish uchun maxsus tarqatma materiallar barcha o‘quvchilarga tarqatiladi. Bu texnologiyani amalga oshirish uchun har bir o‘quvchi darsga puxta tayyorgarlik ko‘rgan bo‘lishi lozim. Bu texnologiya o‘quvchilarni mustaqil o‘z fikrini bayon qilishga, o‘z bilimini erkin namoyon qilishga undaydi. «Charxpalak» texnologiyasini o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, uy vazifasini so‘rash jarayonida qo‘llash yaxshi natija beradi. Bu texnologiyada o‘quvchilarga tarqatilgan jadvalga o‘quvchi qaysi javob to’g’ri bo’lsa, o‘sha qatorga yulduzcha belgisini qo‘yadi. Qisqa vaqt ichida o‘quvchining ushbu mavzuni qay darajada o‘zlashtirganini aniqlab olamiz. Bu texnologiyani o‘quvchilar bilan kichik guruhlarga yoki past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar bilan yakka tartibda ham amalga oshirishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |