1 Bobur turk va fors tilarida erkin ijod etgan.
2.U turkcha she’rlarini to’plab, 1519- yilda Kobulda, 1528—1529- yillarda Hindistonda devonlar tuzdi.
3.Bu ikki devon o’sha joylar nomi bilan ,,Kobul devoni”, ,,Hind devoni” deb ataladi.
4.,, Kobul devoni” topilgan emas.
5.Bizgacha yetib kelgan she’rlarining umumiy soni to’rt yuzdan ortadi.
6.Shundan bir yuz o’n to’qqiztasi g’azal, ikki yuz o’ttiz bittasi ruboiy.
7.Bobur she’rlarining ma’lum qismi hasbi hol xususiyatiga ega bo’lib, shoir hayotining muayyan bir lavhasi bilan bog’lanadi.
8.Uning she’rlari janriga ko’ra ham xilma-xildir. 9.Shoir tuyuq, qit’a, muammo, masnaviy, fard kabi janrlarda ijod etgan.
10.Bobur devonining katta qismi g’azallardan iborat.
|