1. Boburning hayoti va ijodi haqida qanday ma’lumotlarni bilasiz?
2. Bobur haqida bildirilgan firlarga e’tibor bering. UlardaBobur shaxsiga xos bo‘lgan qaysi jihatlarni anglash mumkin?
3. Bobur ijodining ma’rifi va tarbiyaviy ahamiyati haqida nima deya olasiz?
4. Tarix kitoblaridan Boburning Shayboniyxon bilan raqobati haqidagi ma’lumotlar bilan tanishib chiqing. Bobur Samarqandni dastlab ishg‘ol qilganida necha yoshda bo‘lgan?
5. «Bisyor saxovati bor erdi. Xulqi dog‘i saxovaticha bor erdi, xushxulq va harrof va fasih va shirin zabon kishi erdi, shujo‘ va mardona kishi edi». Ushbu ko‘chirmadagi uslubga e’tibor bering. U hozirgi tilimizda mavjud uslublar bilan qanday o‘xshash va farqli jihatlarga ega deb o‘ylaysiz? Izohlashga harakat qiling.