13. 1.“U saroyda bosh vazir bo’lib ko’pgina xalqparvarlik siyosatini amalga oshirishga urindi… Shaharlarni obod qildirdi, ariqlar qazdirdi, shifoxonalar, kutubxonalar qurdirdi.” Savol: Gap kim haqida bormoqda? 2. Alisher Navoiyning “Panj ganj” nomi bilan mashhur bo’lgan birinchi asari? 3. Biz bilamizki Navoiydan ilgari ham xamsanavislar bo’lgan. Shu xamsanavis allomalardan birining ismi? 4. Alisher Navoiyning “Xamsa”si boshqalardan farqli ravishda muallifning ona tilisida yozildi. Savol: Gap qaysi til haqida ketmoqda? 5. “Xamsa”ning bu dostoni ishqiy-sarguzasht xarakteridadir. Hajmi 5782 baytdan iborat. Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan. Savol: Bu qaysi doston? “Farhod va .....” 6. “Layli va Majnun’ dostonidagi Laylining otasi Qaysni nima deb ataydi va qizini unga berishga rozi bo’lmaydi? 7. Ishqiy sarguzasht bo’lmish “Sab’ai sayyor dostonidagi Bahrom qaysi nomi bilan mashhur? 8. Bu so’zni eshitganda ko’z oldimizga, yemoqlik, ichmoqlik, kiymoqlikdan tashqari yana johillik, ilmsizlik, manmanlik, ko’rolmaslik, baxillik, mansabparaslik, inson ruhini, qalbini bug’laydigan, uni Ollohdan uzoqlashtiradigan barcha illatlar yig’indisi keladi. Savol: Gap nima haqida ketmoqda? 9. Musulmon olamida keng tarqlagan islom diniga asoslanuvchi buyuk ta’limot nomi? 10. Misralarni davom ettiring. “Dedi: Qaydinsen, ey majnuni gumrah?!” Dedi: “Majnun ..... qayda ogah?”. 11. So’z, nutq kabi so’zlarni anglatuvchi so’z? 12. “Farhod va Shirin” dostoni Navoiygacha qaysi shaklda mashhur edi? “Xusrav va .....”13. “Xamsa”ning ilk dostoni? “..... ul-Abror” Alisher Navoiy