“Muhabbat” nomli asar yozganlar “Muhabbat”
hikoyasi O‘.Hoshimov
“Muhabbat”
to‘plami S.Ahmad
“Muhabbat”
kitobi E.Vohidov
“Muhabbat”
she’ri M.Yusuf
“Muhabbat”
qissasi A.Avloniy
4)
Asarlar nomini yod olish uchun ularni gap holiga keltirish ham yordam
beradi. Albatta, buning uchun sizda ozgina yaratuvchanlik qobiliyati
bo‘lishi kerak va gapingiz mantiqsiz bo‘lib qolishi ham mumkin. Misol
tariqasida sizga 6-sinf adabiyot darsligida keltirilgan O.Yoqubovning
qissalarini keltirib o‘tishimiz mumkin:
Bir felyeton qissasida Muqaddas bilan juft qanot bo‘lib billur qandillarni izlaym an. (Darslikda keltirilgan qissalari: “Bir felyeton qissasi:, “Muqaddas”
“Qanot juft bo‘ladi”, “Izlayman”, “Billur qandillar”)
5)
Asarlarda uchrovchi har bir hikmatli so‘z va maqollarni qaysi asarda
uchrashini yod olish kerak. Bunda ham o‘xshash ma’lumotlar uchrab
turadi:
“Egilgan boshni qilich kesmaydi” “Ufq” romani
“Egilgan boshni qilich kesmaydi” “Ulug‘bek xazinasi” romani
“Egilgan boshni xanjar kesmaydi” “Rustamxon” dostoni
6)
Asarlarda uchrovchi bir xil ismli obrazlarni ham qaysi asarlarda
uchrashini esda saqlashga harakat qiling:
Sharofat ismli obraz uchrovchi asarlar
“Chinor”
Asqad Muxtor
“Qutlug‘qon”
Oybek
7)
Ijodkorlarning birinchi yozgan asari, birinchi yozgan to‘plami va
ularning janrlarini, albatta, yodda saqlang!
8)
Ijodkorlarimiz ijod bilan bir vaqtda chet el asarlarini ham tarjima qilish
bilan shug‘ullanishgan. Kim qaysi asarni tarjima qilganini ham, albatta,
yod oling.
9)
Ijodkorlarga berilgan o‘ziga xos ta’riflarni esda saqlang:
“Quyma, mag‘zi to‘q satrlar, bir o‘qishdayoq xotirada o‘rnashib qoladigan qofiyalar, hamohang tovushli she’rlar yozgan” ijodkor ... Mirtemir
“Mag‘zi bo‘liq, mazmuni teran, jozibador she’rlar yozgan” ijodkor ... A.Muxtor
10) Shuningdek, abituriyentlar tili bilan aytganda “ eskicha” asarlar ostida
yuzlab so‘zlarning ma’nosi keltirilgan. Bu so‘zlarning ham hammasini
yodda saqlash murakkab. Shuning uchun bunda ham maxsus lug‘at tuzib
olishingiz mumkin, ya’ni darsliklarda uchrovchi ranglar, tarixiy shaxslar,
tasavvufiy atamalar, qushlar va hayvonlar nomlari kabilarni kiritishingiz
mumkin.