Ilmsiz bir yashar, ilmli… Aytgan so‘zni takror aytma, aytar so‘zdan ….. Ariq qazimasang suv ….. Birlashgan o‘zar, birlashmagan ….. 2. Vatan haqida istagan she’ringizni yoddan aytib bering.
2-bilet 1. Ezopning qaysi masalida do‘stlik, sadoqat tushunchalari haqida so‘z yuritilishini aniqlang va masalning asosiy mazmunini gapiring? Do‘stlik tushunchasi haqida fikringizni ayting.
Erkin Vohidovning “Nido” dostonidan parcha yod ayting.
3-bilet
1.
1. “Susambil ” ertagida qatnashgan qahramonni rasmdan toping va uning qanday nomlanganligini aniqlang va bajargan ishlari haqida fikringizni ayting. 2. Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” dostonidan parcha yod ayting.
4-bilet 1. Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asari mazmuni haqida so‘zlab bering? 2. Asqad Muxtorning “Hafta” she’ridan parcha yod ayting.
5-bilet
1. Sa’diy Sheroziyning hayoti va ijodi haqida so‘zlang.
2. Usmon Nosirning “Yur, tog‘larga chiqaylik” she’rini ifodali yod ayting.
6-bilet
1. Sa’diy Sheroziyning “Guliston” asarida insoniy sifatlar qanday tasvirlangan? 2. Mirtemirning “Bulut” she’rini ifodali yod ayting.
7-bilet
“Kiyik va tokzor” masalida Ezop qanday insoniy fazilatlar haqida so‘z yuritadi?
Abdulla Oripovning “O‘zbekiston” she’ridan parcha yod ayting.
8- bilet
“Birinchi muallim” , “Ikkinchi muallim” asarlari muallifini toping va adibning ijodi haqida ma’lumot ayting.
Xohlagan she’ringizni yoddan aytib bering.
9-bilet
Hans Kristian Andersenning “ Bulbul” ertagidan qanday ibratli xulosa olish mumkin? 2. Abdulla Avloniyning “Vatan” she’ridan parcha yod ayting.
10-bilet 1. Xohlagan shoir yoki adib hayoti haqida ma’lumot bering.
Hamid Olimjonning “Oygul bilan Baxtiyor” dostonidan parcha yod ayting.
11-bilet 1. Mirtemirning tabiat hodisalari va manzaralari aks etgan “Bulut” she’rini qanday izohlaysiz?
2. Asqad Muxtorning “Hafta” she’ridan parcha yod ayting.