Adabiyoti universiteti


-mavzu. Badiiy asar. Badiiy asar mavzusi



Yüklə 286,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix17.04.2023
ölçüsü286,21 Kb.
#99128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
5a1db1de314202ea653644966f1cd7fa

3-mavzu. Badiiy asar. Badiiy asar mavzusi 
 
Badiiy asar va ilmiy asar. Ijtimoiy hayot va badiiy asar. Xalq og‘zaki ijodi – 
badiiy adabiyot ibtidosi. Folklor namunalari va yozma adabiyot. Matn – asar asosi. 
Badiiy asar tarkibiy qismlari. Epik turga mansub asarlarning tuzilishi. Lirik (she’riy) 
turga oid asarlar tarkibining o‘ziga xosliklari. Drama turidagi asarlarning tarkibi. 
Mavzu – badiiy asarda e’tibor qaratilgan muayyan voqelik. Hayot voqeligi – badiiy 
asarlar uchun asosiy mavzu. Adabiyotdagi abadiy va davriy mavzular. Mavzuning 
yoritilishi. Badiiy asar uchun tarixiy voqelik va zamonaviy hayot muammolarining 
mavzu qilib olinishi.
 
 
4-mavzu. Badiiy asar kompozitsiyasi. Badiiy asar syujeti 

 
Badiiy asarda shakl va mazmun. Kompozitsiya – badiiy asar tarkibiy 
qismlarining o‘zaro bog‘liq joylashishi. Badiiy asar kompozitsiyasi va 
Лойиҳа


arxitektonikasi. Adabiy qahramon portreti. Peyzaj. She’riy asarlar kompozitsiyasi. 
Epik asarlar kompozitsiyasi. Sharq va G‘arb she’riyatining o‘ziga xos xususiyatlari. 
An’anaviy va modern asarlar kompozitsiyasi. Mumtoz drama, tragediya, 
komediyalar kompozitsiyasi. 
Syujet – qahramonlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni ifodalovchi, asar 
mazmunini tashkil etuvchi voqealarning muayyan tartibda joylashtirilishi. Fabula – 
biri-biri bilan uzviy bog‘liq hayotiy voqealar jamlamasi. Badiiy asarda syujetning 
o‘rni va ahamiyati. Hayot voqeligi – syujet asosi. Syujet tarkibiy qismlari: voqealar 
tuguni, voqealar rivoji, voqealar avj nuqtasi, voqealar echimi. Syujetda badiiy 
to‘qima. Sayyor syujetlar. Xronikal syujetli asarlar. Ko‘p tarmoqli syujetli asarlar. 
Epik, lirik asarlarda syujet. Drama turiga mansub asarlarda syujet.
 
5-mavzu. Badiiylik – adabiyotning asosiy xususiyati. Badiiy asar tili
 
Badiiylik – san’at asosi. Tabiatdagi go‘zallik va san’atdagi go‘zallik. Badiiy 
adabiyotda hayot voqeligi va inson obrazi so‘z orqali nafis tasvirlanishi. Badiiylik 
– asar mazmuni va shaklining mutanosibligi, uslubining ravonligi, 
komponentlarining o‘zaro uyg‘un kelishi, tilining jozibadorligi kabi omillar 
jamlamasi. So‘z – adabiyotning asosiy quroli. Badiiy asar matnida so‘z. Badiiylik 
– obrazlilik. Obraz, obrazlilik, ramz, majoz. Badiiylik – ijodkor mahorati mezoni. 
Badiiylikning epik, lirik asarlarda namoyon bo‘lishi. Drama turidagi asarlarda 
badiiylikning aks etishi. Badiiy asar tili va ilmiy asar tili. Obrazlilik – badiiy asar 
tili asosi. Badiiy san’atlar: ma’naviy, lafziy san’atlar. Muallif nutqi. Qahramon 
nutqi: dialog va monolog. Personajlar portreti tasviri.

Yüklə 286,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin